Get Mystery Box with random crypto!

ToshDO‘TAU | RASMIY

Telegram kanalining logotibi tsuullofficial — ToshDO‘TAU | RASMIY T
Telegram kanalining logotibi tsuullofficial — ToshDO‘TAU | RASMIY
Kanal manzili: @tsuullofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.70K
Kanalning ta’rifi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining "Telegram"dagi rasmiy sahifasi
Murojaat uchun: @ToshDOTAU_qabulxonabot
Rasmiy veb-sayt: www.tsuull.uz
Instagram: @navoi_uni
Facebook : @tsuull

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2022-07-15 10:12:04 #Qabul_2022

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
669 views07:12
Ochish/sharhlash
2022-07-15 09:11:04 #Qabul_2022
#magistratura



2022-2023 o'quv yilidan oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga qabul yiliga 2 marta amalga oshirishi belgilandi. Bunda yanvar oyidagi qabul uchun alohida kvotalar belgilanadimi?



Javob: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyulda imzolangan "Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmonining 1-qismi "b" va "g" bandlarida quyidagicha keltirilgan:

"avgust oyidagi qabul – navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi".

Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, OTM magistratura mutaxassisliklarining yanvar oyidagi qabuli uchun Davlat qabul komissiyasi tomonidan alohida kvotalar belgilanmaydi va avgust oyidagi qabul natijalariga muvofiq to'lmagan o'rinlar uchun tanlov bo'lib o'tadi. Agar ma'lum bir magistratura mutaxassisligida barcha kvotalar to'lgan bo'lsa, mazkur yo'nalishga yanvar oyida qabul bo'lmaydi.

https://t.me/Toshdotau_qabul
664 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-07-15 08:10:08

magistratura_qabul

Chet tilini bilish sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar magistraturaga hujjat topshira olmaydi. Chet tilidan ichki imtihon o‘tkazilmaydi.

Xorijiy tillar yo‘nalishlariga C1, qolgan barcha yo‘nalishlarga esa B2 darajasidan kam bo‘lmagan milliy sertifikat yoki unga teng darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi. Eng keng tarqalgan xalqaro sertifikat – IELTS bo‘yicha filologik yo‘nalishlarda kamida 7, boshqa yo‘nalishlarda kamida 5,5 ball olish kerak.

Ona tili va adabiyot, adabiyotshunoslik kabi yo‘nalishlar ham filologik bo‘lgani uchun bitiruvchilarda C1 darajadagi til sertifikati talab qilinadi degan yanglish fikr yoki maʼlumotlar bor. Kun.uz Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligidan aniqlik kiritishicha, bu kabi yo‘nalishlarga B2 sertifikati talab qilinadi.

Nomdor stipendiya sohiblaridan magistraturaga kirish uchun sertifikat talab qilinmaydi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati mutaxassisi Zafar Amirqulov.

https://t.me/Toshdotau_qabul
681 views05:10
Ochish/sharhlash
2022-07-15 07:09:02

Magistratura mutaxassisliklari uchun saralash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Abituriyentlarni saralashda 4 yil davomida oliy taʼlim muassasasidagi o‘qish davomida barcha fanlardan yig‘ilgan ballar inobatga olinadi. Misol uchun, OTMda abituriyent 60 ta fan o‘qigan bo‘lsa, shu fanlardan olgan baholari qo‘shib chiqilib, 60 ga bo‘linadi.

Saralashda yana bir muhim rol o‘ynaydigan jihat – chet tili sertifikati darajasi. Kimdir B2 olga bo‘lsa, yana kimdir C1 yoki C2 olgan bo‘lishi mumkin. Ushbu jihatlar abituriyentlarning grant yoki kontrakt o‘rinlarini ham belgilaydi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati mutaxassisi Zafar Amirqulov.

https://t.me/Toshdotau_qabul
728 views04:09
Ochish/sharhlash
2022-07-15 05:07:02
849 views02:07
Ochish/sharhlash
2022-07-15 04:06:02
853 views01:06
Ochish/sharhlash
2022-07-14 17:19:02 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 14-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 575 834 nafar.

Shundan:

268 666 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
307 168 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 354 485 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 205 211 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 12 743 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 395 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 67 321 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 64 772 nafar.
Toshkent viloyati — 58 073 nafar.
Farg‘ona viloyati — 54 470 nafar.
Surxondaryo viloyati — 46 356 nafar.
Andijon viloyati — 41 561 nafar.
Toshkent shahri — 37 168 nafar.
Namangan viloyati — 36 657 nafar.
Buxoro viloyati — 34 187 nafar.
Jizzax viloyati — 32 013 nafar.
Xorazm viloyati — 29 512 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 27 664 nafar.
Navoiy viloyati — 25 337 nafar.
Sirdaryo viloyati — 20 743 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
835 views14:19
Ochish/sharhlash
2022-07-14 16:18:02
#universitetimiz_fidoyilari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Safarov Odiljon Mamadiyevich o'z kasbining mutaxassisi hisoblanadi. Fidoyi ustoz ko'plab xalqaro va mahalliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Talabalarning sevimli ustozi, samimiy, talabchan va tajribali, ilg'or pedagog, tashabbuskor va shijoatli inson Odiljon Safarovning ilmiy va kasbiy faoliyati bilan tanishing.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
865 views13:18
Ochish/sharhlash
2022-07-14 15:17:02 #Qabul2022

Respublika davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati

Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek:

respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
698 views12:17
Ochish/sharhlash
2022-07-14 14:16:02

Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun respublikamiz bo'yicha jami 54 ta ochiq maydon (stadion va xiyobonlar) tayyorlangan. Abituriyentlar test sinovlari bo'lib o'tadigan hududga face ID (yuz ko'rinishini maxsus identifikatsion kamera orqali tekshirish) tizimi orqali kiritiladi. Abituriyentlarga suv, ruchka tarqatiladi, havo harorati hisobga olinib, bosh kiyim ham tarqatilishi va epedimiologik vaziyatga qarab tibbiy niqob taqdim etilishi mumkin (lekin hali bu bo'yicha rasmiy topshiriq yo'q). Abituriyent shaxsiy bosh kiyimi bilan kelishiga hech qanday cheklov o'rnatilmagan. Test sinovi sanalari qachon bo'lishi 20-iyul - OTMga hujjat topshirish tugagandan keyin e'lon qilinadi.

Davlat test markazi direktori o'rinbosari Sardor Rajabov.

https://t.me/Toshdotau_qabul
777 views11:16
Ochish/sharhlash