Get Mystery Box with random crypto!

Umar Xayyom

Telegram kanalining logotibi umar_xayyom1 — Umar Xayyom U
Telegram kanalining logotibi umar_xayyom1 — Umar Xayyom
Kanal manzili: @umar_xayyom1
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.99K
Kanalning ta’rifi

Biri lovullagan, birovi o‘chgan...
Menga o‘chmoqning ham azobi ko‘chgan.
Ko‘nglimda borliqdan ziyod koinot,
Bir “oh”im hayotdir, bir “oh”im - barbod.
Dahshati, mendamas ko‘nglimning izmi…
Men shunday yozaman… Angladingizmi?
Murojaat: @Bulyax

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-26 17:54:30
#

Shunday insonni topginki, oʻzing uni telbalarcha seva oladigan va shu bilan birga u ham seni, xuddi oʻzingga oʻxshab seva olsin.
1.0K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:53:46
#

Qalbimning zulmat bosgan qaysidir burchagida ojiz, ammo ishonchli bir nur yilt etdi.
"Onang-chi, onang hech qachon xiyonat qildimi senga ?! Biron marta, aqalli bir marta xiyonat qildimi ?!
Har kim, har kimning ko'ziga cho'p solishi mumkin. Har kim, har kimga xiyonat qilishi mumkin.
Faqat, ona o'z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundadir..

Oʻtkir Hoshimov
Dunyoning ishlari
943 views14:53
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:13:07
Hech kim bilan shunchaki tanishib qolmaymiz. Yo hayotimizni o‘zgartirishadi, yo hayotlarini o‘zgartiramiz.

@Umar_Xayyom1
526 views15:13
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:12:48
garchi izhor etmayman yonib,
garchi baxtga qurmayman ham in,
garchi zahar ichmayman qonib,
garchi hamma ko‘ylagim – xudbin.
garchi sensiz ololdim nafas,
garchi mag‘rur ulg‘aydim qadim.
men mehrga aylandim butkul...
tosh deb aytding...
kecha yig‘ladim...
516 views15:12
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:12:38
УНУТИШ

Унут баҳорларни, қишларни унут,
Унут осмонларнинг зангор кўйлагин.
Юлдузларни унут, қушларни унут,
Уларни кўрмадим дея ўйлагин.

Дунёда жамики мавжуд нарсани,
Яралмаган дегин, йўқ деб бил, эркам.
Ҳайратга солурсан шунда барчани,
Шунда унутарсан балки мени ҳам

Абдулла Орипов

@Umar_Xayyom1
491 viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:11:19
***

Kechiring baxt, sevgi, quvonchni... meni.

Soʻng mendan boshqasin boshdan kechiring.

@Umar_Xayyom1
495 viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:01:31 Kanalimizni juda ko'p aqlli insonlar o'qishadi. Sizdan maslahat olmoqchiman. Oddiy qiziquvchi uchun ilmiy, ham tushunarli tilda yozilgan, sizga juda yoqqan kitoblarni shu yerga tashlab yuboringlar please
518 viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 06:53:14
Sening eplay olmasligingni aytayotganlar, o‘z imkoniyat chegaralaridan kelib chiqyaptilar, senikidan emas.

Ayman Yog‘iy
808 views03:53
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:44:03
Dunyo uchun sening orzu umidlaring ahamiyatsiz. Unga sening natijalaring kerak.

@Umar_Xayyom1
921 views15:44
Ochish/sharhlash
2022-07-06 05:58:03 Kamon otish darsida ustozi o‘z o‘quvchisini o‘q uzishga o‘rgatayotgan edi...

O‘quvchi kamonni va ikkita o‘qni olib, mashq bajarishga shaylandi. Biroq, ustoz uning oldiga borib, undan o‘qning birini olib qo‘ydi.
– Nima uchun ikkinchi o‘qimni olib qo‘ydingiz? – so‘radi o‘quvchi.
– Men sendan ikkinchi o‘qingnimas, birinchi o‘qingni olib qo‘ydim. Chunki, birinchi o‘qing baribir nishonga tegmas edi.
– Ammo nima uchun?... – hayrat bilan so‘radi o‘quvchi.
– Chunki, o‘q uzayotganda sen zahirada yana bitta urinish borligini anglab turgan bo‘lar eding. Mana shu xotirjamlik insonning eng katta dushmanidir! – dedi ustoz...

@Umar_Xayyom1
1.1K views02:58
Ochish/sharhlash