Get Mystery Box with random crypto!

3-qism Tungi oziqlanish. Pediatrlarning fikriga ko'ra, chaqal | Uyqumashguloti

3-qism Tungi oziqlanish.

Pediatrlarning fikriga ko'ra, chaqaloqlar bir yoshga to'lganidan keyin tungi oziqlantirishni butunlay to‘xtatish kerak. Mashhur amerikalik shifokor Benjamin Spok ota-onalarga bu masalada qat'iy bo'lishni, bola yig'lab ovqat so'rasa ham kechasi kamida yarim soat yaqinlashmaslikni tavsiya qiladi.

Biroq psixologlar bu masalada boshqacha fikrda. Ular bolaga qattiqqo‘llik qilmaslikni, asta-sekinlik bilan harakat qilishni tavsiya qilishadi. Undan tashqari bir yoshli bolakay endi ancha rivojlangan va avvalgidan ko‘proq qorni ochadi. Agar kun davomida kerakli miqdorda oziqlanmasa, tunda ochlikni his qila boshlaydi.

Bolakaylar 7 oylikdan boshlab tunda 6 soatgacha ovqatlanmasliklari mumkin. Agar chaqaloq och bo'lmasa, uni tez-tez ovqatlantirishning unga hech qanday foydasi ham yo‘q. Aynan shu davrda chaqaloqni kechasi ovqatdan asta-sekin ajratish tavsiya etiladi. Kecha ovqatlanishdan chiqarish chaqaloqda stressli holatni keltirib chiqarmaslik uchun sabr va doimiylik bilan amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.

Bolani tungi ovqatdan qanday ajratish mumkin?

Kun davomida ovqatlanishlar sonini ko'paytirish orqali kerakli natijaga erishishingiz mumkin

Agar bola ko‘p chanqasa unga mevali ichimlik, sharbatlar berish mumkin.

Ba'zan bolalar onasidan qo'shimcha e'tibor olishni xohlab, tunda ovqat so'rashadi. Bunday paytda uni silash, erkalatish kerak.

Bolani tungi ovqatlanishdan ajratish uchun uni boshqa xonada yotqizish mumkin.

Bir yoshdagi bolakay unga aytilgan gaplarni tushunadi. Shuning uchun unga kechasi sut yoki smes yo‘qligini, faqat ertalab bo‘lishini aytib tushuntirish, yig‘lasa chalg‘itish kerak bo‘ladi.

@uyqumashguloti