Get Mystery Box with random crypto!

Moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni tasdiqlashda Podo | UzASBO yangiliklari

Moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni tasdiqlashda Podotchyotnaya organizatsiya ne vibrana deb xatolik chiqsa, tegishli moliya organlariga murojaat qilish kerak bo'ladi. Bugungi kunda tashkilotlarga hisobot topshiradigan yuqori turuvchi tashkilotni biriktirish vakolati moliya organlariga berilgan.

To'lov hujjatlarini tasdiqlashda tegishli davr uchun barcha shaxsiy g'azna hisobvaraqlar bo'yicha hisobotlar jo'natilgan bo'lsada, "Adliya vazirligida 15.02.2018 y. 2971-son bilan roʻyxatga olingan "Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalar"ga muvofiq moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaganligingiz sababli moliyalashtirish toʻxtatildi. Mazkur holat yuzasidan tegishli moliya organlariga murojaat qilishingiz soʻraladi.", degan ogohlantirish chiqib. hujjatni tasdiqlash imkoni bo'lmayotgan holatdayam tegishli moliya organlariga murojaat qilish kerak bo'ladi. Moliya organlariga tegishli moliyaviy hisobotlarni o'z vaqtida taqdim etmagan tashkilotlarning kassa xarajatlarini to'xtatish bo'yicha vakolat berilgan.

@uzasboyangiliklari