Get Mystery Box with random crypto!

YAXSHI YANGILIK Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20 | O’zagrolizing

YAXSHI YANGILIK

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabrdagi PF-5850 – sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unub-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodolarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida, bugundan e’tiboran:

- “Til bor – millat bor” shiori ostida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan har bir so‘z ma’nosining sharhini yoritib borishni;

- Davlat tilidagi savodxonlik darajamizni oshirish maqsadida “Kun savoli” ruknini;

- Milliy qadriyatlarimiz o‘zagini tashkil etuvchi mehnatsevarlik va halollikni ulug‘lovchi, korrupsiyani qorolovchi hikmatlar, adabiyotimiz durdonalaridan na’munalar berib boruvchi “Kun hikmati” sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borishni yo‘lga qo‘ydik.

“O‘zagrolizing” AJ
Matbuot xizmati

@uzagroleasingjsc