Get Mystery Box with random crypto!

Tingla Hayot | Najot Ilmda!

Telegram kanalining logotibi tingla_hayot — Tingla Hayot | Najot Ilmda! T
Telegram kanalining logotibi tingla_hayot — Tingla Hayot | Najot Ilmda!
Kanal manzili: @tingla_hayot
Toifalar: Adabiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.20K
Kanalning ta’rifi

Qo'lingdan kelgan (yaxshi) narsalar uchun javobgarsan - deb aytaman o'zimga-o'zim..
🤷‍♂️👨‍💻
Murojaat uchun: @TinglaHayot_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-22 20:33:44
TikTok'da kam bo'lsa ham sifatli o'zbekcha kontentlardan biri.
Ilyos Yunusiy ijodidan. Qoyil.

@Tingla_Hayot
2.1K views17:33
Ochish/sharhlash
2022-08-22 17:34:31 i don't know what's happening to me?
can you hear my pulse beat under me?


@Tingla_Hayot
1.6K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-08-22 17:34:22 Johillar qarshisida kitob kabi sassiz boʻlmoq darkor.

Jaloliddin Rumiy
1.4K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-08-21 14:44:47 Tarjima qilinayotgan kitoblar - telegram kanallarda yoziladigan seriyali hikoyalardan sal (sal emas ancha) saviyaliroq bo'lishi kerak.

@Tingla_Hayot
1.5K views11:44
Ochish/sharhlash
2022-08-21 14:27:32 O'zi oxirgi vaqtlarda yaxshi asarlar tushmayapti qo'limga. Rauf Jillasun'ning "Halol Luqma" kitob ham shular jumlasidan. Oshirib yuborilgan deb hisoblayman. O'qiganlar va tavsiya qilganlar aytishi mumkin: "Musulmon kishi uchun qo'llanma" deb. Lekin voqealar shunaqangi tez rivojlanib ketadi-ki, bir lahzaga ertakdek taassurot qoldiradi. Hayotiy ekanligiga ham ishongisi kelmaydi odamni. Bir vaqtlar Xolid Ertug'rulning "O'zini Qidirgan Odam" asarida ham shunaqa g'alati va zerikarli mutolaa bo'lgan edi. Bunda ham vaqtimni yo'qotdim, chunki shu mavzuga bog'liq hadis va hikmatli gaplarga oldin ham ko'p duch kelganim uchun. Ancha zeriktirdi meni. IMHO.

@Tingla_Hayot
1.5K views11:27
Ochish/sharhlash
2022-08-21 14:15:38 Yaqinda taniqli bastakor Doniyor Agzamov YouTube kanalida ushbu musiqani ko'rib qoldim. Birinchi eshitishdayoq maza qildim. Bu musiqa "Daydi Qizning Daftari" seriali uchun ishlangan ekan. Ba'zi epizodlari telegram kanallarda ham aylangan ekan. Va yana ma'lum bo'ldiki kitobi ham bor ekan. Muallif Solih Qahhor. Bir necha kishidan asar to'g'risida fikr olishga harakat qildim. Deyarli hamma yomonladi va o'qimaslikni tavsiya qildi. Ochig'i men ham o'qimaslikni tavsiya qilaman. Mavzu ochiq va yoshi kattalar uchun bo'lgani sabab emas, albatta. Vaqtingizni yo'qotasiz. Kichik hikoya qilib yozishsa ham bo'lardi. Serial ham cho'zilib ketgan, ikki soatlik kinoga sig'dirsa bo'ladigan voqealar. Shu tarafi eng katta minusi, ya'ni vaqt o'g'irlaydi.

Asar mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak - hammaning o'z tarixi bor ekanligi, tarix takrorlanishi, haromning kun kelib javob beriladigan joylari borligi, qaytar dunyo bo'lishini aytmoqchi, yetkazmoqchi bo'ladi kitobxonga. Ammo shunaqa mavzular bo'ladiki, ular uchun buncha vaqt sarflash uvol. Javobi oddiy va amalga bog'liq ishlar uchun bunaqangi ko'p yozuv shart emas. Lekin seriali kitob o'qimaydiganlar uchun ibrat bo'la olsa kerak deb o'ylagandim. Yo'q, undan ham yomonroq joylarini kesib - negativ fikr uyg'ottirishibdi. Qisqa videolardan va ayniqsa fragmentlardan xulosa chiqarishlik - yaxshi odat emas. Asar kitobxonga boshqa narsalarni aytmoqchi. Serial ham tomoshabinga yomonlikni targ'ib qilmayapti, nazdimda.

@Tingla_Hayot
1.3K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-19 12:19:21
Qalb amri: yaxshi gumon - najot qal’asi!

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
1.3K views09:19
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:08:39 ​Oʻqib tugatishing bilan qani endi shu asarning muallifi mening qadrdon doʻstimga aylanib qolsayu, istagan paytim unga qoʻngʻiroq qilib gaplasha olsam, deya xayolga beriltiradigan kitoblar - mana shunaqalari oʻziga tortadi.

Jerom Selinjer
1.5K viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash