Get Mystery Box with random crypto!

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda Standartlar va sertif | TOMCHI

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda Standartlar va sertifikatlangan mahsulotlar turlari

Respublikasmizda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida 2020-yildan bugungi kungacha jami 34 ta “Organic” sertifikati olingan. Bu yetishtirilayotgan mahsulotlar turlari quyidagicha:

paxta, loviya, bug‘doy, pomidor, qayta ishlangan paxta (tekstil mahsulotlari), turli xil sellyuloza qog‘ozlari, dorivor o‘simliklar, kovul, quritilgan uzum, quritilgan gilos, uzum, bodom yog‘i, bodom, o‘rik, o‘rik yog‘i, qora mayiz, quritilgan mayda kesilgan o‘rik, quritilgan butun o‘rik, “Sulton” mayizlari, “Tompson” mayizlari, uzum, oddiy mayiz va boshqa mahsulotlar.

Respublikasmizda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida 2020-yildan bugungi kungacha jami 239 ta “Global G.A.P.” sertifikati olingan. Ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar turlari quyidagicha:

uzum, sarimsoqpiyoz, olma, gilos, pomidor, mosh, kapers, qalampir, ukrop, qovun, tarvuz, limon, muzlatilgan meva-sabzavot mahsulotlari, nektarin, nok, shaftoli, olxo‘ri, anor, bodring, piyoz, bulg‘or qalampiri, baqlajon, brokkoli karami, gulkaram, salat bargi, o‘rik, malina va boshqalar.

Manba:

Каналга уланиш: @tomchikanali

Саволлар: @tomchiguruhi

"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://nwrmp.uz/link.html