Get Mystery Box with random crypto!

UPLIFT

Telegram kanalining logotibi upliftuz — UPLIFT U
Telegram kanalining logotibi upliftuz — UPLIFT
Kanal manzili: @upliftuz
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.94K
Kanalning ta’rifi

📈 AAOIFI Standardiga ko'ra aksiyalarga halol investitsiya
📚 Moliyaviy savodxonlik & Shaxsiy rivojlanish
Instagram: instagram.com/javlonota
Website: invest.uplift.uz
Murojaat uchun: @upliftuz_bot
UPLIFT asoschisi: Javlon Ota

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-03 16:34:43 KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI?
(2-qism davomi)

Savol: Kriptovalyutadan biznes maqsadlarda foydalanish ommalashib bormoqda. Shu darajadaki, u turli moliya tashkilotlarini yaratish uchun asos bo'lmoqda va ko'plab mamlakatlar uni davlat miqyosida tartibga solish jarayonida. Hozirgi vaziyatda, shariat ulamolari kriptovalyuta savdosining shariat maqomini so'rayotgan ommaga qanday yo'l-yo'riq ko'rsatishi kerak?

Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlarining javobi:
"Hozircha bu bilan qanoatlana olmaymiz. Kriptovalyuta asosan spekulyativ maqsadlarda foydalanilmoqda. Shaxsan men uni tavsiya qilmayman. Biroq, kelajakda undan haqiqiy savdo maqsadida foydalanish kengayishi mumkin va shunda biz hozirgi qarorni qayta ko'rib chiqishga to'g'ri kelishi mumkin.

Hech shubha yo'qki, bu valyuta spekulyativ xarakterga ega. Hatto undan ommaviy foydalanish ham shariat nuqtai nazaridan afzal ko'rilmaydi. Dastlab, qog'oz valyutalar joriy qilindi va hozir dunyo hech qanday aktivga biriktirilmagan raqamli valyuta tomon harakatlanmoqda. Bu xalqaro rejaning bir qismi. Yaqin kelajakdagi reja, iqtisodlarni kriptovalyutalarga qaram qilish bo'lishi mumkin. Va keyinchalik bu pul egalari zaif iqtisodlarni moliyaviy qullikka aylantirishi mumkin. Fiqhga ko'ra ularning joizligini tasdiqlovchi aniq asos hozir mavjud emas, shuning uchun kriptovalyutani qo'llab-quvvatlay olmaymiz."

Mavzuga aloqador:
Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy haqida

Davomi bor...

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website
2.6K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2022-05-03 16:32:48 KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI?
(2-qism)

Birinchi navbatda, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlarining javoblarini keltirib o'tamiz. Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy - Islom moliyasi va iqtisod bo'yicha zamonamizning eng yetuk olimlaridan biri hisoblanadi. Hozirda, Pokiston Davlat Banki Shariat Kengashi raisi, AAOIFI Shariat Kengashi raisi, Xalqaro Islom Fiqhi Akademiyasining vitse-prezidenti, va bir necha islom banklari hamda xalqaro tashkilotlarning shariat kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritadilar.

Kriptovalyutalar savdosi joizligi haqida berilgan savolga javobni yuqoridagi rasmda o'qishingiz mumkin. Ustoz kriptovalyuta hozir asosan spekulyativ maqsadlarga xizmat qilayotganini, uning joizligini tasdiqlovchi asos yo'q ekanligini aytganlar va u bilan shug'ullanishni tavsiya qilmaganlar. Savol-javobning o'zbek tilida tarjimasi quyidagi postda berilgan.

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website
2.5K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2022-05-03 16:32:03
KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI? (2-qism)

Kriptovalyuta savdosi shariy maqomi haqida berilgan savolga Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlarining bergan javoblari

Sana: 2021-yil, 10-may
Manba: Darul Iftaa

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website
2.4K views13:32
Ochish/sharhlash
2022-05-03 16:30:30 ​​​​KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI? (1-qism)

Hozirda kriptovalyutalarga qiziqish tobora kuchayib bormoqda va ularni chiqarayotgan hamda sotib olayotganlar soni ham ortib bormoqda. Yurtdoshlarimiz orasida ham kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug'ullanayotgan yoki shug'ullanmoqchi bo'lganlar soni ko'paymoqda. Ushbu postlar ketma-ketligida kriptovalyutalarni oldi-sotdi qilish halolligi haqida ustoz ulamolarimizning fatvo va tavsiyalarini keltirishni maqsad qildik. Dastlab, kriptovalyutaning o'zi nima ekanligi haqida qisqacha to'xtalib o'tsak.

Kriptovalyuta (crypto-currency, crypto, coin) - kriptografiya bilan himoyalangan, markazlashmagan kompyuterlar tarmog'ida ishlovchi, raqamli yoki virtual valyuta. Kriptovalyutaning o'ziga xos xususiyati shundaki, u hukumat yoki bank kabi biror markaziy tashkilot tomonidan tartibga solinmaydi va uchinchi tomonning aralashuvi mavjud emas. Hozirda kriptovalyutalarning savdosi joiz yoki joiz emasligi bo'yicha islom ulamolarida turli qarashlar bor. Ayrim manbalarda, kriptovalyutalarni (xususan, bitkoinni) halol deb chiqarilgan fatvolarga duch kelishingiz mumkin. Kriptovalyuta savdosi bilan shug'ullanishdan oldin, albatta, har bir musulmon kishi bu faoliyatni o'rganishi, ustozlarning fikrlarini inobatga olishi, va mulohaza qilib ko'rishi zarur deb hisoblaymiz. Biz ustoz deb bilgan va ularning fatvo, tavsiyalariga amal qiladigan olim va mutaxassislarning fikrlarini quyida siz bilan bo'lishmoqchimiz.

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website
2.1K viewsedited  13:30
Ochish/sharhlash
2022-05-03 10:26:24
Siz kriptovalyuta savdosi bilan shug'ullanasizmi?
Anonymous Poll
16%
Ha
68%
Yo'q
16%
Hali bir qarorga kelmadim
853 voters2.0K views07:26
Ochish/sharhlash
2022-05-02 11:20:44
UORREN BAFFET VA CHARLI MUNGER BITKOIN VA KRIPTOVALYUTANI KESKIN TANQID QILDI

O'tgan shanba kuni bo'lib o'tgan Berkshire Hathaway aksiyadorlarining yillik yig'ilishida Baffet: "Agar siz menga dunyodagi barcha bitkoinlarga egaligingizni aytsangiz va uni menga $25 dollarga sotib olishni taklif qilsangiz, men uni qabul qilmas edim" deb aytdi. Bitkoinning o'rniga, Baffet ferma yoki turar-joy sotib olish afzalligini aytdi. Shuningdek, bitkoin hech narsaga arzimasligini, ya'ni bitkoin hech narsa ishlab chiqarmasligi va egalari uning uchun o‘zidan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor bo‘lgan boshqa birovga ishonib sotib olishini ta'kidladi. Baffetning uzoq yillik biznes sherigi Munger bitkoinni sotib olish ahmoqlik deb atadi.

Boshqa tomonda esa Ray Dalio, Keti Vud kabi investorlar; Ilon Mask, Piter Tiel kabi texno-tadbirkorlar bitkoin va kriptovalyutalar haqida ijobiy fikrda va sotib olganlarini ma'lum qilgan. Siz bitkoin va kriptovalyutalar haqida qanday fikrdasiz?

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website
2.3K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-05-02 04:42:29
RAMAZON HAYITI MUBORAK BO'LSIN!

Alloh sizu bizdan yaxshi amalu duolarni qabul qilsin. Kelgusi Ramazonlarga ham iymonda ustivor holimizda sihat-salomatlikda yetishni nasib qilsin!

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website
2.7K views01:42
Ochish/sharhlash
2022-04-21 15:17:57
Ўзбекистон ва МДҲ мамлакатларида илк бор — НОЁБ ОНЛАЙН ЗАКОТ КАЛЬКУЛЯТОРИ !!!


Бу калькулятор ёрдамида сиз осонликча:

Ўз шахсий бойликларингиз;

Ўз бизнесларингиз;

Ўз инвестицияларингиздан Закотни тўғри ҳисоблаш, шу билан бир қаторда, закот илмини ҳам ўрганиш имконига эга бўласиз!

ЗАКОТ КАЛЬКУЛЯТОРИ https://zakotim.uz/

Ҳозироқ фойдаланинг,
бошқалар билан улашинг, бефарқ бўлманг,
ва фикр-мулоҳазаларингизни
бу ерда қолдиринг!

Закот беринг, ўзингиз учун қилган яхшиликларни Аллоҳнинг ҳузурида топасиз!

@zakotim
3.3K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-04-08 15:11:27
Тадбиркор ва инвесторлар учун закот ҳисоблаш амалиёти

Ҳозирда кўплаб тадбиркорларнинг бизнес фаолияти анча мураккаб: ишлаб чиқариш, савдо-сотиқ, хизмат кўрсатиш.

Бундан ташқари шахсий бойликлари, бизнес лойиҳаларга инвестициялари, қарзлари бор. Қайси бойликлардан қанча миқдорда закот тўланади?

Инвестиция, акциялар бўйича закот тўлаш лозим эканлигини биласизми? Форекс ёки криптавалютага қилинган инвестициялардан закот тўлаш керакми?

Бизнинг навбатдаги тадбиримиз “Закот — барака ва покланиш асоси” мавзусида бўлиб ўтади.

Тадбир 9-апрель 11:00 дан 16:00 гача давом этади.

Тадбирда қатнашиш пулли. Мурожаат учун: +998998020088

Рўйхатдан ўтиш учун: Ro‘yxatdan oʻtish uchun link

@Zakotim @MFaktorUz @IslomMoliyasi @ChiroyliMoliya
3.9K views12:11
Ochish/sharhlash
2022-04-01 12:10:19
Assalomu alaykum, qadrli do'stlar

Bugungi Juma ayyomingiz va kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin! Alloh taolo muborak Ramazon oyi ro'zasini to'la-to'kis ado etishimizni, toat-ibodatlarimizni o'zining fazlu karami ila qabul qilib, barchamizga ulug' ajru savoblarga erishishimizni nasib aylasin.

RAMAZON OYI MUBORAK BO'LSIN!

@upliftuz
3.9K views09:10
Ochish/sharhlash