Get Mystery Box with random crypto!

TTA Urganch filiali | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi ttauf — TTA Urganch filiali | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi ttauf — TTA Urganch filiali | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @ttauf
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.06K
Kanalning ta’rifi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-01 10:04:13
#Mustaqillik_31_yil
#Milliy_tiklanish
#Xorazm

Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda el aziz,inson aziz " shiori ostida tayyorlangan videorolik.

O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l
1.2K viewsSurayyo Sotimboyeva, 07:04
Ochish/sharhlash
2022-09-01 04:28:33
Xalqimizning g'urur-iftixori bo'lgan mustaqilligimizning qutlug' 31 yillik bayrami muborak bo’lsin!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va xonadoningizga qut-baraka tilaymiz!


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.5K viewsSurayyo Sotimboyeva, 01:28
Ochish/sharhlash
2022-09-01 04:15:54
TTA URGANCH FILIALI DIREKTORI R.Y. RUZIBAYEVNING O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 31 YILLIK SHODIYONASIGA BAG'ISHLANGAN BAYRAM TABRIGI

Telegram | Facebook | Instagram
1.4K viewsSurayyo Sotimboyeva, 01:15
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:40:16
Айни дақиқаларда “Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик байрамига бағишланган тантанали тадбир ўтказилмоқда.

Тадбирдан онлайн трансляцияни Президент матбуот хизматининг Facebook ижтимоий тармоғи, YouTube видеохостингидаги саҳифаларида томоша қилишингиз мумкин.

ttauf_pressa
1.6K viewsSurayyo Sotimboyeva, 15:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:07:10
#Xush_xabar
#Bayram_tuhfasi

“Pediatriya va neonatologiya kafedrasi” dotsenti Nazarov Komil Dadayevich O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 230-K sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Ushbu yutuq bilan Komil Dadayevichni TTA Urganch filiali ma’muriyati nomidan tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

ttauf_pressa
821 viewsSurayyo Sotimboyeva, 12:07
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:53:13
31.08.2022

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2022-yilning 31-avgust sanasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari I.S. Yusupov ochib berdi va o‘tgan yillar hisobida yurtimizda qilingan o‘zgarish va yangilanishlar xususida to‘xtalib, barchani bayram bilan samimiy tabriklagan holda madaniy hordiq tiladi. Shundan so‘ng, zalda O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi barilla yangradi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan qilingan chiqishlar va kuy-qo‘shiq ijrolari barchaga xursandchilik va bayramona kayfiyat ulashdi.

ttauf_pressa
807 viewsSurayyo Sotimboyeva, 11:53
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:05:05 TTA Urganch filiali 2022/2023 o‘quv yilda klinik ordinaturaga kirish imtihonlari natijalari

ttauf_pressa
1.4K viewsSurayyo Sotimboyeva, 06:05
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:38:57 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida filial rahbariyati tashabbusi bilan 2022-yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab filial professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat (erkaklar) va shashka (ayollar) turlaridan filial shaxsiy birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada 36 nafar ishtirokchi (12 nafar ayol) qatnashdi.

Musobaqani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari I.S. Yusupov ochib berib, ishtirokchilarning topqirliklari va zehni, aql-idroklarini yana bir marotaba sinovdan o‘tkazish jarayonida barchaga omad tiladi. Musobaqaga filial sport klubi a’zolari hakamlik qilishdi.

Shaxmat bo‘yicha 6 turdan, shashka bo‘yicha 4 turdan keyin g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Shaxmat (erkaklar) bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar :

1-o‘rin – Samandarov Muhammad Ibodullayevich – filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i;
2-o‘rin – Yusupov Izzat Sultanovich – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari;
3-o‘rin - Qabulov Doniyor Alimjonovich – Davolash fakulteti uslubchisi.

Shashka (ayollar) bo‘yicha g‘oliba va sovrindorlar :

1-o‘rin - Sobirova Sabohat – “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi;
2-o‘rin - Atajonova Gulsara – O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi texnigi;
3-o‘rin – Ro‘zmetova Dilorom Nurmamadovna – Texnik vositalar bo‘limi xo‘jalik bekasi.

ttauf_pressa
1.4K viewsSurayyo Sotimboyeva, 05:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:38:57
1.3K viewsSurayyo Sotimboyeva, 05:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:59:38 TTA Urganch filialida klinik ordinaturaga kirish imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 30-avgust kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2022/2023 oʻquv yili uchun klinik ordinaturaga kirish imtihonlarini tashkillashtirildi.

Imtihon boshlanishidan oldin Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev klinik ordinaturaga kirish istagidagi talabgorlar bilan uchrashib, oldinda turgan imtihon jarayoni har jihatdan ochiq, haqqoniy, adolatli o‘tikazilishi ta’minlanishini ta’kidladilar va imthonda ularga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich ogʻzaki javob berish, ikkinchi bosqich esa test sinovlari asosida olib borildi.

Oshkoralik va shaffoflikini ta’minlash maqsadida auditoriyada test imtihonlari jarayoni audio va video-yozuvlarga olinishi hamda auditoriyani onlayn rejimda katta ekranli monitorlar orqali kuzatib borish imkoni yaratildi.

Og‘zaki imtihon jarayonida talabgorlar bilan suhbat olib borishlari uchun TTA Urganch filiali va viloyat tibbiyot muassasalaridan mutaxassislar jalb qilindi. Umumiy hisobda 111 nafar klinik ordinaturada ta’lim olish istagini bildirgan talabgorlar imtihon qilindi.

Ma’lumot uchun, imtihonning yakuniy natijalari bugun, 31-avgust kuni soat 12:00 ga qadar filialning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinishi kutilmoqda.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.4K viewsSurayyo Sotimboyeva, 04:59
Ochish/sharhlash