Get Mystery Box with random crypto!

TATU | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi tuituz_official — TATU | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi tuituz_official — TATU | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @tuituz_official
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.55K
Kanalning ta’rifi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali
📸https://www.instagram.com/tuit.official/
🌐 https://tuit.uz
📲 @taturasmiybot
✅ https://t.me/taturektori

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-04 10:29:19 #IELTS
#So'rovnoma

Assalomu alaykum qadrli o’quvchilar, talabalar va ota-onalar!

IELTS-So'rovnoma

https://forms.gle/VvZya6ycVKX2yjXNA
1.6K views07:29
Ochish/sharhlash
2022-08-03 23:44:51 #Qabul2022
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
2.7K viewsedited  20:44
Ochish/sharhlash
2022-08-03 23:44:11 #Qabul2022

Rasman test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.
2.1K viewsedited  20:44
Ochish/sharhlash
2022-08-03 09:59:38 #Hikmatli_so'zlar

- G'oya izlang! uni hayotingiz mazmuniga aylantiring, u haqida o'ylang, u haqida orzu qiling, uni ichida yashang. Sizni aqlingiz, muskullaringiz, asablaringiz va tanangizni har bir a'zosi ushbu birgina g'oya bilan to'lib toshsin. Mana shu muvaffaqiyat yo'lidir!
2.4K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-08-02 12:48:45
#TATU
#Nurafshon_filial

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Maxkamov TATU Nurafshon filialiga tashrif buyurib, qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirdi

Qurilish jahon standartlariga mos ravishda olib borilib, samarali o‘quv tizimini tashkil etish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish va kampus hududidagi bino-inshootlar hamda ko‘chalarni yoritish uchun elektr manbai sifatida muqobil energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

YouTube
3.0K viewsedited  09:48
Ochish/sharhlash
2022-08-02 10:32:41 #TATU
#ERASMUS+
#Xalqaro_konferensiya

2022-yil 22-23-sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “OLIY TA’LIM MUASSASALARINI XALQAROLASHTIRISH” xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tadi

Erasmus+ dasturi “Markaziy Osiyo va Xitoyda bilimlarni uzatish bo‘yicha universitetlar bilan hamkorlik asoslari” - UINICAC (598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP) loyihasining yakuniy konferentsiyasi

Sana: 2022 yil 22-23 sentyabr
O‘tkazilish joyi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Konferentsiya turi: gibrid (virtual + oflayn)
Veb sayt: www.unicac.eu

OLIY TA'LIMNI XALQAROLASHTIRISH bo'yicha xalqaro konferensiya Erasmus+ dasturi "Markaziy Osiyo va Xitoyda bilimlarni uzatish bo'yicha universitetlar hamkorligi asoslari" loyihasi doirasida oliy ta'lim ekspertlari uchun ma'lumot almashish va ta'limni xalqarolashtirish masalalarini hal qilish bo’yicha xalqaro platforma yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirdir. Bundan tashqari, anjuman Erasmus+ salohiyatini oshirish loyihalari natijalarini O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, Xitoy va boshqa mamlakatlarda tarqatishga bag‘ishlangan.

Konferensiya tashkilotchilari mualliflarni fikr almashish va O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda oliy ta’lim sohasini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolar va asosiy masalalarni muhokama qilishda ishtirok etishga taklif qiladi. Konferentsiya mualliflarni quyidagi mavzularni taqdim etish va muhokama qilishga taklif qiladi:
Mavzular
- o'qitish, tadqiqot va o'rgatishni xalqarolashtirish;
- oliy ta’limni xalqarolashtirishga tayyorlash: tarkibiy, funksional, ma’muriy, akademik, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalarda;
- Markaziy Osiyo va Xitoy universitetlarining xalqarolashtirish bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish masalalari.

MA’RUZALAR TEZISLARIGA TALABLAR
Ma’ruza tezislari 2022-yil 31-avgustgacha .docx fayli (MS Word) ko‘rinishida confertuitunicac@gmail.com elektron pochta orqali taqdim etilishi lozim.
Tezislarini formatlash: Times New Roman 12 shrifti. Tezislar A4 formatda 2 betdan (210×297 mm) oshmasligi kerak, chetlari chegarasi:
yuqori - 25 mm; chap - 20 mm;
pastki - 25 mm; o'ng - 15 mm.
Tezis sarlavhasi katta harflar bilan qalin shriftda yoziladi. Sarlavhadan keyin 2 qator o'tkazib yuborilgandan so'ng, mualliflarning ismi va sharifi bosh harflari va familiyalari qalin shriftda yoziladi (ma'ruzachining to'liq ismi tagiga chiziladi). Keyingi qatorda tashkilot nomi asosiy shriftda, shu jumladan shahar va mamlakat yoziladi. Markazda ma'ruza sarlavhasi, mualliflarning bosh harflari va familiyalari, tashkilot nomi ko'rsatilgan. Shundan so'ng, 2 qator o'tkazib yuborilgan holda, ma'ruza tezislari matni asosiy shriftda chop etiladi. Tezisning asosiy matnining paragrafiga chekinish - 1 sm.
Ma'ruza tezislari matnining oxirida namuna bo'yicha foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan:
- maqolalar uchun:
[1] I.Ш. Familiya(lar). Maqola sarlavhasi. Jurnal nomi. Hajmi, soni, p. 1–10 (yil).
- kitoblar uchun:
[2] I.Ш. Familiya(lar). Kitob nomi. Shahar, nashriyot, yil. - elektron resurslar uchun:
[3] I.Ш. Familiya(lar). Maqolaning nomi (kitob). Resurs nomi (yil). http://www.sayt domeni.
Konferentsiyada ishtirok etish uchun hech qanday to'lov talab qilinmaydi
Ma’ruzalar plenar va seksiyalarda rejalashtirilgan.
Ma’ruzalarning tezislarini chop etish rejalashtirilgan.

Muhim sanalar
- Tezislarni topshirish: 2022-yil 31-avgust
- Tezislarni qabul qilish: 2022 yil 5 sentyabr
- Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati – 2022-yil 10-sentabr.
- Yakuniy taqdimot faylini topshirish: 2022 yil 10 sentyabr
- Konferensiya davri 2022 yil 22-23 sentyabr

Konferensiyaning rasmiy tili: ingliz, o’zbek va rus tillari.

Eng / Rus
2.7K viewsedited  07:32
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:28:25
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida bajarilayotgan NICoPA (New and Innovative Cources for Precision Agriculture) loyihasi bo‘yicha Chexiya davlati CZU universitetida "Xalqaro yozgi maktab" bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yozgi maktabda loyiha hamkorlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Milliy taqdqiqot universitetidan professor-o‘qituvchilar va loyiha mahalliy koordinatorlari qatnashdilar.

http://tuit.uz/post/czu-universitetida-xalqaro-yozgi-maktab-bolib-otdi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2.7K viewsedited  07:28
Ochish/sharhlash
2022-07-31 20:06:05
#TATU
#Avstriya
#Klagenfurt_universiteti
#Uz24

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining nufuzi oshmoqda

Jahon standartlariga mos, AKT sohasiga kadrlar tayyorlash maqsadida xorijiy professor-o'qituvchilar jalb qilinmoqda.

Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.

YouTube
3.4K viewsedited  17:06
Ochish/sharhlash
2022-07-31 15:35:12 Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra,
Ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.

Ahmad Yugnakiy
2.9K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-07-30 12:25:24
VIANA DO CASTELODA ERASMUS+ DASTURI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV

Xabaringiz bor yaqinda Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining “MechaUZ: o‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida moderinizatsiya qilish” (MechaUZ: Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) xalqaro loyihasi doirasida Litvaning Vilnius shahridagi “Vilnius Gedimino” texnika universitetida yuzma yuz uchrashuv tashkil etilgan edi.

http://tuit.uz/post/viana-do-casteloda-erasmus-dasturi-doirasida-navbatdagi-uchrashuv

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
3.2K views09:25
Ochish/sharhlash