Get Mystery Box with random crypto!

Organik mahsulotlarni etishtirishni boshlash uchun kimga muroj | TOMCHI

Organik mahsulotlarni etishtirishni boshlash uchun kimga murojaat qilish kerak?

Organik mahsulotlarni yetishtiruvchi agroklaster va fermer xo‘jaliklariga ishni boshlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi”, “AKIS” markazlariga va boshqa xususiy yo‘nalish bo‘yicha maslahat hizmati ko‘rsatuvchi kompaniyalarga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Markazlar shartnoma asosida ishlab chiqaruvchilarga zarur barcha maslahatlarni berib boradi.
Jumladan:

•qaysi mahsulotni ishlab chiqarish;

•organik muvofiqlik sertifikatini olish yuzasidan qaysi muvofiqlikni baholash organiga ariza bilan murojaat qilish kerakligi;

•organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishga o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzish;

•organik ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, muvofiqlikni baholash usullari va tartib-qoida hujjatlarini yuritish;

•ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini qaysi davlatga eksport qilish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Manba:

Каналга уланиш: @tomchikanali