Get Mystery Box with random crypto!

TURKIY SÖZ | Adabiy-ijtimoiy portal

Telegram kanalining logotibi turkiysoz — TURKIY SÖZ | Adabiy-ijtimoiy portal T
Telegram kanalining logotibi turkiysoz — TURKIY SÖZ | Adabiy-ijtimoiy portal
Kanal manzili: @turkiysoz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 79

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-02-10 17:02:01 DUNYO VA BIZ

Bugunda Amerika va Gʻarb olami Sharqiy Ovrupadagi millatlarning hurriyatlarini ta’minlamoq uchun kurashmoqda, Rusiya esa, “Buyuk Slav Imperatorligi” qurmoq xayolida, arab davlatlari ham “Birlashgan arab jumhuriyatlari federasiyasi”ni maydonga keltirish fikrida, Chindagi xitoylar Хazar dengiziga tutashgan "Buyuk Chin Imperatorligi" tushini öngga aylantirish azmida, Isroildagi yahudiylar "Dunyo hokimiyati" shiori ostida irqdoshlari bilan birgalikda faoliyat körsatmoqda ekan biz turklar ne fikr-u xayoldamiz, nimalar qilmoqdamiz? Afsuski, bunday savolga javoban yuzlarimiz qizararoq, sukut etmoqqa majburmiz.

Ish shunga borib yetdiki, bugunda "turk" ta’birini ham köp yanglish bir tarzda tafsir etmoqdamiz. Tarix böyicha "Turk" ta’biri bugunda Örta Osiyo deyilayotgan eski Turkistonda yashagan turklarga berilgan ot edi. 1071-yildan keyin Anatoliyaga kelgan turkistonlik turklarning bir qismi bugungacha saljuqiylar, usmonlilar deya ataldi. Keyingi asrda, Usmonli imperatorligining tanazzuli tufayli Anatoliyadagi turklar vataniga "Turkiya" deb ot berildi. Bundan söngra turk ta’birini faqat Anatoliya turklariga — Turkiya turklariga xos bir anglam ölaroq qöllamoqni boshladik.

Ichki ğavgolar va kelishmovchiliklar, kurashlar oqibatida "madaniy turğunlik”ka uchragan, eronliklarning eskidan Turon va Turkiston degani nihoyatda keng vatanga ovrupoliklarning kirib kelishi va örtadagi tarixiy sharoit tufayli "turk dunyosi" maydonga chiqdi. Tarixdagi tolesizlikdan, muvaffaqiyatsizlikdan söng hozirgi Xitoyning Gansu degan yeridan Bolqon orollarigacha chözilgan qit’aviy bir kenglikdagi musulmon-turk xalqi asoratga tushib oldi.

Tarixiy bir saodat belgisi ölaroq Anatoliya turklari asoratdan qutulib, dunyodagi yagona turk mustaqil davlati sifatida Turkiya Jumhuriyati bölib yashab qoldi.

Faqat biz zimmamizdagi vazifani bajarolmadik.

Zero, yuqorida ta’kidlaganimdek, butun dunyo millatlari özlarining manfaatlari yölidagi yagona bir idealga, ğoyaga ega, bu uchun faoliyat körsatmoqda. Bizning ichimizda esa hamon ba’zi ğofilona tushunchalar va yoki dushman tashviqoti tufayli zehnlarga örnashgan, özimizga zararli shuur asorati bor. Notöğri talqin ta’siridagi ba’zi vatandoshlar aytganidek "Otga minamiz-da, urush qilamiz, tashqaridagi turklarni qutqaramiz" tushunchasi esa izohi hojatsiz bir köcha gapidir. Tashqaridagi turklar, ya’ni Turkiston, Edil-Örol, Qrim, Shimoliy Qofqoziya va Ozarbayjon turklari, shubhasizki, Turkiya Jumhuriyati ham "Buyuk turk dunyosi”ni hur dunyoga butun masala-yu muammolari bilan tanishtirib borilishiga va shu yöl bilan bir kun kelib asoratdan qutulishiga umidvordir.

Bizningcha, shu yölda harakat qilmoq va tarixiy vazifa sanalgan ishni amalga oshirmoq Turkiyaning rivojlanishiga halaqit bermaydi. Biz bu Dunyoning manfaatchilik faoliyati qarshisida yuzma-yuz turib, "kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qilar" masaliga suyangan holda, yuragimizdagi iztiroblarni hayqirib aytamiz: "Yetar! Chin va rus imperalizm asoratida qolgan turklarning faryodini ham eshiting!.."

Y.Madaliyevning "Viloyatimizdagi özbek madaniyati va tili" öquv qöllanmasidan.
Qozoğiston. Olmaota, "Erevo" nashriyoti.

Maqola muallif ruxsati bilan chop etilmoqda.

@turkiysoz
385 viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-02-10 15:30:48 TARIXIY ZARURAT

Har bir qum zarrasi, hatto ranglar ham,
Zarur payt tuğilgan payğambarlar ham.

"Tarixiy zarurat" bölmas edi gar,
Dunyoni olmasdi rumlik Iskandar.

Nozil bölsa edi jihodsiz Qur’on,
Turkiylar bölmasdi mömin-musulmon.

Demakki, hikmat bor bunda chindan ham,
Sabab topsa bölar Temuchindan ham.

"Mulki Turonmiz" deb tuymasdik ğurur,
Zarur payt qon tökmay ötsaydi Temur.

Taqlidga ergashar minglab havoyi,
Bitta "Xamsa" yozib qöysa Navoiy.

Boburdek qaroqni yoshlash vaqti bor,
Zarur payt Vatanni tashlash vaqti bor.

Öz yering ğanimdan qolmaskan ortib,
Zarurat tuğilsa olarsan tortib!

Jadidlar, yuz yilki yuzingiz qaro -
Bitta gör bermagan hukumat aro!

Bölaklarga bölib tashlangan makon,
Bugun zaruratsan, Ota TURKISTON!

Qarluq XON

@turkiysoz
515 viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2022-02-09 17:52:15
Туркий тилли давлатлар ҳамкорлик кенгаши бош котиби Бағдод Амреевнинг маълум қилишича, кенгашнинг навбатдаги саммити 2022 йилнинг 11 ноябрида Ўзбекистонда ўтказилади.

Бош котиб муҳим тадбирга ҳозирлик бошлаб юборилганини айтди.

@turkiysoz
281 viewsedited  14:52
Ochish/sharhlash
2022-02-09 07:27:38 HIROTDAN KELGAN MAKTUB

(Turkumdan)

Oramizda besh yuz yillik yöl,
(uzoqlashar tobora u ham...)
Ammo menga uzatgancha qöl
talpinasan mudom, nabiram.

Gul qöyasan poyimga har yil
va ta’zimlar qilasan takror.
Childirmalar chalib turfa xil
meni maqtab aytasan alyor...

“Buyuklarga munosib avlod
bölamiz”, deb urasan lofni.
Göyoki har biringiz Farhod –
kul qilasiz ming Köhi Qofni.

Maqtovlarga öchsan, bolajon,
minbarlarga özni urasan.
Bitganlaring ruhsiz, chalajon
va ularni she’r deb yurasan.

(Tamakini tortasan asta,
may ichmoqqa ishtiyoqing zör.
Shu sababmi millat nazdida
shoir zoti kashanda, mayxör...)

Botil haqqa öxshab turganda,
erk oyoği tushovlangan payt,
Onang tezak yoqib yurganda
qanday baxtli yashayapsan, ayt?

“Millat, uyğon”, dedi oydinlar
Qöllamading – ketdi uloqib.
Qirğin bölgan payti moʻminlar
tonnalab osh yeysan yutoqib...

Xalq haq sözning gadosi erur,
ammo yolğon she’r tutding unga.
Ustozingga öxshading... Qurğur
mansabni deb sotilding kimga?

Chöp holicha qolmasin qalam,
jaholatga qarshi tiğ bölsin –
Razolatning közin öy, bolam,
zulm ketsin, zolim yöq bölsin!..

Husan Maqsud

@turkiysoz
417 views04:27
Ochish/sharhlash
2022-02-08 09:42:30 Raddi balo bölsin Turkistonimga!

...Ortimdan ta’qib etarlar, jilovdoshim! Dushmanning olovli shamollarga aylangan qöshini köksimni nishonga olgan. Ular oddiy odamlarga meni körish, tinglash va hatto juldur kiyimlarimni tomosha qilishilarini ham ta’qiqlab qöyishgan. Ular oltin vodiylarimning kulga aylanib, muzlatilgani haqida aytishimdan qattiq chöchishadi...
Töliq öqish

@turkiysoz
4.2K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-02-04 12:01:16 SHOH VA SHOIRLAR SILSILASI

Fotih Sulton Mehmet Usmonli turk sultonligining sharafli hukmdorlaridan biri. 1451-yilda 21 yoshda Konstantinopolni fath etib, Vizayntiya imperiyasiga yakun yasagan. Istanbul turklar qöliga ötgach, davlat poytaxtiga aylantiriladi. Muqaddas Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirishga farmon bergan va vaqf hujjatini imzolagan. Bugungi Turkiya rasmiylari Muqaddas Sofiyaning masjidga aylantirishda Fotih Sulton Mehmetning ushbu farmonini asos qilib körsatdi. Qarang, bundan 500 yil avval imzolangan farmonning hali ham kuchi bor.

Fotih Sulton Mehmet xuddi Husayn Boyqaro, Bobur, Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Amir Umarxon, Muhammad Rahimxon II kabi shoh va shoir edi. "Avniy" taxallusi bilan devon tartib bergan. Shunday, Istanbulga — Rim imperiyasining vorisi Vizantiya imperiyasi markazi Konstantinopolga islom va turk bayroğini qadagan fotih aslida shoir edi.

Turkiy hukmdorlar adabiyot, san’at bilan shuğullanganlari uchun ham bu sohalarning nozik jihatlarini bilgan va shu sabab ularning davlatida madaniyat misli körilmagan darajada rivojlangan.

FOTIH SULTON MEHMET AVNIY
(XV asr)

***
Qasdi jonim aylayibdir
qancha hijron bor esa,
Hey musulmonlar, damidir
menga darmon bor esa.

Boz savdoyi köngul
hayli parishondir bu kun,
Sunbulini doğ etibdur
ul pari shon bor esa.

Ölganim bilgach, mahallang
itlari faryod etar –
Menga yiğlar jam bölib
bir yor-u yoron bor esa.

Sen duri maknun firoqingda
közim yoshin körib,
Bahs etib yiğlar magarkim
abri nayson bor esa.

Avniy, ul husn-u jamol
shohiga qul bölding va lek
Senga bölmishdir musallam
mulki Usmon bor esa.

***
Sevding ul dilbari, söz tinglamading, voy, köngil,
Aylading öz-özingi olama rasvoy, köngil,
Sanga jabr aylagay-u, qilmas u parvoy, köngil,
Jabra sabr aylamasang gar, netayin, hoy, köngil,
Köngil, ey-voy köngil, voy köngil, ey-voy köngil.

Chok bölur dasti jafo birla giriboningdir,
Ğam-u mehnat tikani sanchilur domoningdir,
Tökilur yerga balo tiği ila qoningdir,
Har dam oğizga kelar mehnat ila joningdir,
Köngil, ey-voy köngil, voy köngil, ey-voy köngil.

Toleying yuzi kulib, bölmadi xandon, netayin,
Yuraging dardina topilmadi darmon, netayin,
Qasdinga yor chekadir xanjari burron, netayin,
Beraversang bu ğam-u mehnat ila jon, netayin,
Köngil, ey-voy köngil, voy köngil, ey-voy köngil.

Dilbar ishqi-la etarsan nechaki nola-yu zor,
Aylading sabr-u qaroring bu xayollarga nisor,
Qora sochi etar olamni sening boshinga dor,
Foyda ne endi, agar aylar esang tarki diyor,
Köngil, ey-voy köngil, voy köngil, ey-voy köngil.

Vasli dilbar-la nasib bölmadi dilshod ölmak,
Dasti jabr ila yiqilgan diling obod ölmak,
Domi ğamdan dil-u jon bulbuli ozod ölmak,
Necha kundir ishing afğon ila faryod ölmak,
Köngil, ey-voy köngil, voy köngil, ey-voy köngil.

Chunki dilbar niyozingni köribon noz aylar,
Nolangni tinglagayu, ishvaga oğoz aylar,
Bazmi ğamda qadingi chang, yuzingi soz aylar,
Nolishing pardasini Zuhraga damsoz aylar,
Köngil, ey-voy köngil, voy köngil, ey-voy köngil.

Bilmadim, dardi dilingning ne emish darmoni,
Ölayin dard ila, lek chekmayin hech hijroni,
Mehnat-u dard-u ğamin olmak uchun arzoni,
Avniya sanchiladir mehnat-u ğam paykoni,
Köngil, ey-voy köngil, voy köngil, ey-voy köngil.

"Avniy (Fotih) devoni"dan.

Mumtoz usmonli turkchasidan Suhrob Ziyo tabdili.

@turkiysoz
284 viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2022-02-04 09:23:35
Bu surat qaysi davlatda olingan?
315 views06:23
Ochish/sharhlash
2022-02-04 09:08:57
Bu yil “Turkiy adabiyot xazinasidan” 100 jildlik asarlar majmuasi özbek tilida chop etiladi.

Bu haqda Özbekiston Yozuvchilar uyushmasida Tarjima ijodiy kengashining yiğilishida aytildi.

100 jildlikka ilgari nashr etilgan eng yaxshi tarjimalar ham tanlab olingan. Ular orasida Ğafur Ğulom, Mirtemir, Ilyos Muslim, Mirzakalon Ismoiliy, Shoislom Shomuhamedov, Miad Hakimov, Tursunboy Adashboyev, Usmon Qöchqor, Fayzi Shohismoil kabi ustoz ijodkorlarning tarjimalari bor.

@turkiysoz
209 viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash
2022-02-03 15:56:29 #Turon_lirikasi

TURKISTON SOĞINCHI

Mayda gaplar ğashimga tegar,
Teng bölaymi maydalar bilan?!
Egsa, mağrur qaddim egilar,
Oq sut bergan Vatan oldida!

Qarluqman-ku, yovqurligim chin,
Turon yurtda fidoyi öğil.
Garchi katta bobom Temuchin,
Garchand kelib chiqishim möğul!

Kerak bölsa qancha sabablar,
Barchasiga topaman asos.
Chunki meni oğir azoblar,
Bir MILLATdan chiqmagan QASOS!

Nega unda asriy jimlikni
buzolmasdan yiğdik ölponlar?!
Öz vaqtida otilib ketdi,
Öz vaqtida chiqqan Chölponlar!

Shunga köra har bir yelkada,
Bir burch borki özini oqlar.
Ishlash kerak bölgan Ölkada,
Buncha qichqiradi maddohlar?!

Men bu yölda kechgayman jondan,
''Ishrat'' sözi yot menga, örtoq.
Hatto onam Özbekistondan,
Turkistonni sevaman köproq!

2016.

Rahmiddin ABRAYEV

@turkiysoz
199 viewsedited  12:56
Ochish/sharhlash
2022-02-03 14:57:58 'BBC Özbek' xizmati Özbekistonda muhojir bölgan afğonistonlik özbeklar haqida reportaj tayyorlabdi.

Surxondaryolik oila qönğirot uruğidan bölgan musofirga öz uyidan joy bergan. Qarang, qanchalik yaqinmiz. Töliq körish

@turkiysoz
219 viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash