Get Mystery Box with random crypto!

#Fraksiya_tashabbusi Cheklash emas, tenglik zarur Parlamentd | Ulug‘bek Inoyatov

#Fraksiya_tashabbusi

Cheklash emas, tenglik zarur

Parlamentdagi fraksiyamizning yana bir qonunchilik tashabbusi qo‘llab-quvvatlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham fuqarolarni ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishni taqiqlash, shuningdek, mehnat huquqlarini ishonchli himoya qilish va mehnat munosabatlarida qo‘shimcha kafolatlar yaratish maqsadlarini nazarda tutadi.

Mazkur loyiha O‘zXDP fraksiyasining qonunchilik tashabbusi bo‘lib, unga ko‘ra, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz asosida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunga va Mehnat kodeksiga qo‘shimcha hamda o‘zgartirishlar kiritilmoqda...

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasi «qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishidagi va uni o‘tashdagi huquqlari cheklanishi uchun asos bo‘lishi mumkin emas», degan jumlalar bilan to‘ldirilmoqda.

Mehnat kodeksining 4-moddasi ikkinchi qismiga «ijtimoiy kelib chiqishi» degan so‘zlardan keyin «qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi» degan so‘zlar kiritilyapti.

Majlisda deputatlar ushbu qonun loyihasining zaruratiga alohida e’tibor qaratib, unda nazarda tutilayotgan ayrim normalar bo‘yicha o‘z takliflarini, fikr-mulohazalarini bildirdi...

Telegram | Facebook | Instagram