Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinda taniqli bastakor Doniyor Agzamov YouTube kanalida ushb | Tingla Hayot | Najot Ilmda!

Yaqinda taniqli bastakor Doniyor Agzamov YouTube kanalida ushbu musiqani ko'rib qoldim. Birinchi eshitishdayoq maza qildim. Bu musiqa "Daydi Qizning Daftari" seriali uchun ishlangan ekan. Ba'zi epizodlari telegram kanallarda ham aylangan ekan. Va yana ma'lum bo'ldiki kitobi ham bor ekan. Muallif Solih Qahhor. Bir necha kishidan asar to'g'risida fikr olishga harakat qildim. Deyarli hamma yomonladi va o'qimaslikni tavsiya qildi. Ochig'i men ham o'qimaslikni tavsiya qilaman. Mavzu ochiq va yoshi kattalar uchun bo'lgani sabab emas, albatta. Vaqtingizni yo'qotasiz. Kichik hikoya qilib yozishsa ham bo'lardi. Serial ham cho'zilib ketgan, ikki soatlik kinoga sig'dirsa bo'ladigan voqealar. Shu tarafi eng katta minusi, ya'ni vaqt o'g'irlaydi.

Asar mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak - hammaning o'z tarixi bor ekanligi, tarix takrorlanishi, haromning kun kelib javob beriladigan joylari borligi, qaytar dunyo bo'lishini aytmoqchi, yetkazmoqchi bo'ladi kitobxonga. Ammo shunaqa mavzular bo'ladiki, ular uchun buncha vaqt sarflash uvol. Javobi oddiy va amalga bog'liq ishlar uchun bunaqangi ko'p yozuv shart emas. Lekin seriali kitob o'qimaydiganlar uchun ibrat bo'la olsa kerak deb o'ylagandim. Yo'q, undan ham yomonroq joylarini kesib - negativ fikr uyg'ottirishibdi. Qisqa videolardan va ayniqsa fragmentlardan xulosa chiqarishlik - yaxshi odat emas. Asar kitobxonga boshqa narsalarni aytmoqchi. Serial ham tomoshabinga yomonlikni targ'ib qilmayapti, nazdimda.

@Tingla_Hayot