Get Mystery Box with random crypto!

#Erkak_yosh_to'kmasin Yo'qchilik kelganda egmasin boshi, Tuhm | To‘y Bob She'rlar ✔️

#Erkak_yosh_to'kmasin

Yo'qchilik kelganda egmasin boshi,
Tuhmat balolari otmasin toshi,
Daryo bo'lmasin ko'zlarini yoshi,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Ayriliq bo'lsa ham ado bo'lmasin,
Atrofiga vijdonsiz yorlar to'lmasin,
Ko'z oldida ota-ona o'lmasin,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Hiyonat qilmasin juft-u haloli,
Boylikda bo'lmasin aslo hayoli,
Farzand ko'rolmasa uning ayoli,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Uyida hurmati bo'lsin joyida,
Makkorlar bosh egib tursin poyida,
Ko'z yoshi oqmasin qonlar soyida,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Aldab ketmay bo'lsin do'stlari tirgak,
Gunoh ish oldida bo'lsin u sergak,
Dunyoga mard bo'lgan erkaklar kerak,
Erkakning ko'zlari yoshga to'lmasin.

Sanjarbek Akbarov

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar