Get Mystery Box with random crypto!

TTA Urganch filialida klinik ordinaturaga kirish imtihoni o‘tk | TTA Urganch filiali | Rasmiy kanal

TTA Urganch filialida klinik ordinaturaga kirish imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 30-avgust kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2022/2023 oʻquv yili uchun klinik ordinaturaga kirish imtihonlarini tashkillashtirildi.

Imtihon boshlanishidan oldin Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev klinik ordinaturaga kirish istagidagi talabgorlar bilan uchrashib, oldinda turgan imtihon jarayoni har jihatdan ochiq, haqqoniy, adolatli o‘tikazilishi ta’minlanishini ta’kidladilar va imthonda ularga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich ogʻzaki javob berish, ikkinchi bosqich esa test sinovlari asosida olib borildi.

Oshkoralik va shaffoflikini ta’minlash maqsadida auditoriyada test imtihonlari jarayoni audio va video-yozuvlarga olinishi hamda auditoriyani onlayn rejimda katta ekranli monitorlar orqali kuzatib borish imkoni yaratildi.

Og‘zaki imtihon jarayonida talabgorlar bilan suhbat olib borishlari uchun TTA Urganch filiali va viloyat tibbiyot muassasalaridan mutaxassislar jalb qilindi. Umumiy hisobda 111 nafar klinik ordinaturada ta’lim olish istagini bildirgan talabgorlar imtihon qilindi.

Ma’lumot uchun, imtihonning yakuniy natijalari bugun, 31-avgust kuni soat 12:00 ga qadar filialning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinishi kutilmoqda.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube