Get Mystery Box with random crypto!

UFQ

Telegram kanalining logotibi ufq_horizon — UFQ U
Telegram kanalining logotibi ufq_horizon — UFQ
Kanal manzili: @ufq_horizon
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.88K
Kanalning ta’rifi

Qadimgi olimlarning asarlarini o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilishni qasd qilgan yoshlar jamoasi.
Qo‘llab-quvvatlash uchun:
9860010107184797
ODILXON ORIFJONOV
Hamkor: @tafakkur_chizgilari
Murojaat: @ufquchunbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-02-06 13:45:39 ​​Arabiston janubidagi kind qabilasi vakili Abu Yusuf ibn Is'hoq al-Kindiy 796-yilda Kufa shahrida tavallud topgan, Basrada voyaga yetgan va o‘sha yerda boshlang'ich ta'lim olgan. Uning otasi Basra voliysi (hokimi) bo'lgan. Keyinchalik Kindiy Bag'dodga ko'chib o'tgan, Abbosiy xalifalar Ma'mun va Mu'tasim uni hurmat qilishgan va homiysi bo'lishgan. Mu'tasimning o'g'li shahzoda Ahmad Kindiyning do'sti, vali'nemati edi. Faylasuf unga ko'p risolalarini bag'ishlagan. Lekin xalifa Mutavakkil (847-861) davriga kelib Kindiy va uning mo'taziliy do'stlari quvg'inga uchraydilar (ya'ni saroydan quvg'inga uchraydilar). Kindiy 873-yilda Bag'dod shahrida yolg'izlikda vafot etadi.

Bag'dodda Kindiy yunon matnlarini arabchaga o'girish harakatiga qiziqib ketadi. Zodagon Kindiy tarjimalarni o'zi o'girmagan, balki bu uchun ko'plab nasroniy yordamchilardan foydalangan, asosan ularning tishi o'tmaydigan arabcha atamalarni tahrirlash bilan shug'ullangan. Abdulmasih Ximsiy Aristotelga nisbat beriladigan "Teologiya" (Ilohiyot) asarini Kindiy uchun tarjima qilib bergan va bu kitob Kindiyning fikrlashiga jiddiy ta'sir o'tkazgan. Yevstafiy Kindiy uchun Ptolomey "Geografiya"sini o'girib bergan. Ibn Nadimning "Fixrist" kitobida al-Kindiyga tegishli 260 dan ziyod asarlar nomini keltiradi, afsuski ularning aksariyati bugungi kunga qadar yetib kelmagan.

Kindiy mo'taziliylar bilan yaqin do'st bo'lsa-da, ularning davrasiga mansub bo'lmagan, uning maqsadlari kalom ahli maqsadidan farq qilgan. Kindiy falsafiy izlanishlar bilan nubuvvat Vahiysi mos kelishiga e'tibor bergan. Kindiy dunyoning hech narsadan paydo bo'lishi, insonlarning qayta tirilishi va nubuvvat kabi fikrlar ratsional yondashuvdan chetga chiqmaydi va u orqali bu nazariyalarni tasdiqlab bo'lmaydi, deb hisoblaydi.
Shu sababdan u ilmni ilmi insoniy (mantiq, falsafa va hk.) va ilmi ilohiy (faqat Payg'ambarlargina biladigan)ga ajratadi. Va bu ilmlar bir-biriga qarshi chiqmaydi, balki bir-birini to'ldiradi, deb hisoblaydi.

(Anri Korben, "История Исламской философии")

Telegram | Facebook
2.5K viewsedited  10:45
Ochish/sharhlash
2022-02-02 14:00:48 ​​Al-Kindiyning tabiblarga tavsiyalari

Al-Kindiy noyob zakovatli inson bo‘lib, uning tibbiyot faniga oid yigirmadan ortiq asarlari mavjud. Uning turli fanlarga bag‘ishlangan yuzlab kitoblari boʻlgan, ularning barchasi Arastu kitoblariga sharhlar, izohlar, raddiyalar boʻlib, shuning uchun ham al-Kindiyni "Arablar faylasufi" deb atashgan.

Al-Kindiyning tabobat boʻyicha bilimlari shifokorlarga bergan maslahatlarida juda aniq koʻrinadi. U aytadi: "Tabib Allohdan qo'rqishi va turli xatarli ishlarga qoʻl urmasligi darkor, boy berilgan hayot uchun tovon toʻlab boʻlmas".

U yana shunday deydi:
“Dono odam hamisha oʻzining ilmidan koʻp ilm borligini anglamog‘i kerak, shuning uchun u kamtar bo‘lishi darkor, johillar ilmning oxiriga yetdim, deb o‘ylaydilar va shu boisdan ularni hamma yomon koʻradi”.

Bu nasihat al-Kindiyning kamtarlik fazilatini namoyon etadi. Kindiy aytadiki: "Tabib bemorga nisbatan takabburlik qilmasligi va Alloh taoloning unga bergan ne'matiga shukr qilmogʻi kerak".

Manba: Islom tamaddunida tibbiyot. Dr. Rag'eb el-Serjaniy

Telegram | Facebook
2.2K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-02-01 15:55:24 ​​Al-Kindiy va kriptografiya

Kripto-analizning paydo bo‘lishi uchun uchta muhim fan, yaʼni tilshunoslik, statistika va matematika bo‘yicha jamiyat yuqori rivojlanish darajasiga erishshi zarur edi. Al-Kindiy yunon yoki rim manbalaridan olingan shifrlar va shifrlangan xabarlar, shuningdek, o‘sha paytda qo‘llanilgan kriptografik usullar ustida ishlarkan, "Shifrlangan xabarlarni ochish bo‘yicha qo‘lyozma" deb nomlangan katta risolasining ikki jumlasida kripto-analizni tasvirlab bera oldi:

“Shifrlangan xabarni ochishning usuli, bir varaqni to‘lgunicha bir xil tildagi boshqa ochiq matnni topish va keyin har bir harfning takrorini sanab chiqishdir. Biz eng ko‘p uchraydigan harfni “birinchi”, keyingi eng ko‘p uchraydigan harfni “ikkinchi” qilib olamiz, keyingi eng ko‘p uchraydigan “uchinchi” va hokazo, xullas, biz aniq matndagi barcha betakror harflarni hisoblab chiqishimiz kerak bo‘ladi.

Keyin biz ochmoqchi bo‘lgan shifrlangan matnni ko‘rib chiqamiz va uning belgilarini ham shunday tasniflaymiz. Biz eng ko‘p uchraydigan belgini topamiz va uni ochiq matn namunasining “birinchi” harfiga o‘zgartiramiz, keyingi eng ko‘p uchraydigan belgi “ikkinchi” harf shakliga o‘zgartiriladi va hokazo, bu jarayon biz ochmoqchi bo‘lgan xabarning barcha belgilarni hisoblab chiqqunimizga qadar davom etadi
".

Al-Kindiy texnikasi chastota tahlili sifatida tanildi, bu oddiy matnda maʼlum bir tildagi harflarning foizini hisoblash, shifrdagi harflar foizini hisoblash va keyin teng foizga ega bo‘lgan harflar uchun belgilarni almashtirishni nazarda tutadi.

Kriptografiya bugungi kunda muhim fan hisoblanadi, xoh u razvedka maʼlumotlaridan foydalanish yoki hayot uchun bo‘lsin. Kripto-tahlilning rivojlanishi kriptografiya fanining rivojlanishiga sabab bo‘ldi; bu insoniyatning eng katta yutuqlari bo‘lgan "Kompyuterlar, Internet va raqamli dunyo"ning rivojlanishiga yo‘l ochdi.

Muhammad Dovud tarjimasi.

Manba

Telegram | Facebook
2.1K views12:55
Ochish/sharhlash
2022-01-31 12:32:51 Loyiha doirasida keyingi o‘rganadiganimiz shaxsiyat — Al-Kindiydir.

​​Abu Yusuf Yoqub al-Kindiy

Kindiy (801-873) mashhur faylasuf bo‘lib, matematika, astronomiya, metafizika, mantiq, etika, kriptografiya, tibbiyot, meteorologiya, optika bo‘yicha ko‘plab risolalar muallifi hisoblanadi. Xalifalar Ma'mun va Mu'tasim davrida Bag‘doddagi Bayt ul-hikmada faoliyat yuritgan.

Falsafa sohasida Al-Kindiy musulmon olamida Aristotelning falsafiy asarlariga murojaat qilgan ilk olim hisoblanadi. Ba'zi farazlarga ko‘ra, al-Kindiyning tarjimalari, iste'molga kiritgan yunon-rum falsafasiga mos keladigan arabiy istilohlari, sharhlari bo‘lmaganida Farobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy kabi olimlarning asarlari yaratilmasligi mumkin edi.

U "Aristotel asarlarining tahlili", "Besh modda haqida", "Paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishning eng katta sabablari" kabi falsafiy kitoblarni yozgan. Shunday qilib, al-Kindiy musulmon olamida falsafa ilmining rivojlanishiga sabab bo‘lgan olim hisoblanadi.

Matematika va astronomiya sohasida Al-Kindiy "Hind hisobini amalda qo‘llash", "Raqamlar garmoniyasi haqida", "Raqam nuqtai-nazaridan birlik", "Kriptografik xabarlarni ochish", "Tog‘ cho‘qqisigacha bo‘lgan masofani aniqlash", "Quyosh soatlarini qurish", "Usturlobni geometrik uslubda qurish", "Armillyar sfera haqida", "Oygacha bo‘lgan masofani aniqlash", "Osmondagi hodisalar haqida", "Sayyoralarning harakati haqida" kabi kitoblarni yozgan.

Tabiiy fanlar sohasida esa "Nurlar haqida", "Yondiradigan ko‘zgular haqida", "Osmonning rangi nega ko‘kligi haqida", "Suv toshqinlarining sababi haqida", "Qor, qirov, momaqaldiroq, chaqmoq sabablari haqida", "Yomg‘ir, do‘l va shamol haqida", "Qilich va temirning turfa xillari haqida", "Farmokopeya haqida", "Kitob al-taraffuq fil-itr" kitoblari muallifidir. "Kitob al-taraffuq fil-itr" kitobida 100 dan ortiq xushbo‘y yog‘, balzam va suvlarning turini keltirgan. Shuningdek 107 ta atir ishlab chiqarish retseptini sharhlagan.

Uning optika ilmidagi asarlarini buyuk olim Rojer Bekon Ptolomeydan so‘ng ikkinchi o‘ringa qo‘yadi.

Ibn Nadimga ko‘ra, al-Kindiy kamida 260 ta kitob yozgan bo‘lib, ulardan 32 tasi geometriyaga, 22 tasi falsafaga, 22 tasi tibbiyotga, 9 tasi mantiqqa, 12 tasi fizikaga bag‘ishlangan.

Odilxon Orifjonov tayyorladi

Telegram | Facebook
1.8K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2022-01-31 11:29:59
Ibn Xaldun olamiga sayohat

Qadrli do‘stlar, sizlar bilan shu paytga qadar mutafakkir Ibn Xaldunning ilmiy faoliyatini o‘rgandik. U yashagan olamni anglashga, uning fikr ufqlariga sayohat qilishga harakat qildik. Ushbu buyuk olimning naqadar teran fikrli bo‘lganligini, bugungi kunda ham uning fikrlari dolzarb ekanini ko‘rsatishga urindik.

Oldinda bu mutafakkirni o‘rgangan tadqiqotchi bilan suhbat hamda Muqaddima asari tarjimasi turibdi.

Alloh Abdurahmon Ibn Xaldunni rahmat qilsin! U kishining ilmiy merosini mukammal o‘rganishimizga kuch-quvvat ato etsin! U kishining ilmlari ortidan qilgan va qiladigan arzimas izlanishlarimizni ummat uchun xayrli qilsin! Omin!

Telegram | Facebook
1.6K views08:29
Ochish/sharhlash
2022-01-31 10:08:46 ​​Ibn Xaldun...

Tarix, madaniyat, jamiyat, sivilizatsiya va siyosiy qudrat borasida har qanday musulmon mutafakkiridan ko'ra ko'p va xo‘p yozgan islom ma'rifiy olamining eng buyuk daholaridan biri...

Bugungi kunda avlodlari tomonidan yuzsizlarcha unutilgan insoniyat tarixining me'mori, buyuk aql egasi...

AbdurRahmon ibn Muhammad Ibn Xaldun (1332-1406) oʻzining “Muqaddima” asari bilan tarixda qoldi. O'zi mansub boʻlgan Shimoliy Afrika jamiyatlarini chuqur kuzatishlari uni umuminsoniy tarix va jahon sivilizatsiyasining gʻaroyib tushunchalarini ishlab chiqishga olib keldi.

Ba'zilar uni jamiyatshunoslik fanining asoschisi deb hisoblashadi. Tarixchilar uning buyuk davlatlarning yuksalishi va qulashi haqidagi dono fikrlariga tahsinlar oʻqiydilar.

Marksistlar uni iqtisodiy kuchlarning shaxsiy munosabatlar va ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdagi oʻrni haqidagi oʻta teran fikrlari uchun madh etadilar.

Usmonli davlat arboblari va tarixchilari imperiyaning asrlar davomidagi yutuq va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini topish uchun uning “asobiyya” tushunchasini tadqiq qildilar.

Ba'zilar uni o‘rta asrlarning eng buyuk faylasufi deb bilishadi. U hamon katta qiziqish uyg'otadigan va unga qaysi tomondan yondashishingizdan qat'i nazar, doim ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiyat boʻlib qolmoqda.

Ibn Xaldun jamiyatning moddiy va ma’naviy farovonligining kaliti hamjihatlik va uyushishda yotishini aytadi. Insonlar o‘z nasl-nasabini asrab-avaylash, asosiy ehtiyojlarini qondirish va “madaniyatli” bo‘lish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun birga yashashga majbur bo‘lgan “siyosiy mavjudot”dir.

Ibn Xaldun insonlarni birlikka undaydi, ayirmachilik, millatchilik, urugʻ-aymoqchilikni qattiq qoralaydi. Uning ijtimoiy hamjihatlik tushunchasi Qurʼoni Karimning "Anfol" surasi, 46-oyatida ochiq bayon etilgan:

"Allohga va Rasuliga itoat qilingiz va nizolashmangiz, aks holda sustlashib ketursiz va bo'yingiz (obro'yingiz) ketib qolur. Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir."

Bugun turli fitna-yu fasodlar sabab, turli boʻlaklarga boʻlingan bu jamiyatimiz yetti asr muqaddam yashab oʻtgan buyuk mutafakkirning biz ajdodlarga qoldirgan xabaridan ogoh boʻlib, xulosa qilishi darkor.

Muhammad Dovud Asadov

Telegram | Facebook
1.7K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-01-30 18:10:04 ​​Shu ham borki: o‘tkinchi neʼmatlarni qo‘ldan ketishidan, zotan bo‘lmaydigan narsalarni yo‘qligidan kuyunib xafa bo‘lgan kimsani bu qayg‘ulari bitmas. Chunki u hayotining har sahifasida sevgan bir narsani yo‘qotmoqda. Umid qilgan bir narsasidan mahrum bo‘lmoqda.

Al Kindiy - Qayg‘udan qutulish yo‘llari kitobidan

P.s:
Insoniyat negadir doim o‘tmishda bo‘lib o‘tgan noxush hodisadan yoki omadsiz kunlaridan nolib o‘tadi. Axir bu o‘tmishda qolib ketiku, nega hadeb bularni o‘ylayveramiz?

Lekin shunga eʼtibor bermaydiki o‘sha o‘tmishni eslab qayg‘ulanayotgan vaqtida u hozirgi damlarini ham yo‘qotmoqda. Hozirgi damlari qadrini his qilmayapti. O‘tmishdagi xatolarini qancha o‘ylamasin endi kech tuzatib bo‘lmas. Lekin kelajakdagi xatolarini oldini olishi mumkin. O‘tmishdagi xatolardan xulosa chiqargan holda.

Qayg‘udagi odamni ko‘zlari ko‘r bo‘ladi. Oldidagi neʼmatlarni qadriga yetmaydi. Yo‘q narsani deb shuncha vaqtini, asablarini isrof qiladida, ammo oldidagi imkoniyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Yaqinlarini ko‘nglini xira qiladi. Kelajakda yaxshi bo‘lishiga umid qoldirmaydi.

Bobur Xamidov tayyorladi

Telegram | Facebook
2.0K views15:10
Ochish/sharhlash
2022-01-29 19:21:02 ​​Yaxshi ekologik toza shaharni bunyod etishning yana bir sharti — bu shaharlarning joylashuvidir.
Ibn Xaldun aytadiki:


"Shaharlarni iqlim keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan zararlardan himoya qilish hamda kasalliklardan holi qilish uchun shahar (joylashgan) joyning havosi yaxshi bo'lishi kerak.
Havo turg'un bo'lsa va yoki iflos suvli hovuzlar, botqoqlarga yaqin bo'lsa, u yerdagi barcha tirik mavjudotlar tezda kasallikka chalinishi muqarrar. Bu haqiqat to'g'ridan-to'g'ri kuzatuvlar orqali tasdiqlangan, toza havoga e'tibor berilmaydigan shaharlar tabiiyki, ko'p kasalliklarga duchor bo'ladilar."

To'liq toza suv va toza havoga ega bo'lgan joy shaharni zararlardan panada bo'lishini ta'minlaydi. Bu suv, havo, yer va yashil muhit kabi tabiiy resurslarni samarali boshqarishga to‘g‘ri keladi. Toza suvning ahamiyatini Ibn Xaldun aniq ta'kidlagan:

"Shaharlarda qulayliklar va foydali narsalar bo'lishi uchun bir qancha masalalarga e'tibor qaratish kerak. Bu yerda suv muammosi bor. Shahar joylashadigan joy daryo bo'yida yoki chuchuk suvi ko'p bo'lgan buloqlar bor joyda bo'lishi kerak. Hudud yaqinida suv bo'lishi aholi uchun suv muammosini osonlashtiradi, bu esa muhimdir."

Nilufar Nurmurodova tarjimasi

Telegram | Facebook
1.9K viewsedited  16:21
Ochish/sharhlash
2022-01-29 16:42:29 ​​Ibn Xaldun shaharlar va ularni rejalashtirish haqida

Avvalgi qism

Ibn Xaldun o’z “Muqaddima” sida shaharni rejalashtirishdagi asosiy tamoyillarni, ya’ni shahar xavfsizligini ta’minlash uchun to’g’ri joy tanlashning geografik ahamiyati, shuningdek, yashash uchun birlamchi zaruriyatlarning: uy-joy, toza havo va suv ta’minoti mavjudligi, inson faoliyatini qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan ijtimoiy institutlar, xususan, sifatli hayot tarzini kafolotlovchi diniy, ma’muriy, mudofaa va sog’liqni saqlash muassasalari kabilarga alohida urg’u beradi.

Ibn Xaldun yozadiki:

“Shaharlar – xalqlar o’zlari xohlagan hashamat va u bilan birga kelgan narsalarga erishganlarida foydalanadigan turar-joy mavzelaridir. Binobarin, ular tinch-totuvlikni taqozo etadi va unda yashash uchun bir guruh uy-joylar barpo etiladi. (Shaharlar qurishdan) maqsad turar-joy va boshpanaga ega bo‘lishdir. Shu sababdan, kentlarni ularga zararli va xavfli narsalarning kirib kelishidan uzoqda saqlash, [boshqa shaharlardan o’zlashtirilgan, tahr.] foydali shahar binolarini barpo etish va ularda barcha qulayliklarni ta’minlash zarur.” (Muqaddima, Frank Rozental tarjimasi, 1990)

Ko’rinib turibdiki, Ibn Xaldun shaharni rivojlantirishning muhim talabi sifatida uy-joyga urg’u beradi; demak, shaharni rejalashtiruvchilarning muhim vazifalaridan biri uning aholisini sifatli uy-joy bilan ta’minlashdir. Albatta, bu biz yuqorida aytib o’tgan shaharni inson manfaatlariga moslashtirish to’g’risidagi konsepsiyaga juda mos keladi, unga ko’ra, turar-joy egaligi odamlarning asosiy huquqlaridan hisoblanadi. Ibn Xaldun, shuningdek, shaharni himoya devori ichida joylashtirish orqali shaharni xavfsiz holatga keltirish borasida o’z qarashlarini bildiradi. Shaharni rejalashtirishning zamonaviy holatida buni amalga oshirish mumkin bo’lmasa-da, shaharda xavfsizlik masalasini ta’minlash doim hamma uchun tashvish bo’lib kelgan. Shaharlar kattalashgani sayin, ular yanada xavfliroq bo’lib bormoqda. Insoniyat rivojlangan sari, xavfsizlik tushunchasi jinoyatlar va dushmanga qarshi turish ta’rifi bilan chegaralanib qolmaydi, balki atrof-muhit, sog’liq va ruhiy farovonlikni ham o’z ichiga oladi.

Asliddin Ochilov tarjimasi

Manba

@ufq_horizon
1.7K viewsedited  13:42
Ochish/sharhlash
2022-01-29 08:43:34 Kuni kecha Ibn Xaldunning "Muqadimma" asari asosida, xususan, Asobiyya va Liderlik masalalari yuzasidan ilk podkastimiz bo'lib o'tdi. Suhbat davomida nafaqat maruza, balki savol-javob va kichik debat ham bo'ldi desak o'rinli bo'ladi.

Suhbat to'liq holada joylanmoqda. Manfaatli bo'ladi degan umiddamiz.

Telegram | Facebook
1.5K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash