Get Mystery Box with random crypto!

​​Yaxshi ekologik toza shaharni bunyod etishning yana bir shar | UFQ

​​Yaxshi ekologik toza shaharni bunyod etishning yana bir sharti — bu shaharlarning joylashuvidir.
Ibn Xaldun aytadiki:


"Shaharlarni iqlim keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan zararlardan himoya qilish hamda kasalliklardan holi qilish uchun shahar (joylashgan) joyning havosi yaxshi bo'lishi kerak.
Havo turg'un bo'lsa va yoki iflos suvli hovuzlar, botqoqlarga yaqin bo'lsa, u yerdagi barcha tirik mavjudotlar tezda kasallikka chalinishi muqarrar. Bu haqiqat to'g'ridan-to'g'ri kuzatuvlar orqali tasdiqlangan, toza havoga e'tibor berilmaydigan shaharlar tabiiyki, ko'p kasalliklarga duchor bo'ladilar."

To'liq toza suv va toza havoga ega bo'lgan joy shaharni zararlardan panada bo'lishini ta'minlaydi. Bu suv, havo, yer va yashil muhit kabi tabiiy resurslarni samarali boshqarishga to‘g‘ri keladi. Toza suvning ahamiyatini Ibn Xaldun aniq ta'kidlagan:

"Shaharlarda qulayliklar va foydali narsalar bo'lishi uchun bir qancha masalalarga e'tibor qaratish kerak. Bu yerda suv muammosi bor. Shahar joylashadigan joy daryo bo'yida yoki chuchuk suvi ko'p bo'lgan buloqlar bor joyda bo'lishi kerak. Hudud yaqinida suv bo'lishi aholi uchun suv muammosini osonlashtiradi, bu esa muhimdir."

Nilufar Nurmurodova tarjimasi

Telegram | Facebook