Get Mystery Box with random crypto!

Uchinchi dunyo🥀

Telegram kanalining logotibi uch1nch1_dunyo — Uchinchi dunyo🥀 U
Telegram kanalining logotibi uch1nch1_dunyo — Uchinchi dunyo🥀
Kanal manzili: @uch1nch1_dunyo
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-05-13 08:35:22
Har narsaning o‘z me'yori bo‘ladi; ko‘p narsalar gapirilmaydi, ko‘ngil bilan his qilinadi):
9 viewsSarvinoz, 05:35
Ochish/sharhlash
2023-05-12 20:19:05
Insonlarni kuzatyapman,
Yaqindan, uzoqdan.
G'alati xotirjamlik bilan,
Hech kimdan xafa bo'lmasdan,
Hech kimni xafa qilmasdan,
Hech kimni ranjitmasdan.
Faqat sukunatni his qilyapman,
Hammasi yaxshi.
His etganim yolg'iz sukunat.
Insonlarni kuzatyapman,
Sokinlashyapman.
Hamma o'ziga tushgan rolni
o'ynayapti.
Kimdir yolg'onni,
Kimdir rostgo'ylikni,
Kimdir hirsni o'ynayapti:
Men endi xotirjamlikni
ijro etyapman.
Kuzatyapman.
Hammasi yaxshi.
Tinchlik
Biroz uzoqlashishda.

O'zgur
11 viewsSarvinoz, 17:19
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:51:19 Kanalimizdan chopilgan she'r kanalimizga chopildi

Judayam chiroyli chiqibdi, ijodingizga omad
15 viewsSarvinoz, 15:51
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:37:25
—Choyning yoniga nimadur istaysizmi?
—Ha, ko'nglimga yaqin bir inson.
16 viewsSarvinoz, 15:37
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:07:50
Tashqarida yomg‘ir yog‘ar,
Ko‘z yoshdan ham og‘ir yog‘ar.
Bu yuraksiz dunyo uzra
Yurak yog‘ar, bag‘ir yog‘ar.
Ayriliqqa ko‘nim yo‘qdir,
Nahot, ishqqa o‘lim yo‘qdir.
Ko‘z yoshingni artmoqlikka
Qo‘lim yo‘qdir,
Ko‘nglim yo‘qdir...
16 viewsSarvinoz, 15:07
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:00:28 Nahotki tushunish shunchalar og'ir
Ozgina hayoti qolgan odamni
15 viewsSarvinoz, edited  15:00
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:59:37
Озгина тушунинг,
Озгина севинг,
Бир сафар озгина жилмайиб қаранг.
Нечун лабларингиз бунчалар ҳам жим,
Асабингиз нега озгина таранг?

Озгина ўйланинг,
Озгина ўйланг,
Озгина ишонинг муҳаббатимга.
Наҳот туйғуларнинг ҳаммаси ўлган,
Наҳотки айланган севги етимга?!

Билсангиз, юрагим озгина оғрир,
Оғритиб қўйгудек бутун оламни.
Наҳотки, тушуниш шунчалар оғир
Озгина ҳаёти қолган одамни…
@uch1nch1_dunyo
16 viewsSarvinoz, 14:59
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:10:04
Исминг - юрагимга урилган ханжар,
Суғуриб олсалар ўламан.
Мен сени шу қадар муҳаббат
ва азоб билан...
жим севаман!
Севаман...
Ўлимни севгандай
Ҳар лаҳза руҳимни пичоқлаб,
Мен мангу яшайман,
гўрда ҳам
Дилимда исмингни
қучоқлаб!..

Зебо Мирзо
15 viewsSarvinoz, 14:10
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:04:58
Dunyo sinov, dunyo siylov, dunyo begʻam,
Sirti sirli, qalbi nurli, hilolli qiz.
Nasib aylab oq umr koʻr va baxting ham
Roʻmolingdek oppoq boʻlsin, roʻmolli qiz.
22 viewsSarvinoz, 05:04
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:00:55
Tushundim,
sabringiz sindi qarsillab,
to'ydingiz qiyofam, chalkash fe'limdan.
Shubhasiz, bag'ringiz kengdir nihoyat,
ammo men bahaybat, beso'naqayman!
19 viewsMohigul Ne'matova, 05:00
Ochish/sharhlash