Get Mystery Box with random crypto!

Koruzeps.uz/rasmiy 2- kanal

Telegram kanalining logotibi uz_kor_koreys_tili_markazi — Koruzeps.uz/rasmiy 2- kanal K
Telegram kanalining logotibi uz_kor_koreys_tili_markazi — Koruzeps.uz/rasmiy 2- kanal
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89
Kanalning ta’rifi

"Koreya-O'zbekiston Koreys tili markazi"
Асосий маълумотлар 2-телеграм каналимизда бериб борилди!
👇👇👇
2-телеграм каналимиз - https://t.me/koruzeps
бизни топиш: koruzeps

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-04 05:25:19
O'quv markaz tanlashda xatoga yo‘l qo‘ymang

Koreaga ishga yoki o'qishga borish, bir muncha qiyinchiliklarni ichiga oladi. Bular:
Sizning maqsadlaringizga mos tushuvchi viza turini tanlash;
Tanlangan viza turiga mos tushuvchi xujjatlarni kerakli tashkilotlar (veb-sahifalarga) topshirish;
Viza olish uchun o‘tkaziladigan imtihon yoki suhbatlarga tayyorlanish.

Bu muammolarga uchrayotgan bo'lsangiz siz uchun eng yaxshi makon Choson academy xisoblanadi. Nima uchun deysizmi? Chunki bu markazda sizni nafaqat imtihonlar yoki suhbatga tayyorlanasiz! Hatto qaysi viza turini tanlashim kerak? Nima xujjatlar topshiraman? Qayerga boraman? degan savollarni o'zingizga berishni unutasiz!

Siz qaysi viza turi orqali Janubiy Koreya davlatiga borishni rejalashtirmoqchisiz? Izohlarda javobingizni kutib qolamiz.

Kurslarimizga roʻyhatdan oʻtish uchun: https://choson.modme.uz/entry/lead?utm_source=Yangi

Tel: +998555000123

Kanalga ulanish: @chosonacademy
62 views02:25
Ochish/sharhlash
2021-08-11 09:27:54 Vebinarimizni o'tkazib yubormang.

Bugun judayam foydali va ma'lumotlar dengiziga boy bo'lgan vebinarimiz bo'lib o'tadi. Savolaringizni izohlarda qoldirib qo'yishni va telefoningiz budilnikini 17:10 ga sozlab qo'yishni unutmang.

Suhbatimiz Youtube, Instagram, Telegram ilovalari orqali bo'lib o'tadi. O'zingizga qulay platforma orqali kuzatishingiz mumkin.

YouTube | Facebook | Instagram
340 views06:27
Ochish/sharhlash
2021-08-10 09:15:44 Imtihonda qanday qilib yuqori natija ko'rsatish mumkin

Special EPS TOPIK imtihoni kunlari aniq bo'lib ulgurdi. So'ngi guruhlarimiz ham darslarni boshladi. Imtihonlar 2-sentabrdan 8-sentabrgacha bo'lib o'tadi.

Choson academy ning qisqa muddatda imtihonlarga tayyorlash strategiyalaridan birini sizlar bilan ulashmoqchimiz. Batafsil quyidagi videoda.

Special EPS TOPIK imtihoni haqida yana nimalar sizni qiziqtirmoqda izohlarda qoldiring.

Administratorga yozish

Tel: +998555000123

YouTube | Facebook | Instagram
324 views06:15
Ochish/sharhlash
2021-06-20 17:50:27
Janubiy Koreyaga mavsumiy ishga borgan va bormoqchi bo'lganlarga

Barchangizni habaringiz bor E-8 mavsumiy vizasi orqali Janubiy Koreya davlatida ishlashga fuqarolarimizni yuborish yo'lga qo'yildi. Bu E-8 vizasi uchun birinchi qadam.

Kelajakdagi hamkorlik aloqalari ham deyarli shu viza turiga bog'liq. Kelajakda kvotalarni ko'payishi yoki umuman yo'q bo'lishi mumkin. Qonunlarni buzishdan tiyiling. Nelegal bo'lib qolmang.

YouTube | Facebook | Instagram
331 views14:50
Ochish/sharhlash
2021-05-17 07:28:45 ​​Maxsus Rocket EPS kurslarini qarshi oling

Xabaringiz bor avvalgi postlarimizda E-9 vizasini olish boʻyicha imtihonlar boʻlib oʻtishi haqida batafsil maʼlumot berib oʻtgandik. Kutib oling endilikda Choson Academy jamoasi mutlaqo yangi Rocket EPS Topic dasturini taqdim etadi.

Dastur davomida E-9 vizasini olish boʻyicha chuqurlashtirilgan bilimlar berib boriladi. Rocket EPS Topic kursida dars jarayonlari 2 oy davomida, haftada 5 kun, 3 soatdan davom etadi. Kurs davomida:

Koreys alifbosi;
Grammatika;
500 dan ortiq testlar jamlangan mobil ilova;
Kompyuter orqali kunlik EPS Topic testlariga tayyorgarlik;
1996-2020 yillardagi testlar bilan shugʻullanish;
Kutubxona;
24/7 soat qoʻllab-quvvatlash.

Yuqoridagi afzalliklardan tashqari viloyatdan tashrif buyurgan oʻquvchilar uchun yotoqxona ham mavjud.

Koreyada ishlashni xohlayotganlar uchun bu kurs ayni muddaodir. Shunday ekan vaqtni boy bermay hoziroq kurslarga roʻyxatdan oʻtishni boshlang.

Kurslarimizga onlayn ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998555000123

YouTube | Facebook | Instagram
341 views04:28
Ochish/sharhlash
2021-05-04 07:50:49
Корея Республикасида ишлаш истагидаги фуқаролар ўртасида танлов бошланди

Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ҳамда Корея Республикаси Канвондо провинциясининг Янггу, Инже, Хонгчон, шунингдек Кёнгсангпукдо провинциясининг Йонгянг округлари администрациялари ўртасида тузилган мавсумий ишчилар тўғрисидаги келишувларга асосан, жорий йилнинг 3-8 май кунлари Наманган, Фарғона, Самарқанд ҳамда Қашқадарё вилоятларида 5 ойлик мавсумий ишлар (Е-8 визаси) бўйича вақтинчалик меҳнат фаолиятини амалга ошириш мақсадида танлов ўтказилиши ҳақида хабар берилган эди.

Бугун, 4 май куни Фарғона вилоятида Корея Республикасида ишлаш истагида бўлган фуқаролар учун танлов бошланди.

Танлов жараёнларини жонли кузатиш

Каналга обуна бўлиш
https://t.me/migratsiyaagentligi
328 views04:50
Ochish/sharhlash
2021-05-04 06:32:10 ​​Chet elda ishlamoqchiman.

Qani bitta chet davlatga ketib yuborsangda o'sha yerda o'zingni ko'rsatsang. Katta pul ishlab qaytsang. Ortgan pulga bu yerda bitta biznescha boshlab qo'ysang. Nima ish qayerda qilishning ahamiyati yo'q. Chet elda bo'lsa bo'ldi.

Ambitsiyasi eng kattalar AQSHni mo'ljallaydi. Aniq bitta tanishi o'sha yerda yurib katta pul topayotgan bo'ladi. Realistlar Dubay va Koreya haqida. Pessimistlar esa Rossiyani mo'ljallab ketishga harakat qilishadi.

Ba'zilar to'g'ridan to'g'ri ish izlab ketishga harakat qilishsa, boshqalar o'qishga ketish niqobi ostida ishga joylashib, o'qishni tashlab qo'yishadi. Aslida chetga ketib ish izlashning yomon tarafi yo'q. Faqat bu qaror illuziyalarga asoslanmagan bo'lishi kerak.

Agar do'stlaringni instagramdagi rasmlariga qiziqib, yallo qilib yurish uchun ketmoqchi bo'lsang - unut. Qiyinchilik hamma yerda bor. Musofirchilikda esa bu 2 barobar ko'p. Do'stlaring buni ko'rsatmayapti faqat.

Borishim bilan meni talashib ishga olishadi (chunki ularga ishchi yetishmaydi) deb o'ylagan bo'lsang - adashasan. Kerakli kadr hamma yerda kerak. O'zbekistonda talash bo'lgan mutaxassis boshqa davlatda ham kerak bo'ladi. O'zimizda hech kimga kerak bo'lmagan odam, Dubayga borishi bilan kerakli bo'lib qolmaydi. Undaylarni 2 barobar kam oylik bilangina ishga olishadi. Umrni sarflashga arziydimi shu?

Unda nima qilish kerak?

Ketishdan avval o'sha yerda yurganlar bilan emas, qaytib kelganlar bilan dildan suhbat qur.

Borayotgan davlatingni tilini o'rgan. Mana masalan Koreyaga ham ish izlab borayotgan yoshlar uchun yaxshi imkoniyat. Koreys tili o'rganish uchun yaxshi bir kanal. Qiziqib ko'r, balki foydasi tegar, jigar. Shunda keyingi oygi daromading bu oygi daromadingdan ko'proq bo'la oladigan sohalarda ishlay olasan: qurilishda ishchi emas - universitetda yordamchi, pizza tashuvchi emas - oshpaz, o'qituvchi, ofis yordamchisi va hk.

Biror sohada kerakli kadr darajasigacha chiqib ol. Sohaning ahamiyati yo'q. Ustachilikdan tortib shifokor yoki o'qituvchilikkacha.

P.S.

O'zi til o'rganib, kerakli kadr darajasiga chiqib olgach, juda ko'pchilik shartmikin o'zi ketishim deb qoladi. Ketish majburiyat emas, imkoniyat bo'lsa naqadar yaxshi.
252 views03:32
Ochish/sharhlash
2021-05-04 06:19:23
2021 йил 4-5 май кунлари Фарғона вилояти “Ишга марҳамат” мономарказида эркаклар учун Жанубий Корея давлатига қишлоқ хўжалиги мавсумий ишлар учун ташкиллаштирилган маҳсус суҳбат жараёнларига руйхатга олиш фуқаролар томонидан ихтиёрий булиб утмоқда...

ТАНЛОВ ШАРТЛАРИГА ТОҒРИ КEЛМАГАН ИШТРОКЧИЛАР СУХБАТГА КИРИТИЛМАЙДИ

СУХБАТ ЖАРАЁНИ КОРEЙС ТИЛИДА ОЛИБ БОРИЛАДИ. МАФСУМИЙ ИШЛАРДА ИШЛАШ ТАЖРИБАСИ ВА ОИЛАВИЙ ҲОЛАТИ СУХБАТ ЖАРАЁНИДА СОРАЛАДИ.


БИОМEТРИК ВА ЗАГРАН ПАСПОРТ РАНГЛИ НУСХАЛАРИ ВА 3,5-4,5 РАСМ ОЛИБ КEЛИШНИ УНУТМАНГ

Эндиликда Чет элларда хизмат қилишни хоҳлаганларни ишчи туридаги визалари билан Ишончли Хабарлар Фактлар янгиликлар
MIGRANT-UZ канали таништиради!


MIGRANT-UZ | RASMIY XABARLAR
@migration_uzb
https://t.me/migration_uzb
201 views03:19
Ochish/sharhlash
2021-02-09 14:24:43 Shu kanalni kuzatayotgan yurdoshlar bizning asosiy kanalimizga o'tishingizni so'rayman.
Koruzeps.uz/rasmiy kanal
347 viewsedited  11:24
Ochish/sharhlash
2021-01-13 17:33:51 “EPS” маркази директори билан учрашув ўтказилди

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигида Корея Инсон ресурсларини ривожлантириш хизматининг Ўзбекистондаги “EPS” маркази директори Квон Тхэ Гём билан учрашув ўтказилди.
Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги бошлиғи М.Маматхонов, Корея Инсон ресурсларини ривожлантириш хизматининг Ўзбекистондаги “EPS” маркази директори Квон Тхэ Гём ва Агентлик масъул ходимлари иштирок этган тадбирда икки мамлакат ўртасидаги алоқаларни янада ривожлантириш, Ўзбекистон фуқароларини Корея Республикасига ишга жалб қилиш борасида амалга оширилаётган ишлар юксак самаралар бераётгани таъкидланди.

2020 йилда жами 865 нафар биринчи маротаба ҳамда 412 нафар қайта шартнома билан келган фуқароларга шартномалар берилган бўлиб, пандемия сабабли шулардан 90 нафаригина Корея Республикасига ташкилий тарзда жўнатилган. Айни пайтда минг нафардан ортиқ фуқаролар ташкилий тарзда жўнашни кутиб турибди. Ушбу фуқароларнинг эртароқ кириб бориши учун икки давлатнинг пандемия ҳолатидан келиб чиқиб тез орада жўнатиш жараёнини амалга ошириш юзасидан фикр алмашилди.
Учрашувда Агентлик раҳбари томонидан 2019 йил 19 апрелда имзоланган Англашув меморандумига ўзгартириш киритиш таклифи билдирилди, яъни қурилиш ва пайвандчилик соҳаларини меморандумга киритиш масаласидаги таклифларни муҳокама қилиш юзасидан Корея Республикасининг Бандлик ва меҳнат вазирлиги, Корея Инсон ресурсларини ривожлантириш хизмати ҳамда бошқа тегишли идоралар билан учрашув ҳамда музокаралар ўтказиш ҳамда 2021 йил бўйича EPS-topik махсус тест имтиҳонларини ташкил этиш масалалари муҳокама қилинди.
Учрашув якунида ҳозирги кунда Ўзбекистонда коронавирусдан соғайиш кўрсаткичи 98 фоизни ташкил қилаётгани, шуни инобатга олиб жаноб Квон Тхэ Гёмдан Корея Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонаси билан ҳамкорликда ушбу муаммони ҳал қилиш, яъни Ўзбекистонни қизил ҳудуддан чиқариш ва Е-9 визасига эга ўзбек ишчиларни ташкилий тарзда жўнатиш сонини кўпайтириш бўйича Ҳукумат доирасида музокара ўтказиш таклифи билдирилди.
Каналга обуна бўлиш
https://t.me/joinchat/AAAAAEXkOt4Ugs-WdK5HBw
457 views14:33
Ochish/sharhlash