Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida filial rahbari | TTA Urganch filiali | Rasmiy kanal

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida filial rahbariyati tashabbusi bilan 2022-yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab filial professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat (erkaklar) va shashka (ayollar) turlaridan filial shaxsiy birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada 36 nafar ishtirokchi (12 nafar ayol) qatnashdi.

Musobaqani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari I.S. Yusupov ochib berib, ishtirokchilarning topqirliklari va zehni, aql-idroklarini yana bir marotaba sinovdan o‘tkazish jarayonida barchaga omad tiladi. Musobaqaga filial sport klubi a’zolari hakamlik qilishdi.

Shaxmat bo‘yicha 6 turdan, shashka bo‘yicha 4 turdan keyin g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Shaxmat (erkaklar) bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar :

1-o‘rin – Samandarov Muhammad Ibodullayevich – filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i;
2-o‘rin – Yusupov Izzat Sultanovich – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari;
3-o‘rin - Qabulov Doniyor Alimjonovich – Davolash fakulteti uslubchisi.

Shashka (ayollar) bo‘yicha g‘oliba va sovrindorlar :

1-o‘rin - Sobirova Sabohat – “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi;
2-o‘rin - Atajonova Gulsara – O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi texnigi;
3-o‘rin – Ro‘zmetova Dilorom Nurmamadovna – Texnik vositalar bo‘limi xo‘jalik bekasi.

ttauf_pressa