Get Mystery Box with random crypto!

Yakkasaroy tumanida Tergov boʻlimi tergovchisi va 2 nafar suri | UzA | Tezkor xabarlar

Yakkasaroy tumanida Tergov boʻlimi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi 7 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi oʻzaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, boʻlim ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik hamda uning harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalash evaziga, ayblanuvchining tanishi Q.O. orqali 7 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz