Get Mystery Box with random crypto!

​​Chet elda ishlamoqchiman. Qani bitta chet davlatga ketib y | Koruzeps.uz/rasmiy 2- kanal

​​Chet elda ishlamoqchiman.

Qani bitta chet davlatga ketib yuborsangda o'sha yerda o'zingni ko'rsatsang. Katta pul ishlab qaytsang. Ortgan pulga bu yerda bitta biznescha boshlab qo'ysang. Nima ish qayerda qilishning ahamiyati yo'q. Chet elda bo'lsa bo'ldi.

Ambitsiyasi eng kattalar AQSHni mo'ljallaydi. Aniq bitta tanishi o'sha yerda yurib katta pul topayotgan bo'ladi. Realistlar Dubay va Koreya haqida. Pessimistlar esa Rossiyani mo'ljallab ketishga harakat qilishadi.

Ba'zilar to'g'ridan to'g'ri ish izlab ketishga harakat qilishsa, boshqalar o'qishga ketish niqobi ostida ishga joylashib, o'qishni tashlab qo'yishadi. Aslida chetga ketib ish izlashning yomon tarafi yo'q. Faqat bu qaror illuziyalarga asoslanmagan bo'lishi kerak.

Agar do'stlaringni instagramdagi rasmlariga qiziqib, yallo qilib yurish uchun ketmoqchi bo'lsang - unut. Qiyinchilik hamma yerda bor. Musofirchilikda esa bu 2 barobar ko'p. Do'stlaring buni ko'rsatmayapti faqat.

Borishim bilan meni talashib ishga olishadi (chunki ularga ishchi yetishmaydi) deb o'ylagan bo'lsang - adashasan. Kerakli kadr hamma yerda kerak. O'zbekistonda talash bo'lgan mutaxassis boshqa davlatda ham kerak bo'ladi. O'zimizda hech kimga kerak bo'lmagan odam, Dubayga borishi bilan kerakli bo'lib qolmaydi. Undaylarni 2 barobar kam oylik bilangina ishga olishadi. Umrni sarflashga arziydimi shu?

Unda nima qilish kerak?

Ketishdan avval o'sha yerda yurganlar bilan emas, qaytib kelganlar bilan dildan suhbat qur.

Borayotgan davlatingni tilini o'rgan. Mana masalan Koreyaga ham ish izlab borayotgan yoshlar uchun yaxshi imkoniyat. Koreys tili o'rganish uchun yaxshi bir kanal. Qiziqib ko'r, balki foydasi tegar, jigar. Shunda keyingi oygi daromading bu oygi daromadingdan ko'proq bo'la oladigan sohalarda ishlay olasan: qurilishda ishchi emas - universitetda yordamchi, pizza tashuvchi emas - oshpaz, o'qituvchi, ofis yordamchisi va hk.

Biror sohada kerakli kadr darajasigacha chiqib ol. Sohaning ahamiyati yo'q. Ustachilikdan tortib shifokor yoki o'qituvchilikkacha.

P.S.

O'zi til o'rganib, kerakli kadr darajasiga chiqib olgach, juda ko'pchilik shartmikin o'zi ketishim deb qoladi. Ketish majburiyat emas, imkoniyat bo'lsa naqadar yaxshi.