Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlari. Turkiya

Telegram kanalining logotibi turkiyadagiyoshlar — O‘zbekiston yoshlari. Turkiya O
Telegram kanalining logotibi turkiyadagiyoshlar — O‘zbekiston yoshlari. Turkiya
Kanal manzili: @turkiyadagiyoshlar
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.31K
Kanalning ta’rifi

Turkiyadagi o'zbek talabalar jamiyati hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi rasmiy Telegram sahifasi
www.wayu.uz
Murojaat uchun: @UzbTrBot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-10 17:17:16
Tarix o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklik, ularning ildizi, Tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va maʼnosini ko‘rish imkonini beradi.

Onlayn suhbatimiz mehmoni Turkiyaning Karabuk universiteti professori Maxmudjonova Gulzoda Maxmudjon qizi

Suhbat davomida:
- Turkiyada yashash va ishlash;
- O‘qish va ilmiy izlanishlar olib borish;
- Va ilmiy izlanishlarning natijalari haqida so‘z yuritiladi.

11-avgust, Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da
Toshkent, Yoshlar ishlari agentligi, "Kitoblar olami" binosi.

Suhbatni ushbu havola orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

t.me/turkiyadagiyoshlar
1.8K viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-10 13:38:59
Fırtına Başladı!

#TEKNOFESTKARADENİZ 'e kayıt yaptırın heyacanımıza ortak olun.

Ailecek bekliyoruz.


*

Teknofest :

#TEKNOFESTKARADENİZ rüzgârıyla festival alanına ışık hızıyla giriş bi' tık uzağınızda

KAYIT: mth.tc/teknofest-karadeniz

30 Ağustos - 4 Eylül

Samsun Çarşamba Havalimanı
722 views10:38
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:30:49
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.
@alisher_sadullaev
844 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:24:27
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
636 views09:24
Ochish/sharhlash
2022-08-03 14:37:05
Vebinar: "El-yurt umidi" jamg'armasi xorijdagi bepul ta'limni kafolatlaydimi?

Sana: 04 Avgust
Vaqti: 18:00 (Toshkent vaqti bilan)
Turkiya vaqti bilan 16:00


Joriy yilning 04-Avgustida Toshkent Vaqti bilan soat 18:00 (Turkiya vaqti bilan 16:00) da "El-yurt umidi" jamg'armasi Turkiyadagi vatandoshlarimiz uchun "El-yurt umidi" jamg'armasi xorijdagi bepul ta'limni kafolatlaydimi?" mavzusida ZOOM platformasi orqali vebinar tashkil etmoqda.

Подключиться к конференции Zoom
https://us02web.zoom.us/j/88020024648?pwd=MXVMU2kwZHJqZWtWMG5iYlJESjZJUT09

Идентификатор конференции: 880 2002 4648
Код доступа: 336961
2.4K views11:37
Ochish/sharhlash
2022-07-29 16:11:29 Kitobxon yoshlar, qani, yaqinroq keling!

Yozning qaynoq kunlarida salqin joyda kitob oʻqib, yaxshigina mukofotlarni qoʻlga kiritishga nima deysiz?

U holda, biz Yaxshi kitob yaxshi do’stdir (İyi bir kitap iyi bir arkadaştır) kitobxonlik tanloviga start berganimizni e’lon qilamiz.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda Turkiyada ta’lim olayotgan yoki mehnat faoliyatida boʻlgan barcha o’zbekistonlik yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov qaysi kitoblar asosida oʻtkaziladi?

Tanlov quyidagi uch kitob asosida oʻtkaziladi:
1. "Molxona" - Jorj Oruell (Hayvan Çiftliği - George Orwell)
2. "Farengeyt 451" - Rey Bredbyeri (Fahrenheit 451- Ray Bradbury)
3. "Alkimyogar" - Paulo Koelo (Simyacı - Paulo Coelho)

Tanlov shartlari qanday?

Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi.
- bosqich: yuqoridagi kitoblarni belgilangan muddat ichida oʻqib chiqib, hay'atga kitobning qisqacha mazmuni aks etgan bayon yoʻllash yoki kitob tahlil qilingan 5-7 daqiqalik videolavhani joriy yilning 15-Sentabr kunigacha wayuturkey@gmail.com e-mailga yuborish.

- bosqich: hay'at tarafidan saralab olingan eng yaxshi bayon va videolavha mualliflari belgilangan kun/soat va joyda kitob tahlili taqdimotini oʻtkazib beradilar.

Yakunda eng kuchlilar saralanadi!

G’oliblarni taqdirlash:

Tanlov g‘oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin: 5000 TL
2-o‘rin: 2500 TL
3-o‘rin: 1000 TL

Tanlovga doir fikr-mulohazalaringizni @UzbTrBot manzilimizga yuborishingiz mumkin.
_
t.me/turkiyadagiyoshlar
81.9K viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2022-07-28 11:12:31
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov Turkiya Super Ligasidagi “Fatih Karagümrük” klubiga koʻchib oʻtdi.

Vatandosh futbolchimizga yangi jamoasi safida omad va zafarlar tilaymiz!

t.me/turkiyadagiyoshlar
1.4K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2021-12-17 19:49:02 «O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021»da qatnashish yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlandi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/yoshlarforumi?livestream

Bizni kuzatib boring: @yoshlarforumi
318 views16:49
Ochish/sharhlash
2021-12-17 17:07:19
O'zbekiston yoshlari forumi - Turkiya

#GalaKonsert

O'zbekistonning yorqin yulduzlari:

Abdurashid Yo'ldoshev
Akilbek Piyazov
Baxshi buva

Siz kutgan yulduzlar!
Siz kutgan mehmonlar!
Siz kutgan forum!

@Turkiyadagiyoshlar
534 viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2021-12-17 17:03:29
O'zbekiston yoshlari forumi - Turkiya

#MFaktor

Murod Muxammadjonov - MFaktor biznes klubi lektori, UTAX soliq maslahati tashkiloti asoschi, soliq maslahatchisi

Siz kutgan mehmonlar!
Siz kutgan forum!

@Turkiyadagiyoshlar
483 viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash