Get Mystery Box with random crypto!

TATU | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi tuituz_official — TATU | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi tuituz_official — TATU | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @tuituz_official
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.55K
Kanalning ta’rifi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali
📸https://www.instagram.com/tuit.official/
🌐 https://tuit.uz
📲 @taturasmiybot
✅ https://t.me/taturektori

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-30 10:14:59
#TATU
#Qarshi_filial
#Faxrimiz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 2009-yil bitiruvchisi Nazarov Nodir hozirda dunyoga mashhur "GOOGLE" kompaniyasida dasturchi muhandis lavozimida faoliyat olib bormoqda.
3.4K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-07-30 07:23:08
#иқтибос

Бизнинг ҳамма қимматимиз фикрдадир. Биз тўлдира олмайдиган макон ҳам, замон ҳам бизни юқори кўтармайди, ана шу бизнинг фикримиз юқори кўтаради. Яхши фикрлашга ўрганайлик ахлоқнинг асосий тамойили ана шу!
Блез Паскаль
3.1K viewsedited  04:23
Ochish/sharhlash
2022-07-28 08:30:53 #Qabul2022

ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat

2022-yil 27-iyul
kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

27-iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
3.4K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-07-28 07:35:20
#TATU
#Nukus_filial
#Samarqandga_sayohat

Joriy yilning 26-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talaba - yoshlarni dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand viloyatiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida talaba-yoshlar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga yetgan.
3.8K views04:35
Ochish/sharhlash
2021-02-14 04:19:37
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi.
Bobur – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar.

Gʻazal:

O'chmas bo'lib qolgan yodimda
Buyuk bobo ajdodlarimiz
Unut bo'lmas ismi dunyoda
Biz Boburni avlodlarimiz!

Shijoati bizlarda qolgan
Bajaramiz aytkan ishimiz
Tan oladi butun dunyoda
Biz Boburni avlodlarimiz!

Qoni balqir tomirimizda
Jo'shqin bo'lib chiqar so'zimiz
Jar solaman butun dunyoga
Biz Boburni avlodlarimiz!!!

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga ulanish
@tuituz_official
2.3K views01:19
Ochish/sharhlash
2021-02-13 22:46:36
TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga obuna boʻlish

@tuituz_official
2.1K views19:46
Ochish/sharhlash
2021-02-13 22:46:36
TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga obuna boʻlish

@tuituz_official
1.1K views19:46
Ochish/sharhlash
2021-02-13 22:36:53
13 февраль куни ТАТУ жамоаси ва талабаларининг бир гуруҳи (150 нафар) Ўзбекистон Давлат драма театрида намойиш этилаётган "Труффальдино" - икки бойнинг малаги" номли спектакльга ташриф буюришди.

П.С. Талабалар бундан хурсанд !!!

ТАТУ матбуот хизмати

ТАТУ расмий каналига уланиш

@tuituz_official
2.0K views19:36
Ochish/sharhlash
2021-02-13 19:22:47 Namanganlik yana uch nafar oʻquvchi xorijning nufuzli universitetlaridan grant yutib oldi

Chust tumanidagi 64-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi Hamidullo Abdurahmonov IELTS dan 7,5 ballni qoʻlga kiritib, AQSHning Webster universitetidan 16000 dollar, Clarkson universitetidan 35000 dollar, Purude universitetidan 20000 dollar miqdorida grantlarni yutib oldi.

Tumandagi 19-DIMIning 11-sinf oʻquvchisi Joʻrabek Samiyev ham shunday muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilardan. Ayni paytda u AQSHning Missuri shtati, Sent-Luis shahridagi Webster universitetining iqtisodiyot yoʻnalishiga talabalikka qabul qilindi. Shu bilan birga universitetda oʻqish uchun yiliga 19000 dollar, 4 yil uchun 76000 dollar grant sohibiga aylandi.

74-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nodirbek Mahmudov esa Florida universitetida taʼlim olish uchun 40000 dollar miqdorida grantni qoʻlga kiritdi.

TATU matbuot xizmati

TATU rasmiy kanaliga obuna boʻlish
@tuituz_official
1.5K views16:22
Ochish/sharhlash
2021-02-13 16:54:59 “Астрономия” фани ўқитувчиларига “Физика” фанидан тоифалар тадбиқ этилади

Бугунги кунда жойларда физика фани ўқитувчиларининг “Астрономия” фанини ўқитиш соатлари учун тўланаётган ойлик маошларида мос равишда улар эгалик қилаётган тегишли малака тоифаларини тан олиш бўйича тушунмовчиликлар юзага келаётганди.

Ушбу тушунмовчиликларга барҳам бериш мақсадида Халқ таълими вазирлиги ҳамда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси барча ҳудудий бошқармаларга қуйидаги кўрсатмани юборди.

Амалдаги меъёрий ҳужжатларда белгиланган малака талабларига кўра умумтаълим муассасаларида “Астрономия” фани “Физика”, “Физика ва астрономия” ҳамда “Физика ва астрономия ўқитиш методикаси” мутахассислигига эга фан ўқитувчилари томонидан ўқитилади.

Шу боис умумтаълим муассасаларида “Астрономия” фанини ўқитаётган юқорида кўрсатилган мутахассисликларга эга ўқитувчиларининг тегишли малака тоифаси “Астрономия” фани учун ҳам тадбиқ этилади.
манба

ТАТУ матбуот хизмати:

ТАТУ расмий каналига уланиш
@tuituz_official
1.4K views13:54
Ochish/sharhlash