Get Mystery Box with random crypto!

Yelkalari asqar togdek xushsurat akam, Mana bugun baxt qasrini | To‘y Bob She'rlar ✔️

Yelkalari asqar togdek xushsurat akam,
Mana bugun baxt qasrining shaxzodasisiz.
Mehribonim, doim bòlsin baxtingiz be kam,
Akajonim, mardlarning ham mardonasisiz.

Yangam bilan muhabbatning boģlarida
Baxtga tòling, baxtli bòling, shodon yuring.
Quvonchlardan chiqmasin hech boshlaringiz
Shirin shakar farzandlarning baxtin ko‘ring.

Akajonim baxtimizga bòling omon,
Alloh yoruģ qilsin umr yòllaringiz.
Ukangizni mehri jòsh urar Siz tomon.
Begonaga qaramasin qòllaringiz!

Habibullayeva

➢ 𝙏𝙖𝙧𝙦𝙖𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 ➢

➥DÒSTLARGA YUBORING


@Toy_bob_sherlar

@Bayramlar_Uchun_Tabriklar