Get Mystery Box with random crypto!

Umar Xayyom

Telegram kanalining logotibi umar_xayyom1 — Umar Xayyom U
Telegram kanalining logotibi umar_xayyom1 — Umar Xayyom
Kanal manzili: @umar_xayyom1
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.99K
Kanalning ta’rifi

Biri lovullagan, birovi o‘chgan...
Menga o‘chmoqning ham azobi ko‘chgan.
Ko‘nglimda borliqdan ziyod koinot,
Bir “oh”im hayotdir, bir “oh”im - barbod.
Dahshati, mendamas ko‘nglimning izmi…
Men shunday yozaman… Angladingizmi?
Murojaat: @Bulyax

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 07:27:47
Post kommunistik mamlakatlarda jadal rivojlanishga urunish bilan bir qatorda, ta'lim sifatining pastligi va ahamiyatsizligi(ko'p sohalarda) { ortiqcha ta'lim } jiddiy muammoga olib keldi. Bitiruvchilar oliy ta'lim shart bo'lmagan sohalarda ishlayapdi. Bu kabi bituruvchilarning ko'pi o'qishni tugatgandan keyin ham yillar mobaynida, past malakali ishlarda qolib ketyapdi.

@Umar_Xayyom1
685 viewsedited  04:27
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:44:18
Qayerdadir sen uchun tayyorlab qoʻyilgan yer boʻlagi bor...
Yuvilasan, kafanga oʻralasan va dafn qilinasan...
Yaqinlari tomonidan tashlab ketilgan, insonlar tomonidan unutilgan holga kelasan...

Oʻsha kun, barcha narsalaringni nihoyasi kelgan kun boʻladi...
Umringni, pulingni, obro va e’tiboringni karyerangni, kuchingni, gʻururingni yoʻqotasan va suyanadigan narsang faqat, yaxshi amallaring boʻladi...
Agar ular senda bor boʻlsa...
1.2K views17:44
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:54:49
Ishq erkakka yarashar, ayol zotan Ishqdir...

Rumiy
1.0K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:06:49 AYOLNI URMANG!

Bu yerda chiroyli so‘zlar, hadislardan namunalar bo‘lishi mumkin edi. Mushohadaga chorlovchi sarlavha ham. Unday qilmadim, chunki necha oylardan beri “yozmayman, bu mavzuga aralashmayman” deganim sari bu mavzu juda ham ko‘p qarshimdan chiqyapti: kaltaklanayotgan ayollar… (Bu haqda yozish bir necha yillik ruhiy jarohatlarimni tirnashi mumkinligi uchun ham yozmay yurgandim. Ammo ana shu og‘riqlar ichra nimadir yozmasam bo‘lmasligini tushundim.)
Biz kaltaklangan, tahqirlangan, farzandining najasi yedirilgan, zo‘rlangan… hatto o‘ldirilgan, ha-ha, eri tomonidan o‘ldirilgan ayollar haqida ham bemalol, bir tukimiz o‘zgarmay fikr aytiladigan, bu xo‘rlik va vahshiylikka ayolning qaysi aybi sabab bo‘lgani muhokama qilinadigan jamiyatda yashayapmiz. Biz “ayolni urmaslik kerak” degan odamga dushmanona qaraladigan, benomusdan olib, feministga solinadigan jamiyatda yashayapmiz.
Odamlar kimnidir muhokama qilayotganda o‘zini qanday his qilarkina? Farishta debmi, avliyo debmi? Birovlarni xuddi o‘zida zarracha ayb yo‘qdek muhokama qilishadi. “Ayol eriga gap qaytarsa, urish mumkin”, “Ayol qaynonadan alohida yashaymiz desa, qaynonaning oldida tahqirlash mumkin”, “Ayol befarosat bo‘lsa, videoga olib sharmanda qilish mumkin”, “Ayol xiyonat qilsa, o‘ldirish shart!” Zamondoshlarimizning fikri bular! Dahshat! Xiyonat haqida yozmoqchi emasman. Barchasiga kifoya qiluvchi, hisob-kitobini to‘g‘rilab, har ishning jazosini ham, mukofotini ham beruvchi Zot bor.
Men erkak tomonidan kaltaklanayotgan, qatl qilinayotgan ojiza xilqatning taqdirini o‘ylayapman. Kelajakni o‘ylab, qizimning, shu millat qizlarining taqdirini o‘ylab tashvishga tushyapman. Jamiyatda ayolni urish mumkin degan fikr shakllangan. Hatto o‘ldirilgan ayolning ham nima uchun eri o‘ldirganini surishtirishadi. Qani ayting-chi, ayolni qaysi aybi uchun o‘ldirish kerak? Umuman, banda bandaning jonini olishi qaysi dinda va qaysi millatda, qaysi urf-odatda mumkin? Kuchlilarning ojizlarga zulm qilishi qayerda yoqlanadi?
Sabab muhim emas, muhimi natija: ayol kaltaklandi va o‘ldirildi! Qaysi jamiyatda ayol kaltaklansa, u jamiyatda botir yigitlar, ma’suma qizlar yetishib chiqmaydi. Chunki alamzada ayol alamini ichiga yutib farzandini qornida ko‘taradi, alamini ichiga yutib, zo‘rg‘a chidab unga sut beradi. Asablar, alamlar, tahqirlarni yutgan farzandlar kim bo‘lib yetishadi? Zo‘ravon erkak, javraqi ayol. Inson tasavvurida erkak va ayol modeli dastlab oilada ota-ona misolida shakllanishi ko‘plab ilmiy kitoblarda tasdiqlangan. Oilada onasining tahqirlanganini, kaltaklanganini, yuz-ko‘zi ko‘karganini ko‘rib ulg‘aygan o‘g‘il farzand ongida “ayolni urish mumkin” degan fikr shakllanadi va kelajakda u ham onasining azoblarini qaysidir sho‘ring qurg‘urga qaytaradi. Bunday oilada katta bo‘lgan qiz esa erkaklarga nisbatan qo‘rquv, nafrat bilan ulg‘ayadi. Erta bir kun turmushga chiqqanda ham eriga mehr bera olmaydi va yana qarabsizki, kaltak yeydi…
Ayolni urish mumkin, o‘ldirish mumkin degan fikrni o‘zgartirmasak, bizni juda ham ayanchli kelajak kutib oladi. Ayoli xo‘rlangan jamiyat – tamom bo‘lgan jamiyat. Unda muhabbatga, go‘zallikka, ezgulikka o‘rin yo‘q. Bu maqolani o‘qiyapsizmi, demak, sizning ham opangiz, singlingiz, qizingiz bordir. Yo‘q bo‘lsa, onangiz bordir… Nahotki, ularni urish mumkin?!

Sitorabonu Shomurodova,
o‘qituvchi
Facebookdan olindi
1.1K viewsedited  03:06
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:24:57 Ladynsax — Ameno
1.0K views17:24
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:47:03
Ишқ, сендадир энг сўнгги нажот,
Узат, тоза дастингни узат —
Сен йўқ жойда ғарибдир ҳаёт,
Сен йўқ жойда кишандир узлат.

Усмон Азим
1.1K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:39:14
- Yig’layapsanmi? -deyishdi.
- Ko’zyoshini bilmagan, insoniyligini izlasin.-dedim.
- Yig’lash ayollar ishi -deyishdi.
- Yig’lash hammaning ishi.Illo ayollarning yoshi ko’proq ko’zidan keladi,erkaklarning yoshi doim qalbidan chiqadi,-dedim..

Abu Lays Zahroniy
989 views16:39
Ochish/sharhlash
2022-08-27 06:30:02
#iqtibos

Виждонсиз матбуот беринг ва мен сизга онги йўқ миллат яратиб бераман.

Йозеф Геббельс
1.1K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-08-27 06:20:32
Ogʻirligim tushadi deb tortingan joyingga oid emassan.
Oʻzingni cheklashga majbur boʻlgan joyingga oid emassan.
Dardingni aytolmagan joyingga oid emassan.
Seni tushunishmagan joyingga oid emassan.
Oʻzingni boringcha his qilmagan joyingga oid emassan.
Gʻurbating, asirliging, yolgʻizliging va gʻamginliging shu sababdan...

- Umida Aziz
1.0K views03:20
Ochish/sharhlash
2022-08-27 06:19:00
Sukut saqlashning yetti foydasi

1. Sukut - hech qanday harakatsiz ibodat
2. Sukut - taqinchoqsiz ziynat
3. Sukut - saltanatsiz haybat
4. Sukut - devorsiz qo‘rg‘on
5. Sukut - biror kimsadan uzr so‘rashga hojat yo‘q
6. Sukut - ikki yelkadagi farishtalarga istirohat
7. Sukut - johillarning aybini yashiradigan to‘siq.
983 views03:19
Ochish/sharhlash