Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchiga hujjat

Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat O
Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat
Kanal manzili: @uqituvchiga_hujjat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 100.70K
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan namunalar shu kanalda.
Hamkor @hujjatlaruchun_bot
Savollar @Maktabgamurojat_bot
Reklama @reklama_da

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 35

2023-09-29 15:32:27 «1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни» муносабати билан ҳамма ўқитувчилар 490 минг сўмдан мукофот пули олишга ҳақли

Вазирлар Маҳкамасининг 02.08.2022 йилдаги 425-сон қарори билан Вазирлар Маҳкамасининг 30.09.2019 йилдаги 823-сон қарорига киритилган ўзгаришга кўра низомнинг 29-бандига кўра умумтаълим муассасалари ходимлари, шу жумладан раҳбар ходимлари фақат «1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни» муносабати билан Жамғарманинг мавжуд маблағлари ҳисобидан меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 50 фоизигача миқдорида мукофотланиши мумкин.

Бунда мазкур мукофот ҳар ўқув йили учун берилиши мумкин. Низомда бир марта мукофот олган ўқитувчи келаси йил мукофот олмаслиги кераклиги ҳақида чеклов йўқ. Шунингдек, айнан қандай асосларга кўра мукофот берилиши ҳақида аниқ қоида ҳам йўқ.

Меҳнат кодексининг 252-моддасида меҳнатга ҳақ тўлаш тизимида назарда тутилмаган рағбатлантирувчи мукофот бир марта бериладиган хусусиятга эга бўлган ҳамда иш берувчининг қарорига кўра ходимнинг олдиндан белгиланган кўрсаткичлар ва шартларга эришганлиги учун эмас, балки муайян воқеалар (юбилейлар, байрам саналари ва бошқалар) юз берганлиги ёки ходим томонидан муайян ҳаракатлар амалга оширилганлиги (иш берувчининг алоҳида муҳим топшириғини бажариш, рационализаторлик таклифини киритиш ва бошқалар) муносабати билан тўланадиган пул мукофоти эканлиги белгиланган.

Шунга кўра «1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни» муносабати билан ҳамма ўқитувчилар мукофот олишга ҳақли.

Бироқ бунда мактабнинг сметасида қўшимча пул маблағи бўлиши лозим.

Yurist Xizmati‌‌

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
29.4K views12:32
Ochish/sharhlash
2023-09-29 11:53:48
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilindi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog — tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
33.1K views08:53
Ochish/sharhlash
2023-09-29 10:47:10
Ustozlar bayrami munosabati bilan texnomart'dan yoqimli yangilik!

25-sentabrdan 15-oktabrgacha, faqat ustozlar uchun 20 mln so'mgacha istalgan texnikani boshlang'ich to'lovsiz 10% chegirma asosida xarid qilishlari mumkin bo'ladi!

*Ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan tabriklaymiz!

batafsil: texnomart.uz
71 209 99 44

texnomart - ustozlarimizga yaxshilikka buyursin!

@texnomart
23.1K views07:47
Ochish/sharhlash
2023-09-28 15:58:43 FINLANDIYA TA’LIM TIZIMI HAQIDA ENG QIZIQARLI FAKTLAR

1. TA'LIM - BEPUL.

O‘quvchilar tushlik, ekskursiyalar, o‘quv qurollari bilan ham bepul ta'minlanadilar. Maktabga 2 kilometrdan ortiq masofadan qatnovchi o‘quvchilar uchun bepul avtobus ajratiladi. Barcha harajatlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

2. HAR BIR O‘QUVCHIGAH INDIVIDUAL YONDAShUV.

O‘quvchilarga topshiriqlar o‘zlashtirish darajasiga qarab beriladi. Bir sinfdagi o‘quvchilar dars paytida qiyinchilik darajasi turli xil boshqa-boshqa topshiriqlarni bajarishlari mumkin. Jismoniy va aqliy qobiliyati har xil bo‘lgan bolalar birga ta'lim olishadi. Agar bola o‘zlashtirishga qiynalsa, o‘qituvchi u bilan alohida shug‘ullanadi.

3. BAHOLAR FAQAT O‘QUVChINING O‘ZIGA KO‘RSATILADI.

Baholash tizimi 10 ballik. Lekin 3-sinfgacha o‘quvchilar baholanmaydilar. 3-sinfdan keyin o‘quvchilar 10 ballik tizimda baholanadilar. Past baho uchun tanbeh berilmaydi. Baho - faqat motivasiya vositasi sifatida qaraladi.

4. MAKTAB FORMASI YO‘Q.

Maktabga o‘quvchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan har qanday kiyimda kelishlari mumkin. Maxsus talablar qo‘yilmagan. Odatda fin maktablarida o‘quvchilar sinf xonasiga hatto poyabzalsiz ham kiraveradilar.

5. PARTADA O‘TIRISh MAJBURIYATI YO‘Q.

Dars paytida o‘quvchilar ixtiyoriy ravishda - partaga, divanga, gilamga yoki polga joylashishlari mumkin. Iliq havoda darslar tabiat qo‘ynida tashkil qilinadi.

6. UY VAZIFALARI KAM.

Fin o‘qituvchilari bolalar maktabdan tashqari vaqtda dam olishlari va vaqtlarini ota-onalari bilan o‘tkazishlari kerak, deb hisoblashadi. Uy vazifalari juda kam vaqtga mo‘ljallanadi. Masalan, tarix darsida buvisi bilan 50-yillar hayoti haqida suhbatlashib, uni bugungi davr bilan solishtirish vazifasi berilishi mumkin.

7. HECH QANDAY IMTIHONLAR YO‘Q.

Fin o‘qituvchilarining fikricha, o‘quvchilarni yo hayotga, yo imtihonga tayyorlash lozim. Ular birinchisini tanlashadi. Shu sababli Finlandiya maktablarida imtihonlar yo‘q. O‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra nazorat ishlari o‘tkazishi mumkin. Lekin o‘quvchilar 16 yoshda - o‘rta maktabni tamomlash oldidan standartlashtirilgan test topshirishadi.

8. BIR QANChA MAKTABLARDA FANLAR O‘QITILMAYDI.

Finlandiya ta'lim tizimining yangi yo‘nalishlaridan biri - mohiyatni o‘rganish (phenomenon based learning). Fanlar alohida o‘qitilmasdan, ma'lum mavzu tanlanib, o‘sha mavzu turli fan yoki soha nuqatayi nazaridan o‘rganib chiqiladi.

9. ENG UZOQ TANAFFUSLAR.

Har bir 45 daqiqalik mashg‘ulotdan so‘ng 15 daqiqa tanaffus beriladi.

10. O‘QITUVCHILIK - ENG NUFUZLI KASB.

O‘qituvchilarning o‘rtacha oylik maoshi - 3500 €. Hech qanday qat'iy o‘qitish dasturi yo‘q, qanday uslubda va qanday darslik asosida o‘qitishni o‘qituvchining o‘zi hal qiladi.

Bundan tashqari, maktab oshxonasidagi "shvedkiy stol", kutubxonadagi mutolaaga o‘rgatilgan kuchuklar, o‘quvchilar uchun maktabda uyushtiriladigan maxsus kechalar va kechadan so‘ng bolalar o‘qituvchilari bilan maktabda tunab qolishlari, maktablarning "statusi" mutlaqo bir xil ekanligi xususida batafsil yozmadik.

Xo‘sh, fin tajribasi sizga ma'qulmi?

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
39.5K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-09-28 14:37:44 2023-2024 O‘QUV YILI UCHUN 50-20% USTAMA TO‘LANADIGAN SERTIFIKATLAR RO‘YXATI.

2023-yil 28-iyul


O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
29.8K views11:37
Ochish/sharhlash
2023-09-28 13:04:14
Сиртқи таълимда ўқиб олий маълумотли бўлинг!

Халқаро Нордик университети
Ўзбекистон ва Финландия ташқи ишлар вазирлиги кўмагида очилган.

Университетда дарслар онлайн ва офлайн Hemis платформаси ва Zoom орқали олиб борилади.

1. Иқтисодиёт - 12 млн сўм 4 йил
2. Молия - 12 млн
сўм 4 йил
3. Психология - 11 млн
сўм 4 йил
4. Мактабгача таълим - 11млн
сўм 3 йил

5 йил стаж билан:
1. Бошланғич таълим - 11млн
сўм 4 йил
2. Мусиқа таълими - 12 млн
сўм 4 йил

Ўқишни кўчириш истагидагилар фақат 2-курсдан қабул қилинади.

12 та бакалавриат йўналиши;
6 та магистратура мутахассислиги;
4 та Phd илмий даражаси;
Work and Travel дастури хам мавжуд.

Онлайн ҳужжат топшириш:
https://admission.nordicuniversity.org/

Ўқишни кўчириш:
https://transfer.nordicuniversity.org

Лицензия (№051207, 01.12.2022-y)

Қўшимча маълумот олиш учун:

+998555084400

@nordikedu
25.4K views10:04
Ochish/sharhlash
2023-09-28 08:11:53 SINF RAHBARLARI TOMONIDAN KUNDALIK COMDA (e maktabda) BARCHA FANLARDAN DAVOMATNI BELGILASH BO'YICHA OSON YO'RIQNOMA

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!


https://t.me/uqituvchiga_hujjat
49.1K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-09-27 19:17:02 ODOB-AXLOQ QOIDALARI.

Barcha o‘quvchilar, ota-onalar, pedagog va xodimlar tanishib chiqishi shart.

2023-yil 31-avgust 282-son

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!


https://t.me/uqituvchiga_hujjat
43.2K viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2023-09-27 16:31:24 Maktablarda 28-sentabr kuni “Xon atlas” festivalini o‘tkazish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma xat.

2023-yil 22-sentabr 06-06/1-2320-son

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
49.8K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-09-27 05:40:22 MAKTAB XODIMLARI OYLIKLARINING BAZAVIY TARIF STAVKALARI.

2023-yil 1-maydan holatiga.


O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
33.9K views02:40
Ochish/sharhlash