Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchiga hujjat

Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat O
Telegram kanalining logotibi uqituvchiga_hujjat — O‘qituvchiga hujjat
Kanal manzili: @uqituvchiga_hujjat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 103.89K
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan namunalar shu kanalda.
Hamkor @hujjatlaruchun_bot
Savollar @Maktabgamurojat_bot
Reklama @reklama_da

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 13

2024-01-16 17:27:02


Bepul online marafon


Farzandingiz yoki oʻquvchilaringiz Prezident Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirishini xoxlaysizmi?

Men Abrorjon Farmonov oʻquvchilarimning Prezident Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish koʻrsatkichi 85%+ hisoblanadi

11- yanvardan boshlab telegram kanalimda oʻtkaziladigan 2 haftalik bepul jonli marafonda qatnashing

1-hafta: Matematika
2-hafta: Muammoni hal qilish

Marafon haqida

Endi sizda bu mavzular muammo boʻlmaydi


Bu marafonda hech qanaqa kurs taqtimoti boʻlmaydi, mazza qilib bilim oʻrganadigan vaqt keldi


Kanaldagi savollar toʻplami

Marafon oʻtkaziladigan kanalga ulanish

https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
22.7K views14:27
Ochish/sharhlash
2024-01-16 10:19:16 MAKTABDA DIREKTORLIK QILISH UCHUN MENEJERLIK SERTIFIKATINI OLISH
BO‘YICHA


Endilikda viloyat MMTB tomonidan menejerlik sertifikatiga ega nomzodlardan maktab direktorlari zaxirasi shakllantiriladi.

Bunda maktab direktorlarining vakant lavozimlariga nomzodlar faqat menejerlik sertifikati mavjud va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

Menejerlik sertifikatini olmoqchi bo‘lgan nomzodlar kamida bakalavr darajasiga va maktab direktorligi uchun belgilangan malaka talablariga ega bo‘lishi kerak.

Menejernlik sertifikatiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan nomzodlar A.Avloniy instituti tomonidan tashkillangan o‘quv kurslarda 1 oy davomida o‘qishi va yakunda imtihon topshirishi kerak bo‘ladi.

O‘qish jarayoni nomzodlarning tanloviga ko‘ra online yoki offline shakilda bo‘ladi. Nomzod ish jarayondan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmaydi. O‘quv kurslari nomzodlar uchun pullik bo‘ladi.

Direktorlarning menejerlik sertifikati uchun o‘quv kurslardagi ishtiroki bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar reja-taqsimoti tasdiqlanadi.

Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan direktorlar bepul o‘qiydi, ishdan ajralgan holda o‘qigan taqdirda ish haqqi saqlanadi, hizmat safari harajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.

O‘qishni muoffaqiyatli tugatib, yakuniy imtihonlardan o‘tib tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan rahbar xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Agar rahbar xodim direktor bo‘lsa 50%, agar direktor o‘rinbosarlari bo‘lsa 30% miqdorida qo‘shimcha ustama.

Yakuniy sinovlar 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat tarzda shakllantiriladi. Bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.

Yakuniy test sinovlar uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball, jami 100 ball beriladi.

70 balldan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga QR-kod qoʻyilgan elektron shaklda menejerlik sertifikati beriladi.

Menejerlik sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarori.

Manba: MAKTAB telegram kanalidan olindi.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
33.2K views07:19
Ochish/sharhlash
2024-01-15 19:12:11 Ertadan boshlab menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan direktorlikka nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi

Xabaringiz bor endi maktab direktorligiga nomzodlar har 5 yilda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutidagi menejerlik o‘quv kurslarida o'qib, sertifikat olishi belgilandi.

Menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish ertadan, 16-yanvardan boshlanadi.

Buning uchun nomzodlar http://manager.uzedu.uz platformasidan ro'yxatdan o'tishlari lozim. Ro'yxatga olish jarayoni yakunlangach, joriy yil 1-fevraldan boshlab o'quv kurslariga start beriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida bo'lib o'tgan brifingda ma'lum qilindi.

Eslatma: Ayni vaqtda http://manager.uzedu.uz platformasi ish faoliyatida emas. Ushbu platforma katta ehtimol bilan ertadan ishlashni boshlaydi.

Post taxrirlandi.

Xalq talimi info

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
34.2K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2024-01-15 18:02:18 Ўқитувчилар аттестация тест синови ҳақида

Аттестация тест синовларидан ўтолмасликнинг энг биринчи сабаби бу - фан йўналиши бўйича билимларнинг етишмаслигидир. Агар ўзингизга ишонсангиз ҳар қандай синовлардан бемалол ўта оласиз.

Ўқитувчи аттестация тест синовидан ўта олмаса, демак уларни қуйидаги 3 та асосий муаммо кутиб туради:

Биринчи муаммо,
ўқитувчи аттестациядан ўта олмаган тақдирда ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли у билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Иккинчи муаммо, агар ўқитувчи аттестациядан ўтмаса, унинг нафақат жамиятдаги балки, мактаб жамоаси олдида ҳам обрўси тушиб боради. Бу эса жуда ёмон.

Учинчи муаммо, аттестациядан ўта олмаслик педагог ходимнинг ойлик маошига ҳам жуда катта таъсир ўтказади. Чунки ўқитувчиларга дарс тақсимот қилишда ҳам уларнинг малака тоифалари муҳим рол ўйнайди.

Ўқитувчи юқорида санаб ўтилган муаммоларга дуч келмаслиги учун катта тажрибага эга бўлган мутахассисларда тайёргарлик кўриши керак бўлади.

Бугун сизларга 7,5 йиллик тажрибага эга бўлган, бухоролик мутахассис томонидан репетиторлар тажрибаси асосида малака тест синовидан ўтиб олиш учун тизимли тарзда ишлаб чиқилган курсларни таклиф этамиз.

Эътиборли жиҳати шундаки, ушбу курсда тайёрланган 1181 нафар ўқитувчидан 1142 нафари аттестация имтиҳонидан муваффақиятли ўтган. Бу дегани ўрта ҳисобда курсда тайёрланган 96,7 фоиз ўқитувчи аттестация имтиҳонидан ўтган.

Дарслар онлайн равишда ҳар бир киши билан алоҳида индивидуал тартибда олиб борилади. Ушбу курсларда:

Математика

Кимё

География

Тарих

Бошланғич таълим

Биология

Инглиз тили

Рус тили

Она тили фанларига 100 % кафолат асосида тайёрлашади.

Бериладиган кафолат шундан иборатки, агар сиз ушбу курсда ҳар кунлик дарсларга қатнашиб, имтиҳондан ўтолмасангиз, ҳеч қандай гап сўзсиз 100% пулингиз қайтариб берилади.

Курсга ёзилиш учун ҳозирда 128 та жой бор холос. Бошқа ўқитувчи олишни имкони йўқ. Чунки назорат қилиш имконияти чекланган.

РЎЙХАТДАН ЎТИНГ

@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
30.9K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-01-15 17:58:42 Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi

Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi.

Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
32.4K views14:58
Ochish/sharhlash
2024-01-15 16:57:02
Eʼlon:
ATTESTATSIYA JARAYONLARI 2- BOSQICHGA AMALGA OSHIRILADI.

1- BOSQICH MUTAXASSISLIK
FANLARDAN

2-BOSQICH DARS JARAYONIDA INTERFAOL METODLARNI QOʻLLASH



Bosqichga qanday tayyorlanishni bilmayapsizmi?


Biz sizga yordam beramiz
Kursda kimlar qatnasha oladi:

Ona tili va adabiyoti oʻqituvchilari;
Matematika oʻqituvchilari;
Tabiiy fanlar oʻqituvchilari;
Texnologiya oʻqituvchilari;
Fizika oʻqituvchilari;
Musiqa oʻqituvchilari;
Ingliz tili oʻqituvchilari;(Darslar oʻzbek tilida)
Rus tili oʻqituvchilari (Darslar oʻzbek tilida)
Tarix va huquq oʻqituvchilari;
Informatika oʻqituvchilari;
Tasviriy sanʼat va chizmachilik; oʻqituvchilari
Geografiya fan oʻqituvchilari;

Eslatma
Bizda faqat 2 - bosqich uchun
Mutaxassislik fanlari uchun emas

Darslar 20- yanvardan boshlanadi.
Shoshiling guruh toʻlib qolishi mumkin


Shuningdek, darslarda :

Casy study uslubi;

Loyihalar uslubi ;

Hamkorlikda oʻqitish uslubi;

Amaliy oʻyin ;

Interfaol taʼlim uslublari ;

Darsga kirolmay qolsangiz audio video shakli guruhda saqlanib turadi.

50.000 soʻm
(Bir maktabdan 2-3 kishi qoʻshilsangiz chegirma bor)


Darslarni 4 yillik tajribaga ega trener Nasiba Abdullayeva olib boradilar.

UNUTMANG!

TOIFANGIZNI AYNAN 2- BOSQICH
HAL QILADI


Murojaat uchun:

@Nasibaabdullayevaadmini

@Nasibabdullayeva


BOSHLANGʻICH TAʼLIM USTOZLARI uchun. 1-2- Bosqichga tayyorlov guruhlarimiz bor

Guruhimiz: @attestatsiya2024
28.4K views13:57
Ochish/sharhlash
2024-01-15 16:42:19 SINF RAHBARLARI TOMONIDAN KUNDALIK COMDA (e maktabda) BARCHA FANLARDAN DAVOMATNI BELGILASH BO'YICHA OSON YO'RIQNOMA

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
42.1K views13:42
Ochish/sharhlash
2024-01-15 10:27:01 ATTESTATSIYAGA HUJJAT TOPSHIRISHDA QANCHA TO'LOV QILISH KERAK BO'LADI?

Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi, ya'niy
306 000 so'm (uch yuzi olti ming so'm).

Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Ta’lim tashkilotlari rahbarlari navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tish lozimligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
61.9K views07:27
Ochish/sharhlash
2024-01-15 05:09:50 TOIFAGA HUJJAT TOPSHIRISH BUGUNDAN BOSHLANDI. HUJJATLARNI QABUL QILISH  29-FEVRALGA QADAR DAVOM ETADI.

Yanvar-iyun oylari attestatsiyasiga ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish joriy yilning 15-yanvaridan boshlanadi. 

Murojaatlarni:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytidagi https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasi orqali;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali

Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi

Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi

Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
58.1K viewsedited  02:09
Ochish/sharhlash
2024-01-14 17:05:11 TOIFA BERISHNING YANGI NIZOMI. BARCHA O‘ZGARISH VA QO‘SHIMCHALAR JAMLANMASI BILAN TO‘LIQ HOLDA.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
23.5K views14:05
Ochish/sharhlash