Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchiga hujjat

Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat O
Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat
Kanal manzili: @uqituvchiga_hujjat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 100.70K
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan namunalar shu kanalda.
Hamkor @hujjatlaruchun_bot
Savollar @Maktabgamurojat_bot
Reklama @reklama_da

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 30

2023-10-21 03:00:24 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

"Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman."


Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
31.2K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-10-20 09:20:49 9-SINFLARGA QIZIL SHAHODATNOMA VA 11-SINFLARGA OLTIN, KUMUSH MEDALLARINI BERISH TARTIBI QUYIDAGICHA.

9-sinflarga qizil shahodatnoma berish:

Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma — umumta’lim muassasasining 9-sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, 7-sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan.)

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori.

11-sinflarga oltin, kumush medallarini berish:

Oltin
medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan)

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yillik baholari a’lo bo‘lgan)

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
37.5K views06:20
Ochish/sharhlash
2023-10-20 09:15:19 11-SINF BITIRUVCHILARI VA AKADEMIK LITSEY BITIRUVCHILARIGA OLTIN, KUMUSH MEDALLARINI BERISH HAQIDA NIZOM.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
25.0K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2023-10-20 05:29:12
Bugungi “Sinf soati” darslari “Butunjahon oziq-ovqat kuni”ga bagʻishlab oʻtilishi kerak

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalarga 2023-yil 16-oktyabrdagi yuqoridagi  xati yuborilgan.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida “Suv hayot uchun, suv oziq-ovqat uchun” mavzusida oʻquv qoʻllanma ishlab chiqilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 16-oktyabr “Butunjahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan joriy yilning 20-oktyabr kuni “Sinf soati” doirasida ushbu qoʻllanmadagi mavzularni oʻquvchilarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish soʻralgan.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
34.9K viewsedited  02:29
Ochish/sharhlash
2023-10-19 20:08:07 METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA TO‘LASH BO‘YICHA YANGI BAHOLASH MEZONI TASDIQLANDI.

2023-yil 22-avgust 02-02/1-1347-son

(Fan oyliklarini o‘tkazgani uchun ball beriladigan bo‘limi chiqarib yuborildi.)

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
26.1K viewsedited  17:08
Ochish/sharhlash
2023-10-19 19:03:31
Qabul yakuniga atigi 2 kun qoldi: bugun va erta

Shoshiling!

Pedagogika sohasidagi nufuzli anjumanga sizlarni taklif qilamiz!

Konferensiya 2023-yil 25-oktabr T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bo’lib o’tadi.


Sohaning eng nufuzli olimlari davrasida bo'lishini istaysizmi? Unda imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Nufuzli tashlikotchilar:
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
T.N.QORI NIYOZIY NOMIDAGI O’ZBEKISTON PEDAGOGIKA FANLARI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI
“SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI

Batafsil ma’lumotlar axborot xatida http://scientists.uz/files/conference12.pdf

Qabul: 20-oktabrga qadar
Murojaat uchun:
https://t.me/Science_inno1
+998 99 331 96 54

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
21.3K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-10-18 19:20:19 O‘QITUVCHILAR SHU BO‘YICHA USTAMA OLADILAR.

Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699  sonli xati.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!


https://t.me/uqituvchiga_hujjat
16.2K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2023-10-18 18:10:28
Diqqat!
O‘qituvchilik kasbidagi eng muhim nuqta nima?

Har bir o‘qituchi: Darsni shovqinsiz o‘tish, dars jarayonini qiziqarli qilish va barcha uchun sevimli ustoz bo‘lishni istaydi! Lekin biror bir zamonaviy metod bilmasangiz bu orzularni tushingizda ko‘ravering.)

Shu vaziyatda sizga, ayni ta'tilda! "Kreativ pedagog" intensiv kursi orqali "naqd 70 ta metod" ni o‘rganishni tavsiya etamiz! Bu orqali siz:

— Shovqinli sinfni tinchlantirish uchun top 3 ta usul;
Sayohat metodi orqali qiyin mavzuni tushuntirish;
Avtofokus metodi bilan barchaning diqqatini darsga qaratishni o‘rganasiz!

Xullas, o‘quvchilaringizdan har dars so‘ngida "darsimiz juda tez tugab qoldi" degan fikrlarini eshitaverib, "mazza" qilasiz!

Buning uchun hoziroq @Krepeduz_admin profiliga "kreativ metodlarni o‘rganmoqchiman" deb yozib qoldiring.

Kanalimiz @Kreativ_Pedagog
17.3K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-10-18 18:01:30 OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’niy 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq, fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;

Ikkinchi amal 0,72*100=72,7

Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida yaʼni Eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
14.1K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-10-18 16:59:02
Oddiy o’qituvchi kasbi orqali oyiga qo’shimcha 1000$ topishi mumkinmi?

Mening shogirdlarim kasbi orqali qo’shimcha oyiga 1000-1500$ daromadga chiqdi.

O’qituvchilar uchun aynan “Qo’shimcha daromadga chiqishning muhim qadamlari” nomli 2 kunlik Bepul onlayn marafon tashkil qilayapman.

Marofon orqali siz:

- Qanday qilib oddiy o’qituvchi kasbi orqali oyiga qo’shimcha 1000$ dan ko’p daromad topishi mumkinligini.

- O’quvchilarni 1 daqiqada darsga qiziqtirib qo’yuvchi zamonaviy metodlarni o’rganamiz.

Hoziroq ro’yxatdan o’tsangiz “Puzzle” metodini sovg’a qilaman.

Masterklassga ro’yxatdan o’tish uchun bugun oxirgi imkoniyat:
https://t.me/+B-PZHZKOBBZiMjEy
https://t.me/+B-PZHZKOBBZiMjEy
16.0K views13:59
Ochish/sharhlash