Get Mystery Box with random crypto!

Olcha nima? Gilos nima? * Olcha – mayda, dumaloq, danakli, suv | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Olcha nima? Gilos nima?
* Olcha
– mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, rangi och qizildan to‘q qizilgacha bo‘ladigan meva. Uni inglizlar sour cherry, ruslar вишня deb ataydi.
* Gilos – shakli dumaloq, yuraksimon, eti shirali, sirti tekis meva. U eng ertapishar danakli meva. May oyidayoq pishadigan gilos navlari bor. Uni inglizlar sweet cherry, ruslar черешня deb ataydi.

Choyni nimada ichasizlar: kosadami yo piyolada?
* Kosa
– piyoladan kattaroq, asosan suyuqlik va turli ovqatlar solib ichish uchun ishlatiladigan idish.
* Piyola – tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan, kosadan kichik, taglikli idish. U asosan choy ichish uchun ishlatiladi.

Shevalarda qaysi ma’noni anglatishidan qat'i nazar, so'zning adabiy tildagi anglamini bilib olishimiz kerak. Yo'qsa, uni yanglish ma'noda qo'llashimiz, natijada xatoga yo'l qo‘yishimiz aniq.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz!