Get Mystery Box with random crypto!

TURKIY SÖZ | Adabiy-ijtimoiy portal

Telegram kanalining logotibi turkiysoz — TURKIY SÖZ | Adabiy-ijtimoiy portal T
Telegram kanalining logotibi turkiysoz — TURKIY SÖZ | Adabiy-ijtimoiy portal
Kanal manzili: @turkiysoz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 79

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-02-03 13:44:01 "YORLIQ"

Bu sözning vatani köhna Turondir.


U bugungi nutqda aynan özining tarixiy ma’nosida qöllanmay qöygan. Qadimda ham u omma orasida nihoyatda keng tarqalmagandi. Ammo mashhur va salobatli edi.

U sözlarning kibori edi.

Chunki u xoqon va xonlar qarorini ifodalardi va jamiyatda barcha unga böysunardi. Sahifalarga uni xattot va kotiblar peshvosi – saroy munshisi yozardi.

Tayyor bölgan matn davlat rahbari – xon muhri bilan tasdiqlanardi. Bunday hujjatning jamiyatdagi mavqeyi bizning davrdagi davlatlar rahbarlari farmonlari maqomi bilan barobar edi.

Yorliq matni tagi yo orqa tarafiga nufuzli amaldorlar va olimlar imzolari, muhrlari ham qöyilardi. Ular bu jarayonda guvohlar sifatida ishtirok etardi.

Davlat rahbari – xon yo amir muhri boshqa turdagi huquqiy hujjatlarga ham bosilgan. Yozma manbalarda
“yorliq” örniga ba’zan “farmon” sözi ham qöllanadi.

Yorliqning ta’sir doirasi cheklanmagan. Biroq u jamiyatdagi har qanday muammo uchun yozilavermagan.

U vazirlar, hokimlar, qozilar vakolati bölmagan ishlar amalga oshirilishi va ular hal etishga qurbi yetmaydigan yirik muammolarni bartaraf qilishga xizmat qilardi.

Oliy hukmdordan özga hech kim biror kimsaga yorliq bera olmasdi. U faqat davlat rahbariga tegishli rasmiy hujjat edi.

Xon yorliği asosan:

shaxslarni davlat boshqaruvidagi yuqori lavozimlarga tayinlash, unvonlar berish;

siyurğal, tiyul, tanho, iqta, tarxan kabi maxsus in’omlar bilan taqdirlash;

soliqlardan ozod etish;

yirik mulklar atrofida yuzaga kelgan katta mojarolarga uzil-kesil nuqta qöyish uchun yozilardi.

Ular darajasida hal etiladigan muammolar va bajariladigan ishlarga oid hujjatlar boshqa nomlar bilan atalar edi.

Abdusattor JUMANAZAR,
ÖzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi.

@turkiysoz
188 viewsedited  10:44
Ochish/sharhlash
2022-02-02 16:50:43 #Turon_lirikasi

Turkiy yuragim bor,
turkiy shuurim,
Hatto ruhim turkiy,
özga shonim yöq.
Musht bölib tugilgan
qöllarim turkiy,
Vodariğ,
birgina Turkistonim yöq. Töliq öqish

@turkiysoz
2.1K views13:50
Ochish/sharhlash