Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda firibgar fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat is | UzA | Tezkor xabarlar

Toshkentda firibgar fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini prokuraturadagi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Toshkent shahrida yashovchi, 1967 va 1970-y.t, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs 1980-y.t. fuqaroga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvidagi JKning 168-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishadi.

DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri, yaʼni, 1970-y.t. shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Ayni vaqtda ularni prokuratura tizimidagi tanishlarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 

@uzauz