Get Mystery Box with random crypto!

Uyqumashguloti

Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti U
Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti
Kanal manzili: @uyqumashguloti
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.34K
Kanalning ta’rifi

Mashg'ulot haqida toʻliq ma'lumot: @uyqu_manager
Yana bir kanalimiz: @Saranjom_beka

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-03-09 09:12:31 ​Ba'zan kichkintoylarimiz ham ruhan bezovta bo‘lishadi. Asabiylashib, stressga tushishadi. E'tiborini bir narsaga jamlay olishmaydi. 

Agar farzandingiz:
— bir o‘yinchoqqa qaram bo‘lib olsa;
— kiyimi, sochini tinmay tekislayversa,  ushlayversa;
— barmoqlarini qisirlatsa;
— barmog‘i,  ruchkasini og‘ziga solaversa;
— baland tovushlardan cho‘chisa;
— ko‘p uzr so‘rasa;
— ko‘p yomon tushlar ko‘rsa;
— gapirayotganda ko‘p tutilsa,  terlab ketsa unda ruhiy bezovtalik borligini bildiradi.

Sizningcha bular unchalik jiddiy emasdek ko‘rinsa-da, bu bolaga avvalgidan ko‘proq vaqt ajratishingizga to‘g‘ri keladi.

Bolaning ruhiyati qanday ekanligini bilish uchun odatda 3 yoshdan katta bolalarga rasm chizdirib ko‘riladi. Agar:
— chiziqlar uzuq-yuluq;
— ingichka kesmalar;
— uchi birlashtirilmagan burchaklar bo‘lsa;
— rasmda qo‘rqinchli qahramonlar;
— butun bo‘lmagan odamlar chizilsa;
— rasmlar o‘rtaga emas,  chaproqda bo‘lsa;
— faqat mayda detallar  tasvirlansa,  bunday bolalarda yovvoyilik, yotsirash, qo‘rquv, hadik, asabiylik bo‘ladi.

Har qanday me'yorda bo‘lmagan holatda shifokorga borish va bolaga ko‘proq mehr va e'tibor berish kerak bo‘ladi.

@uyqumashguloti
6.2K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2023-03-06 19:22:14
Vaqtini ayamasdan hikoyani yozib bizga yuborgan onajonimizga va shu hikoyani sizlarga chiroylik ko'rinishda tayyorlab bergan komandamiz a'zosi ZiyayevaGulafruz ga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz

Vaqtingizni ayamasdan ohirgacha o'qiganingiz uchun sizga ham rahmat

@uyqumashguloti
4.4K views16:22
Ochish/sharhlash
2023-03-06 14:37:58 Assalomu alaykum hurmatli onajonlar bir onajonimizni hikoyasini sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

Roppa rosa 1yil oldin farzandini 7 oy-u 2 kunlik bo'lganida kursga yozilgan edilar va hozirda 1 yosh-u 8 oylik ekanlar. Men bu onajonimizni ko‘p onalar orasidan qanday topdim, bilasizmi?

Ular ikkinchi farzandlarini dunyoga keltirganlar va yana bizni mashg'ulotimizga sodiq qolib, 3 oylik chaqalog'i uchun kursimizga yozilganlar.

Qani endi hikoyamizni o'qishni boshlasak.

Hikoyani o‘qiyapman-u, ko'zimga yosh to'ldi. Bu Allohimning mehribonligi, sababchi qilganiga shukr.

O'qishni boshlaymizmi?
1.4K viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash
2023-03-06 13:29:35
Sertifikat muborak bolajon
2.1K views10:29
Ochish/sharhlash
2023-03-06 11:28:22
Sizdan kelgan fikrlar
2.8K views08:28
Ochish/sharhlash
2023-03-06 07:44:28 Bolaga xodunok kerakmi?

Sir emaski,  onajonlarning ko‘pchiligi uy yumushlarini bajarish vaqtida bolakaylarni band qilish uchun kolyaska, belanchak, beshik yoki xodunoklarga solib qo‘yishadi.  Kolyaska va manejlarni bolaning salomatligida nisbatan xavfsiz deyish mumkin.  Beshik va belanchaklar esa tebratilganligi uchun  ko‘plab shifokorlar tomonidan tavsiya etilmaydi. Biz esa hozir xodunoklarga to‘xtalamiz.

Xodunokning ijobiy taraflari:
— bola unda faol harakatlanadi,  qo‘l-oyoqlari erkin bo‘ladi;
— bolaga zavq beradi, hali yurmagan bola yurishga harakat qiladi;
— o‘zi istagan joyga borib,  narsalarni ushlab ko‘rgani tufayli borliq haqida keng tasavvurlarga ega bo‘ladi.

Salbiy taraflari:
— Xodunokda uzoq tik turishi hali suyagi qotmagan bolani umurtqa pog‘onasiga zarar yetkazishi mumkin;
— qovuq qismida qizarish,  shilinish,  tirnalishlarga sabab, bo‘lishi mumkin.

Xodunoklar bolaning yurishi va mustaqil harakat qilishiga yordam beradi.  Lekin unda ham me'yor bo‘lgani yaxshi. 7 oylikdan kichik bo‘lgan,  sog‘ligida muammo bor,  displaziya,  suyak-son qismi chiqishi tashxisi bor bolalarga umuman mumkin emas.

Agar farzandingiz sog‘lom va 7 oylikdan katta bo‘lsa,  boshlanishiga 2-3 daqiqadan boshlab,  eng ko‘pi 40 daqiqagacha xodunokka o‘tirgizishingiz mumkin.

Unutmang,  kunlik me'yor 40 daqiqadan oshmasligi kerak.

@uyqumashguloti
3.8K viewsedited  04:44
Ochish/sharhlash
2023-03-05 09:13:28
Sertifikat muborak bolajon
1.3K views06:13
Ochish/sharhlash
2023-03-04 11:08:01 3-qism Tungi oziqlanish.

Pediatrlarning fikriga ko'ra, chaqaloqlar bir yoshga to'lganidan keyin tungi oziqlantirishni butunlay to‘xtatish kerak. Mashhur amerikalik shifokor Benjamin Spok ota-onalarga bu masalada qat'iy bo'lishni, bola yig'lab ovqat so'rasa ham kechasi kamida yarim soat yaqinlashmaslikni tavsiya qiladi.

Biroq psixologlar bu masalada boshqacha fikrda. Ular bolaga qattiqqo‘llik qilmaslikni, asta-sekinlik bilan harakat qilishni tavsiya qilishadi. Undan tashqari bir yoshli bolakay endi ancha rivojlangan va avvalgidan ko‘proq qorni ochadi. Agar kun davomida kerakli miqdorda oziqlanmasa, tunda ochlikni his qila boshlaydi.

Bolakaylar 7 oylikdan boshlab tunda 6 soatgacha ovqatlanmasliklari mumkin. Agar chaqaloq och bo'lmasa, uni tez-tez ovqatlantirishning unga hech qanday foydasi ham yo‘q. Aynan shu davrda chaqaloqni kechasi ovqatdan asta-sekin ajratish tavsiya etiladi. Kecha ovqatlanishdan chiqarish chaqaloqda stressli holatni keltirib chiqarmaslik uchun sabr va doimiylik bilan amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.

Bolani tungi ovqatdan qanday ajratish mumkin?

Kun davomida ovqatlanishlar sonini ko'paytirish orqali kerakli natijaga erishishingiz mumkin

Agar bola ko‘p chanqasa unga mevali ichimlik, sharbatlar berish mumkin.

Ba'zan bolalar onasidan qo'shimcha e'tibor olishni xohlab, tunda ovqat so'rashadi. Bunday paytda uni silash, erkalatish kerak.

Bolani tungi ovqatlanishdan ajratish uchun uni boshqa xonada yotqizish mumkin.

Bir yoshdagi bolakay unga aytilgan gaplarni tushunadi. Shuning uchun unga kechasi sut yoki smes yo‘qligini, faqat ertalab bo‘lishini aytib tushuntirish, yig‘lasa chalg‘itish kerak bo‘ladi.

@uyqumashguloti
3.2K viewsedited  08:08
Ochish/sharhlash
2023-03-04 06:57:08
Sizdan kelgan video va fikrlar
1.2K viewsedited  03:57
Ochish/sharhlash
2023-03-03 18:10:57
Bugun judayam ko'p smslar bayram chegirmasi haqida bo'ldi ya'ni onajonlar bayram chegirma kutayotgan ekan

Bu safargi chegirma ramazon chegirmasi ham qo'shilgan holda bo'ladi ramazon ibodatlarida qiynalmaslik uchun bolajon uyqusini tartibga solish uchun ajoyib imkoniyat

Faqat bugun soat 00.00gacha chegirma davom etadi.
4soat davom etadi ulgurib qoling sababi bunday chegirma yaqin orada bo'lmasligi aniq
239 views15:10
Ochish/sharhlash