Get Mystery Box with random crypto!

​​​​KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI? (1-qism) Hozirda kriptova | UPLIFT

​​​​KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI? (1-qism)

Hozirda kriptovalyutalarga qiziqish tobora kuchayib bormoqda va ularni chiqarayotgan hamda sotib olayotganlar soni ham ortib bormoqda. Yurtdoshlarimiz orasida ham kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug'ullanayotgan yoki shug'ullanmoqchi bo'lganlar soni ko'paymoqda. Ushbu postlar ketma-ketligida kriptovalyutalarni oldi-sotdi qilish halolligi haqida ustoz ulamolarimizning fatvo va tavsiyalarini keltirishni maqsad qildik. Dastlab, kriptovalyutaning o'zi nima ekanligi haqida qisqacha to'xtalib o'tsak.

Kriptovalyuta (crypto-currency, crypto, coin) - kriptografiya bilan himoyalangan, markazlashmagan kompyuterlar tarmog'ida ishlovchi, raqamli yoki virtual valyuta. Kriptovalyutaning o'ziga xos xususiyati shundaki, u hukumat yoki bank kabi biror markaziy tashkilot tomonidan tartibga solinmaydi va uchinchi tomonning aralashuvi mavjud emas. Hozirda kriptovalyutalarning savdosi joiz yoki joiz emasligi bo'yicha islom ulamolarida turli qarashlar bor. Ayrim manbalarda, kriptovalyutalarni (xususan, bitkoinni) halol deb chiqarilgan fatvolarga duch kelishingiz mumkin. Kriptovalyuta savdosi bilan shug'ullanishdan oldin, albatta, har bir musulmon kishi bu faoliyatni o'rganishi, ustozlarning fikrlarini inobatga olishi, va mulohaza qilib ko'rishi zarur deb hisoblaymiz. Biz ustoz deb bilgan va ularning fatvo, tavsiyalariga amal qiladigan olim va mutaxassislarning fikrlarini quyida siz bilan bo'lishmoqchimiz.

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website