Get Mystery Box with random crypto!

YOSHLAR MADHIYASI. Oq yo’rgakka o’ragansan o’zing bizni Oq yuv | UMRBOQIY HAQIQATLAR

YOSHLAR MADHIYASI.
Oq yo’rgakka o’ragansan o’zing bizni
Oq yuvib oq taragansan o’zing bizni
Beshigimiz uzra bedor onam bo’lib
Kunimizga yaragaysan o’zing bizni
Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston
Qalqoning bor kim qast qilsa gar joningga
Alpomishlar ruhi yor har o’g’loningga
Asragaymiz giyohing ham gulday o’pib
Yovlar yaqin yo’lolmagay qo’rg’oningga
Adoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston
Tuzing totib unutganlar xor bo’ladi
Ko’zlariga ikki dunyo tor bo’ladi.
Shodon daming ko’rolmagan yurtfurushlar
Bir bir kaft tuprog’ingga zor bo’ladi.
Yoningda turgaymiz seni O’zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston