Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun respublika | ToshDO‘TAU | RASMIY



Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun respublikamiz bo'yicha jami 54 ta ochiq maydon (stadion va xiyobonlar) tayyorlangan. Abituriyentlar test sinovlari bo'lib o'tadigan hududga face ID (yuz ko'rinishini maxsus identifikatsion kamera orqali tekshirish) tizimi orqali kiritiladi. Abituriyentlarga suv, ruchka tarqatiladi, havo harorati hisobga olinib, bosh kiyim ham tarqatilishi va epedimiologik vaziyatga qarab tibbiy niqob taqdim etilishi mumkin (lekin hali bu bo'yicha rasmiy topshiriq yo'q). Abituriyent shaxsiy bosh kiyimi bilan kelishiga hech qanday cheklov o'rnatilmagan. Test sinovi sanalari qachon bo'lishi 20-iyul - OTMga hujjat topshirish tugagandan keyin e'lon qilinadi.

Davlat test markazi direktori o'rinbosari Sardor Rajabov.

https://t.me/Toshdotau_qabul