Get Mystery Box with random crypto!

Namanganda advokatlar hayʼati advokati 8 ming dollar pora olga | UzA | Tezkor xabarlar

Namanganda advokatlar hayʼati advokati 8 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Namangan shahridagi advokatlar hayʼati advokati viloyat IIB tomonidan JKning 168 va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilib, hozirda JIB Namangan shahar sudida koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishiga yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 8 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, advokat muqaddam JKning 25,97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz