Get Mystery Box with random crypto!

Shartnomalarni ro'yxatga olish uchun sotib olinayotgan tovar ( | UzASBO yangiliklari

Shartnomalarni ro'yxatga olish uchun sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) miqdori oylar kesimida kiritilyapti. Mos ravishda kommunal xizmat ko'rsatish kabi shartnomalarda summa yilning har bir oyiga qo'yib chiqiladi va shartnoma g'aznachilik organlarida ro'yxatga olinishida ham har bir oydagi summa xuddi rasmdagidek alohida qatorga tushyapti. Mazkur shartnomaga nisbatan hisobvaraq-faktura jo'natishda ham yetkazib beruvchilar shuni hisobga olishlari kerak bo'ladi. Ya'ni ular lot raqami orqali spetsifikatsiyani to'ldirishganda har doim dastlabki qatorga summani qo'ymasdan, oylar bo'yicha ko'rsatilgan miqdordan oshmagan holda kiritishlari kerak bo'ladi. Qisqacha aytganda, ular shu vaqtgacha qaysi oyga qancha miqdorni ko'rsatib hisobvaraq-faktura jo'natishdi, qaysi oydan qancha miqdor qolayotgan holatni tahlil qilib borishlari kerak bo'ladi. Aks holda, elektron jo'natilgan hisobvaraq-faktura qabul qilinmasdan, tovar miqdori shartnomada ko'rsatilganidan oshib ketgan deb qaytib keladi.

@uzasboyangiliklari