Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchiga hujjat

Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat O
Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat
Kanal manzili: @uqituvchiga_hujjat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 108.36K
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan namunalar shu kanalda.
Hamkor @hujjatlaruchun_bot
Savollar @Maktabgamurojat_bot
Reklama @reklama_da

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 37

2023-09-24 11:36:49 “YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” TANLOVINI O‘TKAZISH HAQIDA

Tanlovning 1-bosqichi quyidagicha bo’ladi.

Tanlovda ona tili (o’zbek tili) o’qituvchilari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular tuman shahar MMT bo’limlari tomonidan tashkillangan maxsus bot orqali online ro’yxatdan o’tadilar. Ro’yhatdan o’tish 22-sentabrdan 29-sentabr soat 18:00 ga qadar davom etadi. O’qituvchilar online ro’yxatdan o’tish bilan birga o’zlari tayyorlagan video taqdimot yoki taqdimot slaydlarini joylashtirishlari kerak bo’ladi.

Taqdimotlarni o’qituvchi shaxsiy ish tajribasi misolida “Men tavsiya etaman…” nomi bilan tayyorlaydi. Tayyorlangan video taqdimot slaydlari hakamlar hay’ati tomonidan 50 ballik tizimda baholanadi va g’oliblar aniqlanadi.

Taqdimotga qo’yilgan roliklarda amalda urfga kirgan yoki,ommalashgan metodlardan to’la foydalangan bo’linsa ishtirokchining balli nollashadi. Agar juda kam qo’llanilgan bo’lsa balli pasaytiriladi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi;

1-bosqichda (tuman, shahar) 1-2-3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar, faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan.

2-bosqichda (viloyat) 1-2-3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar, faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan.

3-bosqichda (respublika) 1-o‘rinni egallagan ishtirokchiga 25 million so‘m pul va I-darajali diplom, 2-o‘rinni egallagan ishtirokchiga monablock kompyuteri va II-darajali diplom, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchiga notebook va III-darajali diplom beriladi.

Taqdimotga qo’yiladigan talablar, baholash mezonlari va 2-3-bosqichni o’tkazish haqidagi to’liq malumotlarni ushbu nizomdan o’qib olishingiz mumkin.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
39.8K viewsedited  08:36
Ochish/sharhlash
2023-09-24 06:53:16 O‘QITUVCHILAR DARSLARNI TAHLIL QILISHLARI KERAKMI?

Eski muammolar yana ko‘tarilmoqda.

O‘qituvchilar o‘zaro darslarni kuzatish va tahlil qilish kerakmi degan savollar bilan MAKTAB kanalimizga ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Quyida shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Bizga ma’lumki, avvallari o‘qituvchilardan bir-qancha hujjatlar va hisobotlar talab qilinar edi. Shu qatori dars tahlili daftarlari ham. Keyinchalik o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod qilish bo‘yicha bir qator qarorlar chiqarildi.

Jumladan, Аdliya vazirligidan 2020-yil 29-iyunda 3058-1-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʼyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʼgʼrisidagi yoʼriqnoma”ga muvofiq oʼzaro dars kuzatish daftarini yuritish tartibi bekor qilingan. (Daftarni yuritish tartibi)

Shundan so‘ng o‘qituvchilardan dars tahlil daftarlarini talab qilish to‘xtatildi.

Lekin, oradan bir yil o‘tgach Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli “Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” nizomi tasdiqlandi.

Ushbu nizomning 6-bandida o‘qituvchining lavozim majburiyatlari yozilgan. Nizomda dars tahlili bo‘yicha shunday bayon etilgan.

“oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatadi, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashadi.”

Bundan shuni tushunish mumkinki, pedagoglar darslarni o‘zaro kuzatib tahlil qilishlari kerak (o‘z ehtiyojidan kelib chiqib albatta). Faqat o‘qituvchilardan tahlil daftar talab qilish mumkin emas. Agar maktab rahbariyati o‘qituvchining dars tahlili qilishga ehtiyoji borligini sezsalar, unga darslarni tahlil qilishi kerakligini aytishlari mumkin. Chunki, uning lavozim majburiyatida yozilgan.

Yosh o‘qituvchilarda esa dars tahlil qilishga ehtiyoj albatta bo‘ladi. Shu sababdan o‘qituvchilar o‘z ehtiyojidan kelib chiqib dars tahlili asosida o‘zaro tajriba almashsalar, ishonamizki ta’lim sifatini oshishiga albatta xizmat qiladi.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
36.5K views03:53
Ochish/sharhlash
2023-09-24 01:44:50
Саида Мирзиёева давлат раҳбарининг топшириғи билан Наманган вилоятига етиб борди

“Уларнинг кайфияти яхши, ҳаммалари аста-секин тузалишмоқда, кўпчилиги соғайгани учун уйига - оиласи бағрига қайтарилган”, — дейди Саида Мирзиёева

Маълум қилинишича, ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилган.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
27.9K views22:44
Ochish/sharhlash
2023-09-23 17:50:06 “YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” TANLOVINI O‘TKAZISH HAQIDA NIZOM

2023-yil 18-sentabr


O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
39.1K views14:50
Ochish/sharhlash
2023-09-23 17:00:09 490 000 SO‘MLIK RAG‘BATNI KIMLARGA BERILAYOTGANLIGI HAQIDAGI MA’LUMOTLAR PEDAGOGIK KENGASHDA E’LON QILINISHI SHART.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori 1-ilovasi 12-bandida yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar maktabning pedagogik kengashi majlisida direktor jamg‘armasi hisobidan tegishli pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga ustama belgilash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan axborot berilishi yozilgan.

Bundan tashqari maktabda kimlarga ustama, yoki moddiy rag‘bat berilganligi bo‘yicha nizomning 18-bandida quyidagicha yozilgan: “Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.”

Qolaversa, maktabning e’lonlar doskasida ham bu haqida ma’lumotlar ilingan bo‘lishi kerak.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
37.1K viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2023-09-23 14:34:02 2023-2024 o‘quv yilida birinchi marta pedagog sifatida ishga qabul qilinadigan o‘qituvchilarni “O‘qituvchi-stajor” xizmatchi lavozimi qabul qilish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma.

2023-yil 9-avgust 02-01/3-1188-son


O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
29.2K views11:34
Ochish/sharhlash
2023-09-23 07:14:15 Alifboda 4 ta harfni almaştiriş katta xarajatga tuşadimi?

Lotin yozuviga asoslangan õzbek alifbosining yangi loyihasi eʼlon qilingandan sõng, kutilganidek, ijtimoiy tarmoqlarda iqtisodiy nuqtayi nazardan savollar paydo bõlmoqda. Respublika bõylab barca yozuvlar, hujjatlar, kitoblar, darsliklar vа hokazo vа hokazolarni almaştiriş, saytlarni yangilaş xarajatlari byudjetga ortiqca yuk bõlmasmikin, deyişmoqda.

Atigi 4 ta harf õzgarsa ham xarajat bõlişi tabiiy, ammo bu kõpcilik tasavvur qilgan darajada katta xarajatlar emas.

Keling, bir boşidan kõrib ciqamiz:

Darsliklar — darsliklar şundoq ham reja bõyica har 2 yoki 3 yilda yangilanadi. Agar mabodo alifbodagi 4 ta harf şakli õzgarsa ham, darsliklarning hammasi birdaniga qayta cop etilişi şart bõlmaydi. Õzining vaqtida ciqaveradi. Cunki hozirgi õzgarişlar juzʼiy, õta kicik õzgariş bõlib, birdaniga odamlar harflarni tanimay qoladigan daraja savodsizlik yuz bermaydi va barca darslikni bir yilda qayta ciqarişga zarurat ham yõq.

Demak, darsliklarda ortiqca xarajat yõq;

Pasport, ID-karta va boşqa rasmiy hujjatlar — fuqarolarning hujjatlari ham õz kucida qolaveradi va faqatgina õz vaqti soati kelib, almaştirayotgan paytdagina yangi harflarda yozilganini olişadi.

Demak, pasport almaştirişda ortiqca xarajat yõq;

Pul banknotalari — pullar ham õz kucida qolaveradi va qacon yangi kupyura yoki yangi partiya cop etilgandagina yangi harflardan foydalanişadi. Bunda yagona xarajat pul ciqaradigan maketlarni almaştirişda bõlişi mumkin. Lekin bu katta mablağ talab etmasa kerak.

Demak, pul birliklarini qayta cop etişda ham deyarli xarajat yõq;

Kitoblar — badiiy yoki ilmiy kitoblarni cop etişda kutilmagan va majburiy qanday xarajat bõlişi mumkinligini ociği bilmadim. Faqat qilinadigan bitta iş, kitob matnidagi 4 ta harfni kompyuterda 4 ta buyruq bilan (Ctrl+H) yangisiga almaştirib ciqiladi. Bunga katta xarajat ketmasa kerak.

Demak, kitoblarni cop etişda ham katta xarajat bõlmaydi;

Yõl belgilari — yõl belgilarini ham õzining ekspluatatsion davri tugagunca almaştiriş şart emas, deb hisoblayman. Alifbo islohoti amalga oşsa, birdan ertasi kuni odamlar “Toshkent” degan yozuvni õqiy olmay qolarmidiki, ularni tezda “Toşkent”ga almaştiriş şart bõlsa? Turaversin, hec qisi yõq. 30 yil davomida yurtimizda butun boşli ikkita alifbo (lotin va kirill) bir paytda işlatilayotgan bir paytda, 2-3 yil davomida 4 tagina harfning 2 xil şakli işlatilsa, osmon uzilib yerga tuşib qolmaydi. Eng asosiysi byudjetdan katta xarajat bõlmaydi, hamma narsa õzining tabiiy almaşiş davriga kelgandagina õzgaradi. Tamom.

Demak, yõl belgilarida ham deyarli ortiqca va kutilmagan xarajat bõlmaydi.

Peşlavha va blanklar — avvalgi 4 ta harfda yozilgan peşlavhalar va rasmiy blanklar ham 2 yil davomida õz kucida qolaveradi. Yangisi ciqayotganda yangi harflardan foydalaniladi. Agar taşkilotlar kõp miqdorda xat blanklari ciqarib qõygan bõlsa, hec qisi yõq, 1-2 yil õşa blanklarni işlataversin. Nima bõpti şunga? Baribir katta ehtimol bilan hozirgi blanklarda “Õzbekiston” sõzi ham xato yozilgan (teskari vergul hisobiga) bõlib ciqadi, xõp deb rozi bõlib yuribmiz-ku bunga.

Demak, hujjatlarda ham deyarli ortiqca va kutilmagan xarajat bõlmaydi.

XULOSA: yuqorida aytganimdek, alifbodagi 4 ta harfni õzgartirişning albatta maʼlum bir xarajatlari bõlişi tabiiy. Işoning, lekin aql bilan yondoşsak, bu xarajatlar õta minimal kõrinişda bõladi. Tasavvurimizdagi kabi trillionlar yoki hattoki milliardlar haqida ham gap ketmaydi. Buni õzingiz ham yana bir marta muşohada qilib kõring, fikrimga qõşilsangiz kerak.

P/S: savodxonlik tuşib ketadi, degan joyi bõyica sizlarga savol: yuqoridagi matnni õqişga qiynaldingizmi? Õqiy olmay qoldingizmi yoki harflarni taniy olmayapsizmi? Menimca, hamma bemalol matnni õqiy oldi. Savod tuşib ketadi, degan gaplar ham aldamci qõrquv, menimca.

Xushnudbek

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
34.6K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-09-22 17:30:50
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятининг Чуст туманида юз берган болалар соғлиғи билан боғлиқ нохуш ҳолатдан қаттиқ ташвишда, улар тез фурсатда соғайиб кетишини тилайди. Давлат раҳбари бу борадаги вазият тўғрисида ахборотни мунтазам олиб бормоқда. Вилоят ҳокими ва масъулларга масалани алоҳида назоратга олиш, сабабларини аниқлаш ва тегишли таклифлар киритиш бўйича топшириқлар берилган.

Prezident matbuot kotibi

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
35.5K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-12-10 12:00:21 Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
2.3K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin Tursunov, 09:00
Ochish/sharhlash
2022-12-10 11:55:06 O’qituvchilarning ilg’or tajribasi va faoliyati davomida qo’llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalshtrish to’g’risida

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’I

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
1.9K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin Tursunov, 08:55
Ochish/sharhlash