Get Mystery Box with random crypto!

Тьюторлар фаолияти расмий канали

Telegram kanalining logotibi tyutorminvuz — Тьюторлар фаолияти расмий канали Т
Telegram kanalining logotibi tyutorminvuz — Тьюторлар фаолияти расмий канали
Kanal manzili: @tyutorminvuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 789

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-04-07 19:48:56
TALABALAR UCHUN STIPENDIYA TANLOVIGA START BERILDI

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI — 2023” tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 30-aprelga qadar onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

3 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra gʻoliblar “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovgʻalar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

Batafsil maʼlumot: @registon_stipendiya_bot

TANLOV NIZOMI

Ma’lumot o‘rnida, ushbu stipendiya xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
7.7K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-10-19 11:24:30
Bugun 23:59 da dastlabki 50 nafar finalchi kimligi aniq bo'ladi! Shoshiling, sizda hali imkon bor!

"Til bilimdonlari" tanlovi nizomiga ko'ra, loyihaga eng ko'p do'stlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi to'g'ridan-to'g'ri final bosqichiga o'tishi keltirilgan. Natijalar bugun soat 23:59 da to'xtatiladi va yuqori 50 ta o'rindagilar final bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ladilar.

Umumiy natijalarni ko'rish

Barcha (kamida 5 ta referal yig'gan ishtirokchilar) 20-oktabr kuni soat 08:00 dan boshlab tanlov testlarini @tiluzbot dagi "Test savollarini ishlash" tugmachasini bosib ishlash mumkin. Ishtirokchilarga 5 kun davomida kuniga 30 tadan, jami 150 ta test beriladi va eng ko'p ball jamg'argan 200 nafar ishtirokchi ham finalga chiqadi. Siz finalga testlarni ishlamay ham chiqishingiz mumkin. Buning uchun bugun kechga qadar tanlovga do'stlaringizni taklif qilib, kuchli 50 talikka kirishga ulgurib qoling.

Eslatib o'tamiz, tanlov g'oliblari quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
1-o'rin (1 nafar) – 5 million so'm;
2-o'rin (2 nafar) – 4 million so'm;
3-o'rin (3 nafar) – 3 million so'm;
4-o'rin (4 nafar) – 2 million so'm;
5-o'rin (10 nafar) – 1 million so'm;

Bundan tashqari, tanlov doirasida "Eng faol loyiha targ'ibotchisi" nominatsiyasi ham bo'lib, bunda ishtirok etuvchilar 27-oktabr 23:59 ga qadar tanlovga do'stlarini taklif etish orqali referal yig'ib borishlari mumkin. Tanlov so'ngida eng ko'p referal yiqqan 10 nafar ishtirokchi 1 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

TANLOVDA ISHTIROK ETISH
983 views08:24
Ochish/sharhlash
2022-09-08 19:20:08 Талабаларга етказинглар!
2.1K views16:20
Ochish/sharhlash
2022-09-08 19:19:47
“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon yoki bir talay kitoblar yutib oling!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda "Qamar" kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi.

Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami;

Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan.
Tanlov nizomi bilan tanishish
1.1K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-09-07 14:32:31
#Yangi_2022_2023_óquv_yili

Kompyuter injiniring fakulteti tyutorlari A.Abdimuratova, Z.Rametullaeva, M.Dospanov, S.Xojametovlar yangi 2022-2023 yili darslarini boshlab, talabalar bilan ochiq muloqotlar olib bormoqda.

Unda talabalarning ijara kompensaciya pullarini olish tartibi, chuningdek, yangi qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tanishtirish ishlari olib borildi.

Tyutorlarning talabalar bilan samimiy muloqoti davomida ularni qiziqtirgan va qiynab kelayotgan muommolar haqida so'z bordi. Ayniqsa, talabalarning o'qishi, bilim olishi va yashash sharoitlari bo'yicha bildirilgan fikr va mulohazalari tinglandi.

TATU Nukus filiali matbuot xizmati
2.2K views11:32
Ochish/sharhlash
2022-09-06 19:02:58
Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan ijaraga uy qidirib yurgan talabalar bisyor. Ularning muammolarini oʻrganish va yaqindan yordam berish uchun Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi xodimlari Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan, xalq tili bilan aytganda "uy bozor”da boʻldilar.

Tashrif davomida talabalarning turar joy bilan nega taʼminlanmaganligi sabablari oʻrganildi. Natijada OʻzMU, TDSHU, TMI, TTA, OʻzDSMI, TDTU, OʻzDJTU, TDTrU, TDPU va yana bir qancha OTM talabalarining 50 ga yaqini ijaraga joylashtirildi. Bu kabi amaliy ishlar bugundan eʼtiboran davomli tarzda olib boriladi.

Shu oʻrinda barcha ijaraga turar joy izlab yurgan talabalarga oʻz tyutorlariga murojaat qilishlarini va ular bu masala boʻyicha sizlarga amaliy yordam berishlari kerakligini eslatib oʻtmoqchimiz. Oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilsa @manaviyatedubot orqali murojaat qiling.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.2K views16:02
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:13:53
#talabalar_teatr_studiyalari_2022
Buxorolik talabalar ijrosidagi "Chor darvesh" spektaklini tomosha qiling!

"Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi – 2022" an'anaviy ko'rik-tanlovi 2022-yilgi mavsumida faol qatnashib, Respublika bosqichida munosib ishtirok etgan Buxoro davlat universitetining Buxoriy" jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan eng dolzarb mavzularni talqin qilgan, ichki kontrast hamda juda ta'sirli sahnalarga boy "Chor darvesh" spektaklini e'tiboringizga havola qilamiz!

Spektakl premyerasi bugun 21:00 da YouTube kanalimizda bo'lib o'tadi.

Videoga like bosib, o'z fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang! Bu videoni yanada ko'proq insonlar ko'rishiga sababchi bo'ladi. Premyerani o'tkazib yubormaslik uchun YouTubega kirib, qo'ng'iroqchani bosib qo'ying.

Premyerani ko'rish:

475 views14:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:48:13
Oliy taʼlim muassasalari tyutorlarining faoliyati tanqidiy oʻrganildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan OʻzDJTU, OʻzMU, TMI, TDPU, TATU va TTYeSI tyutorlarining yangi 2022/2023-oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, jumladan, o'ziga biriktirilgan talabalar bilan ishlash rejasi, boshqa viloyatdan kelib tahsil oladigan talabalarni TTJ yoki ijara xonadonlari bilan taʼminlash borasidagi faoliyati tanqidiy oʻrganildi.

Oʻrganish natijalari haqidagi batafsil maqolani mazkur havola orqali o'qishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
610 views16:48
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:43:04
Jizzax davlat pedagogika universiteti tyutorlar jamoasi
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi.
968 views08:43
Ochish/sharhlash
2022-08-15 15:56:29
2.4K views12:56
Ochish/sharhlash