Get Mystery Box with random crypto!

#diqqat_tanlov Kitob o'qing — kitob yuting! Barcha kitobsev | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

#diqqat_tanlov
Kitob o'qing — kitob yuting!

Barcha kitobsevarlarni, qanday qilib kitob o'qishni boshlashni bilmay turganlarni tanlovimizga taklif qilamiz. Tanlov nizomi juda oddiy!

Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi:
1-bosqichda oy davomida topshiriq qilib berilgan asarlardan test tashkil etiladi (test miqdori asar hajmiga qarab belgilanadi!)

2-bosqich 1-bosqichda g'olib bo'lgan ishtirokchilar o'rtasida bo'lib o'tadi va mutlaq g'oliblar (2 nafar) aniqlanib esdalik sovg'asi (kitob) bilan taqdirlanadi!

#Eslatma: Agar natijalar teng bolib qolsa, g'oliblarga 2-bosqich so'ngida kichkina topshiriq ham berilishi mumkin. Chunki bizning maqsadimiz haqiqiy kitobxonlarni aniqlab, ularni munosib taqdirlashdir!

Shu vaqtga qadar O'tkir Hoshimovning "Shamol esaveradi" hamda Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" asarlarini o'qib yakunladik. Navbatdagi tanlangan asar O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari.
Asar muhokamasi 17-dekabr 20:00 da bo'lib o'tadi.