Get Mystery Box with random crypto!

TOʻYING MUBORAK JOʻRA Boʻydoqlik ham unit boʻlar, Endi sen ku | To'y Tabriklari

TOʻYING MUBORAK JOʻRA

Boʻydoqlik ham unit boʻlar,
Endi sen kuyov toʻra.
Mana bugun bagʻring toʻlar,
Toʻying muborak joʻra.

Endi ichib qotolmaysan,
Koʻcha koʻyda yotolmaysan,
Qizlarga gap otolmaysan,
Toʻying muborak joʻra.

Kelinchakni qoʻlin ushlab,
Oshiqlaring koʻzin yoshlab,
Barchasini ketding tashlab.
Toʻying muborak joʻra.

Koʻkdagi oy qoʻyningdadir,
Taqdir sening oʻyningdadir.
Qora qozon boʻyningdadir.
Toʻying muborak joʻra.

Yoqadida hoʻy va hoyi,
Qizdiradi novvot choyi.
Qulluq boʻlsin asal oyi,
Toʻying muborak joʻra.

Kuyovlikni gashtin surgin.
Boʻydoqlikka yuzing burgin.
Choyxonaga kelib turgin.
Toʻying muborak joʻra.

Uylanganing boʻlar foyda,
Toʻridasan hamma joyda.
Oʻgʻillik boʻl toʻqqiz oyda
Toʻying muborak joʻra.

Boʻydoqlik ham unit boʻlar,
Endi sen kuyov toʻra.
Mana bugun bagʻring toʻlar,
Toʻying muborak joʻra.

Odilbek Qodirov

http://Telegram.me/Marxabo_Karimova