Get Mystery Box with random crypto!

Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori pora olgan | UzA | Tezkor xabarlar

Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori pora olgan vaqtida ushlanib, qamoqqa olindi

Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori Jizzax shahrida yashovchi, 1975-y.t. fuqaroni muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan sudlanganlik holatini oʻzining vakolatli hamkasbi orqali olib tashlashni vaʼda qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 dona “Samsung Galaxy S24 Ultra” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz