Get Mystery Box with random crypto!

Kitobxon yoshlar, qani, yaqinroq keling! Yozning qaynoq kunl | O‘zbekiston yoshlari. Turkiya

Kitobxon yoshlar, qani, yaqinroq keling!

Yozning qaynoq kunlarida salqin joyda kitob oʻqib, yaxshigina mukofotlarni qoʻlga kiritishga nima deysiz?

U holda, biz Yaxshi kitob yaxshi do’stdir (İyi bir kitap iyi bir arkadaştır) kitobxonlik tanloviga start berganimizni e’lon qilamiz.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda Turkiyada ta’lim olayotgan yoki mehnat faoliyatida boʻlgan barcha o’zbekistonlik yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov qaysi kitoblar asosida oʻtkaziladi?

Tanlov quyidagi uch kitob asosida oʻtkaziladi:
1. "Molxona" - Jorj Oruell (Hayvan Çiftliği - George Orwell)
2. "Farengeyt 451" - Rey Bredbyeri (Fahrenheit 451- Ray Bradbury)
3. "Alkimyogar" - Paulo Koelo (Simyacı - Paulo Coelho)

Tanlov shartlari qanday?

Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi.
- bosqich: yuqoridagi kitoblarni belgilangan muddat ichida oʻqib chiqib, hay'atga kitobning qisqacha mazmuni aks etgan bayon yoʻllash yoki kitob tahlil qilingan 5-7 daqiqalik videolavhani joriy yilning 15-Sentabr kunigacha wayuturkey@gmail.com e-mailga yuborish.

- bosqich: hay'at tarafidan saralab olingan eng yaxshi bayon va videolavha mualliflari belgilangan kun/soat va joyda kitob tahlili taqdimotini oʻtkazib beradilar.

Yakunda eng kuchlilar saralanadi!

G’oliblarni taqdirlash:

Tanlov g‘oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin: 5000 TL
2-o‘rin: 2500 TL
3-o‘rin: 1000 TL

Tanlovga doir fikr-mulohazalaringizni @UzbTrBot manzilimizga yuborishingiz mumkin.
_
t.me/turkiyadagiyoshlar