Get Mystery Box with random crypto!

UORREN BAFFET VA CHARLI MUNGER BITKOIN VA KRIPTOVALYUTANI KESK | UPLIFT

UORREN BAFFET VA CHARLI MUNGER BITKOIN VA KRIPTOVALYUTANI KESKIN TANQID QILDI

O'tgan shanba kuni bo'lib o'tgan Berkshire Hathaway aksiyadorlarining yillik yig'ilishida Baffet: "Agar siz menga dunyodagi barcha bitkoinlarga egaligingizni aytsangiz va uni menga $25 dollarga sotib olishni taklif qilsangiz, men uni qabul qilmas edim" deb aytdi. Bitkoinning o'rniga, Baffet ferma yoki turar-joy sotib olish afzalligini aytdi. Shuningdek, bitkoin hech narsaga arzimasligini, ya'ni bitkoin hech narsa ishlab chiqarmasligi va egalari uning uchun o‘zidan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor bo‘lgan boshqa birovga ishonib sotib olishini ta'kidladi. Baffetning uzoq yillik biznes sherigi Munger bitkoinni sotib olish ahmoqlik deb atadi.

Boshqa tomonda esa Ray Dalio, Keti Vud kabi investorlar; Ilon Mask, Piter Tiel kabi texno-tadbirkorlar bitkoin va kriptovalyutalar haqida ijobiy fikrda va sotib olganlarini ma'lum qilgan. Siz bitkoin va kriptovalyutalar haqida qanday fikrdasiz?

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website