Get Mystery Box with random crypto!

To‘y Bob She'rlar ✔️

Telegram kanalining logotibi toy_bob_sherlar — To‘y Bob She'rlar ✔️ T
Telegram kanalining logotibi toy_bob_sherlar — To‘y Bob She'rlar ✔️
Kanal manzili: @toy_bob_sherlar
Toifalar: Musiqa , Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.20K
Kanalning ta’rifi

❗Suhandonlar uchun eng kerakli kanal..
📝To‘y bob she'rlar, 🎊 Bayram tabriklari, 🔊Audio va Mp3, ✅️Manaloglar, 😁Hajviy she'rlar 🎉To'y ssenariysi, 🎤Suhandonlar ijodidan, ✍️Shoyirlar ijodidan...
Kanal adminlari: 👇
@Pahlavon_Abdukarimov
@Timurrshax

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2021-01-26 10:06:49 ***
Ўйлайман, хаёллар кўкка учадир,
Қанча дўстлар кечди, ҳамон кечадир.
Уч ўғлим бир бўлиб тиззам қучадир,
Лек онам ўрнини ҳеч ким босолмас,

Юлдузлар жимирлаб ёнига чорлар,
Кўнглим олмоқ бўлар зулфлари торлар.
Бор меҳрин қўлимга тутсин баҳорлар,
Онамни ўрнини ҳеч ким босолмас.

Ким эдинг, бор-йўқ бир ғарибсан дунё,
Отамдайин жуда қарибсан дунё.
Сен буни қайданам билибсан дунё,
Онамни ўрнини ҳеч ким босолмас.

Авжи баҳоримни елга берибман,
Сароблар ичинда узоқ юрибман.
Кузагим сўнгида ҳайрон турибман,
Онамни ўрнини ҳеч ким босолмас.

Бир кун ой ҳам бўларкан ярим,
Билдим, ҳақдин келиб ҳаққа кетарим.
Жон ўғлим қулоқ тут, сенга айтарим,
Онани ўрнини ҳеч ким босолмас,
Онамни ўрнини ҳеч ким босолмас.
Қ. Эшмуродов. 26.01.21

Каналга уланиш:
T.me/Toy_bob_sherlar
1.7K viewsTemurbek Yusupov, 07:06
Ochish/sharhlash
2021-01-26 08:32:15
Ko‘zlar uchun test
Ushbu testdan o‘tgan insonlar ko‘rish qobiliyatida muammo bor-yo‘qligini bilib olishadi

Suratda qaysi raqamlarni ko‘rayapsiz?

@Shov_Shuv_24_soat
Тезкор хабарлар
https://t.me/joinchat/VS6U8hdqoF6xttMA
3.8K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 05:32
Ochish/sharhlash
2021-01-25 18:03:39 СИНГЛИНГИЗНИ ЙЎҚЛАНГ АКАЛАР!

Кýйинг ишни, битмаган битмас.
Вақт бевафо вақт сизни кутмас.
Йýқламас Арш туткичин тутмас.
Синглингизни йýқланг Акалар.

Палохмон тош отилган узоқ
Йýлингизга термулар муштоқ.
Қýйса хамки дунё минг тузок.
Синглингизни йýқланг Акалар.

Мунис, мунглик, унда мехр жам.
Қилмас даъво, айтмас бирор кам.
Майли қýллар қуруқ бýлса хам.
Синглингизни йýқланг Акалар.

Изласангиз топасиз имкон.
Имкон бýлса олиб икки нон.
Онангиздек юзли, мехрибон.
Синглингизни йýқланг Акалар.

Жеркисангиз қолар жим боқиб.
Кýздан дув-дув ёшлари оқиб.
Ишлар кýпми, хеч курса сим кокиб.
Синглингизни йýқланг Акалар.

У хам Она, у хам Хур, Аёл.
Хулки гýзал, ойдек, хуш хаёл.
Миннат қилмай, хеч билмай малол.
Синглингизни йýқланг Акалар.

Байтни ýқиб бýлингда туринг.
Йýлингизни йýқловга буринг.
Боринг ширин сухбатлар қуринг.
Синглингизни йýкланг Акалар.

Кýйинг дунё рост хамма ишини.
Важ билманг сиз кýклам, к,ишини.
Сизни кутган жондош кишини.
Синглингизни йýқланг Акалар.

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar
1.9K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 15:03
Ochish/sharhlash
2021-01-25 18:03:37 ​* * *

Yoʻlimda gʻunchalar ochilgunicha,
Qalbimda baxt nuri sochilgunicha.
Tashvish-u, alamlar yechilgunicha,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Ishlarim oʻnglanib ketgunga qadar,
Boʻylarim samoga yetgunga qadar.
Mehnatim omadni tutgunga qadar,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Shuncha dard, qaygʻuni koʻrgani yetar,
Koʻnglida armonni oʻrgani yetar.
Quvonchli kunlarim kelganda shu dam,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Ey, Hudo soʻrayman sendan qoʻl ochib,
Tunlari duoga nurli yoʻl ochib.
Poyiga ming zar-u, durlarni sochib,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Orzular roʻyobin topgunimcha men,
Qaro tunni etakda yopgunimcha men.
Shiddatli ot kabi chopgunimcha men,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Umrlar oʻtmoqda ajinlar solib,
Qoʻymagin quvvat-u, kuchlarin olib.
Hudoyim soʻrayman sendan yolvorib,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Bolam deb bir on bilmagan tinim,
Har laxza quvonchda oʻtkazib kunim.
Allohga meni bir yaxshi oʻtinchim,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Mehnatlari roʻyob boʻlmoqda bugun,
Yoʻllarim omadga toʻlmoqda bugun.
Duosi sabab baxt kulmoqda bugun,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Tunlar duo qilar boshimni silab,
Bu davr-u, davron ham shu duo sabab.
Shu kabi kunlarim kelganda yoʻqlab,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Umr oʻtib borar, shoshib asta jim,
Boʻgʻzimga tiqilgan soʻzlarim gʻijim.
Quvvatga toʻlganda bu bilak, kuchim,
Otam bilan onam qarimay tursin.

Duosi bugun shaxd qoʻshdi shaxdimga,
Vafodor qildilar dilda axdimga.
Bu foniy dunyoda mening baxtimga,
Otam bilan onam qarimay tursin.

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar
1.6K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 15:03
Ochish/sharhlash
2021-01-25 18:03:36 Yelkalari asqar togdek xushsurat akam,
Mana bugun baxt qasrining shaxzodasisiz.
Mehribonim, doim bòlsin baxtingiz be kam,
Akajonim, mardlarning ham mardonasisiz.

Yangam bilan muhabbatning boģlarida
Baxtga tòling, baxtli bòling, shodon yuring.
Quvonchlardan chiqmasin hech boshlaringiz
Shirin shakar farzandlarning baxtin ko‘ring.

Akajonim baxtimizga bòling omon,
Alloh yoruģ qilsin umr yòllaringiz.
Ukangizni mehri jòsh urar Siz tomon.
Begonaga qaramasin qòllaringiz!

Habibullayeva

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar
1.4K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 15:03
Ochish/sharhlash
2021-01-25 18:03:25 "Tavallud kuning bn do'stim"

Qutlug' bo'lsin yoshing
Toshdan bo'lsin boshing
Do'stga to'lsin qoshing
Tavallud kuning bn do'stim

Ilohim uzoq umr ko'rgin
Muborak yoshlarga to'lgin
Doyimo baxtdan kulgin
Tavvalud kuning bn do'stim

Doyim sevib sevilib yasha
Bugun yangi hayot boshla
Muborak bulsin oshna
Tavallud kuning bn do'stim

Shaxting sani o'zinga xos
Mardliging isminga mos
Do'stim mening .........
Tavallud kuning bn do'stim

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar
1.3K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 15:03
Ochish/sharhlash
2021-01-25 18:03:25 #Erkak_yosh_to'kmasin

Yo'qchilik kelganda egmasin boshi,
Tuhmat balolari otmasin toshi,
Daryo bo'lmasin ko'zlarini yoshi,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Ayriliq bo'lsa ham ado bo'lmasin,
Atrofiga vijdonsiz yorlar to'lmasin,
Ko'z oldida ota-ona o'lmasin,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Hiyonat qilmasin juft-u haloli,
Boylikda bo'lmasin aslo hayoli,
Farzand ko'rolmasa uning ayoli,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Uyida hurmati bo'lsin joyida,
Makkorlar bosh egib tursin poyida,
Ko'z yoshi oqmasin qonlar soyida,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Aldab ketmay bo'lsin do'stlari tirgak,
Gunoh ish oldida bo'lsin u sergak,
Dunyoga mard bo'lgan erkaklar kerak,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Sanjarbek Akbarov

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar
1.5K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 15:03
Ochish/sharhlash
2021-01-25 15:13:58 Tòy uchun.

Farishtadek kelin keldi uyingizga,
Bugun barcha jam bòlibdi tòyingizga,
Yayrab baxtga tòlgan ushbu kuningizga
O'ynang Ona, quvonchingiz kòrsin olam!

Kòrkam kuyov tòyxonaga yarashibdi,
Dòstlaringiz havas bilan qarashibdi.
Baxt va shodlik bugun Sizga talashibdi
Òynang Ota quvonchingiz kòrsin olam!

Habibullayeva

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar
1.5K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 12:13
Ochish/sharhlash
2021-01-25 15:13:58 Kelin bòlsa shunday bòlsa,
Yor yoniga yarashgan.
Yuzlaridan nur yoģilar,
Kòrgan kòzlar qamashgan,

Kuyov bòlsa shunday bòlsa,
Òt chaqnasa kòzidan.
Muhabbatdan sarmast dili
Baxt aks etgan yuzida.

To'yxonaga nur beribdi
Ikki yoshning quvonchi.
Umr bòyi gullab tursin,
Sevgi, mehr, ishonchi!

Habibullayeva Ozoda
#ozodahabibullayeva

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar
1.5K views 𝓟𝓪𝓱𝓵𝓪𝓿𝓸𝓷 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓴𝓪𝓻𝓲𝓶𝓸𝓿 , 12:13
Ochish/sharhlash
2021-01-25 06:48:23 Onajoningni topolmaysan

Oshna og'ayni yoki dilkash
ulfat,
Do'st bilinar boshinga tushganda
kulfat,
Farzand uchun eng og'ir kulfat,
Nega
tirikligida qadriga yetmaysan,
Onajoningni
topolmaysan.

Onajonlarimizni borligida qadrlaylik!

Talablar uchun:
@Timurrshax
25.01.2021-yil

Temurbek Yusupov

Kanalimizga qo'shiling:
T.me/Toy_bob_sherlar
1.5K viewsTemurbek Yusupov, edited  03:48
Ochish/sharhlash