Get Mystery Box with random crypto!

#Live    Ayni daqiqalarda parlament quyi palatasida O‘zXDP f | Ulug‘bek Inoyatov

#Live

   Ayni daqiqalarda parlament quyi palatasida O‘zXDP fraksiyasi tashabbusi asosida “Hukumat soati” o‘tyapti.

Unda deputatlar “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihonlarni “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qilishmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov javob beryapti.

“Hukumat soati” Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram