Get Mystery Box with random crypto!

ToshDO‘TAU | RASMIY

Telegram kanalining logotibi tsuullofficial — ToshDO‘TAU | RASMIY T
Telegram kanalining logotibi tsuullofficial — ToshDO‘TAU | RASMIY
Kanal manzili: @tsuullofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.70K
Kanalning ta’rifi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining "Telegram"dagi rasmiy sahifasi
Murojaat uchun: @ToshDOTAU_qabulxonabot
Rasmiy veb-sayt: www.tsuull.uz
Instagram: @navoi_uni
Facebook : @tsuull

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2022-08-23 14:22:55
#universitetdan_gapiramiz

Joriy yilning 22-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ma’naviyat kengashining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning so‘nggi holati bo‘yicha hisobotlar eshitildi.


Batafsil

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
1.3K views11:22
Ochish/sharhlash
2022-08-23 13:21:01
"Xalq so‘zi" gazetasining rasmiy saytida universitetimiz Xotin-qizlar kengashi raisi, filologiya fanlari doktori Gulnoza Jo‘rayevaning dolzarb mavzudagi maqolasi chop etildi.
Ushbu maqolada xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, oliy ta'limdagi ularning ulushi xususida so‘z boradi.
Maqolani, albatta, o‘qib ko‘ring!

Maqolani o‘qish

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
1.2K views10:21
Ochish/sharhlash
2022-07-16 05:07:02
510 views02:07
Ochish/sharhlash
2022-07-16 04:06:02
548 views01:06
Ochish/sharhlash
2022-07-15 18:49:29 #Qabul2022
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

https://t.me/Toshdotau_qabul
673 views15:49
Ochish/sharhlash
2022-07-15 16:18:02
#universitetimiz_fidoyilari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi o'qituvchisi Po'latova Sarvinoz Botir qizi yosh va malakali mutaxassis hisoblanadi. Samimiy va shijoatli, ilmli, talabalarning sevimli ustozi, talabchan va ilg'or pedagog Sarvinoz Po'latovaning kasbiy faoliyati bilan tanishing.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
742 views13:18
Ochish/sharhlash
2022-07-15 15:17:02 5 йил стажга эга, лекин олий педагогик маълумоти бўлмаган ўқитувчилар учун 1000 та мақсадли квота ҳақида маълумот

Кимлар топшира олади?

Халқ таълими тизимида ишлаётган;
камида 5 йил стажга эга;
олий педагогик маълумотга эга бўлмаган ўқитувчилар.

Тартиби қанақа?

ҳеч қаердан алоҳида тавсиянома олиш шарт эмас ёки ДТМ сайтида имтиёз бор деган маълумот кўринмайди;
Ўқитувчилар my.gov.uz сайтида оддий абитуриент сифатида 20 июлгача (шу куни ҳам) рўйхатдан ўтишлари керак;
Биринчи йўналиш сифатида 1000 та имтиёзли квота белгиланган сиртқи йўналишлардан бирини танлаш керак. Рўйхат бу ерда;
2, 3, 4 ва 5-йўналишга тўғри келадиган исталган йўналишни танлаш мумкин. Агар бор бўлса, кундузги, кечкини ҳам танлаш мумкин;
Тестга ҳам оддий абитуриент сифатида кириб чиқишади;
Агар ўзлари олган балл бўйича бешта йўналишдан бирига ўқишга кириб кетишса, унда уларга ушбу мақсадли квота қўлланмайди;
Ушбу мақсадли мингта квота ўқишдан йиқилган педагогларга қўлланади;
Йиқилган ўқитувчилар мақсадли квота доирасида баллар кетма-кетлигида ўқишга тавсия қилинади.

Ўқиш тўлов-контракт асосида бўлади. Ушбу имтиёз ўқишдан йиқилганларга фақат мақсадли мингта квота беради, лекин контракт пулини ўқитувчиларнинг ўзлари тўлаши керак.

Бу 5 йил стажга эга хотин-қизларга бериладиган 500 та квота эмас. У бошқа, бу бошқа, адаштириб қўйманг.

Қолган маълумотлар батафсил юқоридаги овозли хабарда тушунтирилган.


@xushnudbek
510 views12:17
Ochish/sharhlash
2022-07-15 13:15:04
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha izoh

Xabaringiz bor, bugundan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza qabul qilish boshlandi.

Quyidagi video orqali vazirlik departament rahbari Abduvali Xoliqov o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq muhim o‘zgarishlarni izohladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
457 views10:15
Ochish/sharhlash
2022-07-15 12:14:01

O'qishini respublikamizdagi bir oliy ta'lim muasasasidan boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chirish uchun quyidagi 2 ta holatdagina ruxsat beriladi:

1. Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda.

2. Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Manba

O'qishini respublikamizdagi bir oliy ta'lim muasasasidan boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chirish uchun hujjatlar transfer.dtm.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

https://t.me/Toshdotau_qabul
652 views09:14
Ochish/sharhlash
2022-07-15 11:13:02 ​​#O‘qishni_ko‘chirish

Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

Kerakli hujjatlar
:
ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot

@eduuz
571 views08:13
Ochish/sharhlash