2021-01-31 20:58:35
Talabalar stipendiyasi bo‘yicha tushuntirishlar
Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:
umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 428 ming so‘m stipendiya oladi;
agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan «a’lo» (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, ya’ni hozirda 513 ming 600 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;
agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan «qoniqarli» (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno, ya’ni ular 30% dan ko‘p fanlardan 3 baho olsa ham, kafolatlangan stipendiyani olishadi;
agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 bahoga olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya – 428 ming so‘m tayinlanadi.
To‘lov-kontrakt bo‘yicha:
umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy bazaviy 428 ming so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;
agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:
kontraktni stipendiyali to‘laganlar 513 ming 600 so‘m;
kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar 85 ming 600 so‘m.
Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning maxsus jamg‘armasidan stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga oshadi;
to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qat’i nazar, ularga kafolatlangan har oylik 428 ming so‘m stipendiya beriladi.
@
Uzb_dtm
156 viewsedited 17:58